Adabiyot nazariyasi
badiiy adabiyotning mohiyati, ri-
vojlanish omillari va qonuniyatlari, jamiyat hayotidagi o'rni
va vazifalari, badiiy asartabiati hamda uning tuzilishi, badi
iy til xususiyatlari, adabiy turlar va janrlar kabi masalalarni
www.ziyouz.com kutubxonasi
umumiy tarzda oYganadi va shu asosda umumiy qonuni-
yatlarni ochib beradi. Shuningdek, adabiyot nazariyasi
badiiy obraz va obraziilik, badiiy obraz va reallik munosa-
batlari, dunyoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xu-
susiyatlari, badiiy asarni qabui qilish jarayoni xususiyatlari
kabi qator umumestetik masalalarni ham so‘z san’atiga tat-
biqan oYganadi. Adabiyot nazariyasi badiiy asarlarni tahlil
qilish tamoyillari, baholash mezonlari, tahlil metodlarini ish-
lab chiqadi, adabiyotshunoslik uchun zarur adabiy-nazariy
tushunchalar tizimini yaratadi. KoYib turganimizdek, adabi
yot nazariyasi adabiyotshunoslik ilmining yadrosini tashkil
qiladi. Agar adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi va adabiy
tanqid yutuqlarini umumlashtirsa, bu ikkisi o‘z faoliyatida
adabiyot nazariyasi ochgan qonuniyatlar, u ishlab chiqqan
ilmiy tushunchalar tizimiga tayanadi. Shu tariqa adabiyot-
shunoslikning har uchala asosiy sohasi bir-biri bilan bog‘la-
nadi, yaxlit birtizim - adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
Mumtoz Sharq adabiyotshunosligi an’analariga muvofiq
tarzda o‘zbek mumtoz adabiyotshunosiigida
ílrni aruz (Na-
voiy, Bobur), ilmi qofiya va ilmi b a d i’ (Xudoydod Taroziy)
doirasidagi nazariy masalalar ancha keng oYganilgan. B¡-
roq mazkur masalalar adabiyot nazariyasining birgina qis-
mi -
poetika
doirasi bilangina chekianadi. To‘g‘ri, Sharqda
«muallimi soniy» deya uluglanuvchi Forobiy o‘z davrida
yunon faylasufi Arastu ta’sirida va bevosita uning asarlarini
sharhlash asnosida badiiy adabiyot spetsifikasi (mohiyati),
adabiy tur va janrlar, syujet, kompozitsiya kabi nazariy ma-
salalarga ham e’tibor qaratgan. Forobiydan keyin ushbu
masalalar mumtoz adabiyotshunosligimiz e’tiboridan but-
kul chetda qoldi. Sababi, asosiy diqqat-e’tibor tatbiqiy ma-
salalarga, ya’ni badiiy ijodda yoki idrok jarayonida amaliy
yordam beradigan masalalarni yoritishga qaratildi. Xusu-
san, mumtoz adabiyotimizda sheYiyatning yetakchiligi
bois sheYshunoslik sohasiga taalluqli
vazn, qofiya, she’ríy
san’atiar, she’ríy shakllar
kabi masalalar keng yoritilib, yo‘-
18
www.ziyouz.com kutubxonasi
riqnoma xarakteridagi ko'plab risolalar yaraíildi. Boshqa-
cha aytganda, mumtoz adabiyotshunosligimizda adabiyot
nazariyasi tugal bir tizim holiga kelmadi, aksincha, ushbu
fan tizimining bitta uzvi (podsistemasi) doirasida chekla-
nib, tatbiqiy xarakterdagi hodisa sifatida qoldi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot nazariyasining
alohida tarmoq sifatida shakllanishi XX asrning dastlabki
choragiga to‘g‘ri keladi. Zero, xuddi shu davrda -zim m a si-
ga tamom yangicha vazifalar yuklanayotgan adabiyotdan
shunga mos o'zgarish talab etilayotgan bir sharoitda - ada-
biyotning o‘z-o‘zini anglash ehtiyojidan tug'ilgan «Adabiyot
nima? Uning vazifalari nimalardan iborat? U qanday bo‘l¡-
shi kerak?» singari savollarning qalqib chiqishi adabiyot
nazariyasi masalalarini tizimli o'rganish ehtiyoji yetiigani-
dan dalolat edi. Taqriban o‘n yillar ichida vaqtli nashrlarda
e’lon qilingan Cholponning «Adabiyot nadir?», Fitratning
«She’r va shoiriik», «San’atning manshai», A.AvIoniyning
«Sanoyi nafisa», A.Sa’diyning «Go'zal san’at dunyosida»
kabi bir qator maqolalar ayni shu ehtiyojni qondirish yo'li-
dagi urinishlar natijasidir.
