ijodkorlarning hayoti, ijodiy faoiiyati yoritilgan holatlar(mas.,
Alisher Navoiyning «Xamsat ul-mutahayyirin», «Holoti
Sayyid Hasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad»
asarlari) mavjud. Shunga qaramay, bularning hammasiga
adabiyot tarixi
uchun manba, material deb qaralgani to‘g‘ri-
roq. Negaki, mumtoz adabiyotshunoslikda milliy adabiyotni
tarixiy aspektda ko'lamli o'rganish yolga qo‘yilmagan, ya’ni
adabiyot tarixi sohasi hali shaklianmagan edi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixining mus-
taqil tarmoq sifatida shakllana boshlashi XX asrning birinchi
choragiga to‘g‘ri keladi. Sohaning shakllanishi va rivojlani-
shida A.Fitrat, A.Sa’diy, O.Sharafiddinov, V.Zohidov, V.Ab-
dullayev, H.Sulaymonov, G‘.Karimov, N.Mallayev, A.Qa-
yumov, A.Hayitmetov, A.Abdug'afurov singari olimlarning
ulkan xizmatlarini alohida ta’kidlash lozim. Ularning tad-
qiqotlarida adabiyotimiz tarixining
turli bosqichlari keng
yoritildi, ko'plab yirik ijodkorlarning hayoti va faoiiyati mono-
grafik planda o‘rganildi. Ushbu yo‘nalishdagi izlanishiar
natijasi o'laroq 1977 - 1980-yillarda milliy adabiyotimizning
tarixiy yolini umumiy tarzda yorituvchi « 0 ‘zbek adabiyoti
tarixi» nomli 5 jildli fundamental tadqiqot yaratildi. To‘g‘ri,
unda davr bilan bog'liq holda adabiyot tarixining yoritilishi
va materiallar talqinida mafkura ta’siri, bahoda biryoqlama-
lik borligi shubhasiz.
Shunga qaramay, asarning ahamiyati-
ga ko‘z yumish ham ilmiy jihatdan to‘g‘ri bo‘lmaydi. Zero,
jami kamchiliklari bilan ham u adabiyotimizning qariyb ming
yillik tarixini bir butun holda yoritadi. Demak, kamchiliklarini
bartaraf qilish-u kamlarini to'latish orqali uni mukammal-
lashtirish imkoniyati yaqqol namoyon boladi.
0 ‘zbek adabiyoti tarixini o'rganish borasidagi izlanishiar
hozirda ham davom ettirilayotir. Mustaqillik o'tmish adabiy
merosiga munosabatni o'zgartirishni, qator adabiy hodisa-
lar, faktlar, ijodkor shaxslar taqdiri
va faoliyatini yangicha
ilmiy talqin qilish zaruratini kun tartibiga qo'ydi. Bu yo‘na-
lishda bir qator tadqiqotlar amalga oshirildi ham. Biroq,
12
www.ziyouz.com kutubxonasi
ta’kidlash kerakkí, bu boradagi vazifalarning katía qismi
yangicha sharoitda yetishgan adabiyotshunoslarzimmasi-
ga tushadi. Demak, bugunda saboq olayotgan talabalarni
ham milliy adabiyotimiz tarixini ¡Imiy xolis o‘rganish, yangi
« 0 ‘zbek adabiyoti tarixi»n¡ yaratishdek ulkan va mashaq-
qatli, sharafli birvazifa kutadi.
A dabiy tanqid hozirgi
adabiy jarayon muammolari-
ni o'rganish, yangi paydo bolgan asarlarni (shuningdek,
0
‘tmishda yaratilgan asarlarni ham) bugungi kun nuqtayi
nazaridan g‘oyaviy-badiiy tahiil qilish va baholashni o‘z
oldiga maqsad qilib qo'yadi. Adabiy tanqid adabiyot-
shunoslikning operativ sohasi sifatida joriy adabiy jarayon-
ga bevosita aralashadi va, aytish mumkinki, uning havosini
belgilaydi. Albatta, bugungi adabiy tanqidning joriy adabiy
jarayondagi maqomi-yu egallagan mavqeyiga qaralsa, bu
gap mubolag'ali ko'rinishi mumkin. Aslida esa adabiy tan
qid o‘zining kundalik yumushini bajarsa, ya’ni adabiy ja
rayondagi ijobiy yo salbiy holatlar-u
rivojlanish tamoyillari,
g‘oyaviy-badiiy izlanishlarning bosh yo'nalishlarini aniqlab,
ularni adabiyotning foydasi, ertangi istiqboli nuqtayi nazari
dan baholasa, kifoya - adabiy jarayon havosini belgilagan
boladi. Muhimi, adabiy tanqid ayni shu vazifalarni bajarish
uchun zarur va uni adabiyotshunoslikning boshqa sohala-
ridan farqlovchi bir qator jihatlarga ega.
Avvalo,
yuqorida ham aytdik, adabiy tanqidni adabi
yotshunoslikning tarkibiy qismi sifatida tushunish umu-
me’tirofga molik qarash emas. Ayrim mutaxassislar adabiy
tanqid adabiyotshunoslik ilmining tarkibiy qismi emas,
balki adabiy yoki publitsistik ijodning bir turi deb hisoblay-
dilar.
Umuman olganda, bunday qarash uchun asos ye-
tarli. Zero,
Dostları ilə paylaş: