adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi va adabiy
tanqid.
Ayrim mutaxassisiar mazkur asosiy sohalar qato-
riga
adabiyotshunoslik metodoiogiyasini
ham qo‘shad¡-
lar, ayrimíari esa
adabiy tanqid
ilm emas, adabiy ijodning
bir turi deb hisoblaydilar. Aibatta, har ikki qarashda ham
ma’lum darajada asos bor, lekin bu asoslar an’anaviy tarz-
da uch asosiy sohani koYsatishni inkor qiiish uchun yetarli
emas. Zero, birinchidan, adabiy hodisaiarni oYganishning
metodologik asoslari va metodlarini ishiab chiquvchi
ada
biyotshunoslik metodoiogiyasini
alohida soha deb emas,
adabiyot nazariyasining bir qismi sifatida tushunish to'gYi-
roq bo'ladi; ikkinchidan, adabiy tanqid adabiy va pubiitsistik
ijodga nechog'lik yaqin bo‘lmasin, u tahül, talqin va baho-
lashda iimiy-nazariy asosga tayanadi, faqat ifoda nuqtayi
nazaridangina ommaviyiik xususiyatiga egadir. Nihoyat,
eng muhimi, an’anaviy tarzda farqlanuvchi uch sohaning
har biri badiiy adabiyot biian bog'liq muayyan masaialar
majmuyini o‘z oldiga qo'yügan maqsad va vazifalardan ke-
lib chiqqan holda oYganadi; ayni chog'da, bu sohaíaro'za-
6
www.ziyouz.com kutubxonasi
ro mustahkam aloqada bo'lib, bir-birini toldiradi, bir-biriga
manba yaratadi, asos bo‘lib xizmat qiladi va shu tarzda
yagona bir tizim - adabiyotshunoslik ilmini tashkil qiladi.
A d a biyo t tarixining predmeti o'tmish adabiyoti bo'lib,
uning asosida
tarixiylik prinsipi
yotadi. Mazkur prinsipning
mazmun-mohiyati shuki, u adabiy jarayonni, adabiy hodi-
salarni konkret ijtimoiy-tarixiy sharoit bilan bog'liq o'rga-
nishni ko'zda tutadi. Ya’ni adabiyot tarixi o‘tmishdagi ada
biy hodisalarni keltirib chiqargan, yaratilgan asarlarning
g'oyaviy-mazmuniyxususiyatlarini belgilagan, badiiy tafak-
kur rivoji, poetik usul va vositalarning o'zgarishi va sh.k.lar
ga asos bo'lgan ijtimoiy-tarixiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy-
ma’rifiy omillarni aniqlab, adabiyot (jahon adabiyoti yoki
biror milliy adabiyot)ning taraqqiyot yo'lini uzluksiz jara-
yon sifatida (tabiiyki, shu jarayonning alohida bosqichlarini
o'rganish orqali) ilmiy yoritib beradi.
Ko'rib turgariimizdek, garchi adabiyot tarixining pred-
metini qisqa qilib
o'tmish adabiyoti
desak-da, uning qam-
rovi benihoya keng - butunicha qamrab olish imkondan
tashqarida. Shunday ekan, butun haqida tasavvur ho-
sil qilishning yagona yo'li qismlarni chuqur va atroflicha
o'rganishdir. Shuning uchun harn, odatda, adabiyot tarixi-
ni ilmiy o‘rganish asosan uch aspektda amalga oshiriladi:
1) muayyan bir davr adabiy jarayonini tadqiq etish; 2) alo
hida olingan ijodkor hayoti va adabiy merosini o'rganish;
3) alohida asarlar tadqiqi.