A.Sa’diyning «Amaliy ham nazariy adabiyot darslari»
(1924) hamda Fitratning «Adabiyot qoidalari» (1925) ki-
tobiarida yangi adabiyotning nazariy asoslari muxtasar
bo‘lsa-da, ancha to'liq bayon qilindi. To‘g‘ri, bular hali ada
biyot nazariyasiga bag'ishlangan tadqiqot emas, ikkalasi
ham o‘quv qo‘llanmasi sifatida rejalashtirilgan mo‘jazgina
kitobchalar. Biroq bu ularning ahamiyatini asió kamaytir-
maydi. Zero, ularning ahamiyati eng avval yangilanayotgan
adabiy-nazariy tafakkurni tizimli tarzda ilk bor yaxlit taqdim
etgani bilan belgilanadi. Shunga o‘xshash, 1939-yilda ilk
bor chop etilib, to yangi asr boshlariga qadar ham yana
bir necha bora to‘idirilib qayta nashr qilingan I.Sultonning
«Adabiyot nazariyasi» darsligi ushbu fanni o'qitishda,
shuningdek, nazariy yo'nalishdagi tadqiqotlarni amalga
oshirishda katta ahamiyat kasb etdi.
19
www.ziyouz.com kutubxonasi
Adabiyotshunosligimizning keyingi íaraqqiyoíi davomi-
da I.Sulton, M.Qo'shjonov, N.Shukurov, B.Sarimsoqov,
B.Nazarov, T.Boboyev kabi qator olimlarning tadqiqotlari
adabiy-nazariy tafakkur rivojiga sezilarli hissa bo'lib qo‘shil-
di. 1978 - 1979-yillarda chop etiigan ikki jildlik «Adabiyot
nazariyasi», 1991 - 1992-yülarda chop etiigan uch jildlik
«Adabiy turlar va janrlar» nomli fundamental tadqiqot-
larda bu borada amalga oshirilgan ishlar umumlashtirib
jamlangan. Albatta, ushbu tadqiqotlarda ham davr hukm-
ron mafkurasi bilan bog'liq ayrim talqinlarning eskirgani-
ni ta’kidlash lozim. Ayni chog'da, ularni ko‘r-ko‘rona inkor
qilmasdan, aksincha, tanqidiy yondashgan holda foydala-
nish keyingi tadqiqotlar uchun g'oyat muhimdir. Zero, ular-
da yo‘l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish va takrorlamaslik,
mavjud yutuqlarni rivojlantirish ilmiy izlanishlarimizning sa-
marali bo'lishi garovidir.
Mustaqillik yillarida ham o‘zbek adabiyotining nazariy
muammolari keng va atroflicha tadqiq etilmoqdaki, bu ja-
rayondagi eng muhim nuqtalarni qayd etib o‘tish zarur. Bi-
rinchisi, sho‘ro davrida mafkura tazyiqi bilan adabiy-nazariy
tafakkur o'zagini tashkil qilgan «sinfiylik», «partiyaviylik»,
«sotsialistik realizm» kabi dogmalardan forig‘ bolib, ada-
biyotni, avvalo, san’at hodisasi o‘laroq anglash, uning ij-
timoiy hayotdagi o'rni va rolini ham shundan kelib chiqib
tushunish tamoyili qaror topdi. Ikkinchisi, adabiy-nazariy
tafakkurning milliy asosga qaytishga intilayotgani, buning
uchun ulug‘ mutafakkirlarimiz, adib va shoirlarimizning
adabiy-estetik qarashlari atroflicha o‘rganilayotgani sama-
rali natija bermoqda. Nihoyat, uchinchisi, adabiyotimizning
nazariy muammolarini hal qilishga jahon adabiy-nazariy
tafakkurining eng so‘nggi yutuqlari tatbiq etilmoqda. Maz-
kur tamoyillar adabiy-nazariy tadqiqotlar samaradorligini
oshirib, ularning yaqin kelajakda yirik fundamental asarga
do‘nishiga umid tug'diradi.
20
www.ziyouz.com kutubxonasi
|