Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi


mazmun va ritmning uyg'unlashuviga, o'quvchi tasawurida yaxlit birlik



Yüklə 37,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/182
tarix05.12.2023
ölçüsü37,25 Kb.
#173845
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   182
Dilmurod quronov a d a b iy o t s h u n o s L ik k a k ir ish ol

mazmun va ritmning uyg'unlashuviga, o'quvchi tasawurida yaxlit birlik
hosil qilishiga yordam beruvchi vosita ekan.
She’riy nutqning tuzilishida undagi o'ziga xos gap qurilishining
juda katta xizmati borki, uning musiqiyligi, hissiy to'yintirilganligi,
ta’sirdorligi ko'p jihatdan she’riy sintaksis hisobiga ta’minlanadi.
Sintaktik sathdagi normadan og'ishlar ko'proq she’riy nutqqa xos
hodisa sanaladi, shu bois ham adabiyotshunoslikda «poetik sintaksis»
degan maxsus tushuncha mavjud.
She’r sintaksisiga xos normadan og'ishning eng keng tarqalgan
ko'rinishi — inversiyadir. Inversiya she’riy nutqda gap bo'laklari
tartibining o'zgartirilishidir. Gap bo'laklari tartibining o'zgarishi ma’no
urg'usi tushayotgan so'zni ta’kidlab ko'rsatish, uni misradagi urg'uli
pozitsiya - ko'proq misra oxiriga surish imkonini beradi. Masalan,
A.Oripovning:


Ulug‘vor bir qudrat bilan
Chayqaladi cho‘ng dengiz -
satrlari normadan og‘ish boMmagan holda «Cho‘ng dengiz
ulug‘vor qudrat bilan chayqaladi» tarzida berilishi kerak. Inversiya
hodisasining yuz berishi natijasida «qudrat bilan» so‘z qo‘shilmasi va
«dengiz» misralarda urg'uli pozitsiyaga chiqariladi, ayni shu so‘zlarga
ma’no urg‘usining tushishi muallif ijodiy niyatiga, she’r mazmuni
va emotsional tonalligiga muvofiq keladi. She’ming keyingi satrlari:
Qancha ogMr xarsang toshlar
Tubda unga cho‘kkan tiz,-
inversiyaning bundan boshqa funksiyalari ham borligini ko'rsatadi.
Odatdagi tartibda bu misralar «Tubda unga qancha ogMr toshlar tiz
cho‘kkan» shaklida boMishi lozim edi. Inversiya natijasida, birinchidan,
ifodalash ko‘zlangan mazmun uchun eng muhim so‘zlar («xarsang

Yüklə 37,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin