belgilangan. Ya’ni bu o'rinda ko'proq mazmunning ijtimoiy salmoqdorligi e ’tiborga olingan. Biroq bu xil yondashuvda individ
taqdiri, individning kechinmalari (badiiy umumlashma kuchidan qat’i nazar) salmoqdor hisoblanmasligi xavfi tug'iladi. Shu tufayli ham sho‘ro adabiyotshunosligida, masalan, shaxsiy kechinmalar tasvirlangan «ko‘ngil she’riyati» yoxud boshqa asarlarga past nazar bilan qaralgan. D em ak, bu xil yondoshuv vulgar so tsiologizm ga yetaklashi tabiiy k o ‘rinadi. M azm unning salmoqdorligi uning umumbashariy qadriyatlarga nechogMi muvofiqligi bilan belgilanmog‘i kerak. Mazmunning hayotiyligi haqqoniylik bilan bogMiq ekanligi shubhasiz. Lekin bu o ‘rinda haqqoniylikni baholash mezoni masalasini hal qilib olish zarur. Adabiyotshunosligimizda uzoq yillar badiiy asar mazmunining haqqoniyligi reallikka qiyosan baholab kelindi. Natijada ko‘plab asarlar va ularning mualliflariga «hayotni buzib ko‘rsatgan» qabilidagi ayblovlar qo‘yildi. Holbuki, badiiy reallikning o‘z haqqoniyati bor boMib, bu haqqoniyat mavjud reallikdan kelib chiqib emas, balki badiiy reallikning o ‘zidan kelib chiqib baholanishi lozim boMadi. Originallik badiiy mazmunning muhim spetsifik xususiyatlaridan ekanligi shubhasiz. Biroq originallik deyilganda, har bir asarda yangi bir masala ko‘tarilishini emas, har bir ijodkoming individligi, o ‘ziga xos qarashi, fikrlashi bilan bogMiq yangilikni tushunmoq lozimdir (ya’ni muhabbat o ‘zi eski narsa, lekin har bir yurak uni o ‘zicha yangilaydi). Mazmunning universalligi badiiy adabiyotning universal bilish vositasi — so‘z bilan ish ko‘rishi bilan izohlanadi. Badiiy obrazning