Birinchi yo'nalishdagi tadqiqotlarning ayrimlari funda
mental xarakterda bolib, ularda milliy adabiyot tarixidagi
davriy jihatdan chegaralab olingan muayyan bir bosqich
atroflicha o‘rganiladi. Tabiiyki, bunda davr adabiyoti
umumiy
tarzda yoritilib, asosiy e’tibor unga xos
umumiy xususiyatiar
va ularni belgilagan omillarga qaratiladi. Boshqacha aytsak,
bunday ishlar ko'proq
adabiy tarixiy obzor
shaklida bo‘la-
di. Aksincha, boshqa bir nav tadqiqotlarda davr adabiyoti-
ga xos
konkret xususiyat, muayyan muammoni
o'rganish
7
www.ziyouz.com kutubxonasi
maqsad qilinadi. Masalan, professor B.Qosimovning «Milliy
uyg'onish» nomli tadqiqoti1 fundamental xarakterda bo‘llb,
unda XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi adabiy jarayon
umumiy planda yoritilgan, davr adabiyoti qiyofasini belgila-
gan ijtimoiy-tarixiy, madaniy-ma’rifly omillar ochib berilgan.
Asarni o’qib, davr adabiy hodisalari haqida yaxlit va umumiy
tasavvur hosil qilinadi. Sh.Rizayevning « 0 ‘zbek jadid dra-
maturgiyasining shakllanish manbalari» (1995), R.Tojibo-
yevning «XX asr boshlari o‘zbek adabiy tanqidi tarixidan»
(1998) nomli asarlarida va yana boshqa bir qator tadiqiqot-
larda esa, aksincha, ayni davr adabiy jarayoniga oid alo-
hida masalalar chuqur va keng yoritilgan. Mazkur ikki nav
tadqiqotlar orasida «umumiylik - xususiylik» dialektikasi
asosidagi aloqa mavjud, xuddi shu hoi oYganilayotgan davr
adabiyoti manzarasining mudom tolishib borishini ta’min-
laydi. Ya’ni avvaliga fundamental ishlar ikkinchi turdagi tad
qiqotlar uchun o'ziga xos «start maydonchasi» bo'lib xizmat
qiladi, o‘z navbatida, keyingilari davr adabiyoti manzarasi-
dagi ayrim chizgilarni bo'rttiradi, punktirlarni toldiradi, yangi
chizgilar tortadi va shu tarzda kelajakda yaratilajak funda
mental tadqiqotlarga zamin hozirlaydi.
Alohida ijodkor hayoti va ijodini oYganishga bag'ishlan-
gan ishlar adabiyot tarixi bo'yicha tadqiqotlarning salmoqli
qismini tashkil qiladi. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar asosi-
da ham tarixiylik prinsipi yotadi. Negaki, ijodkor hayoti va
faoliyati konkret ijtimoiy-tarixiy sharoitda kechadi, demak,
uning hayoti o‘z davriga nisbatan qism bo'lib, qism butun
tarkibidagina to'liq va to‘gYi anglashiladi. Shunga koYa,
adabiyot tarixi ijodkor hayoti va faoliyatini u yashagan
davr kontekstida yoritib berishni maqsad qiladi. Ijodkor-
ning adabiyot tarixida tutgan oYni, qoldirgan merosining
salmog'i bilan bog'liq holda bu yo'nalishdagi tadqiqotlar
ikki koYinishda amalga oshiriladi. Birinchi tipdagi ishlar-
1 K
o c m m o b
B. M
utijim m
yCifOHmjj. - TouJKeHT: Ma-bHaBMHT, 200 2.
8
www.ziyouz.com kutubxonasi
da ijodkor hayoti va faoliyatini to la qamrab olgan holda
monografik planda yoritish maqsad qilinadiki, adabiyot-
shunosligimizda bunday tadqiqotlar ko'plab amalga oshi-
rilgan. Jumladan, mustaqillik yillarida M.Tojiboyevaning
«Yusuf Saryomiy hayoti va ijodi» (1999), O.Usmonovning
«G'ulom Zafariyning ijodiy yoli» (1999), O.Jo‘raboyevning
«Haziniy Xo‘qandiy hayoti va ijodiy merosi» (2003), D.Ab-
duilayevaning «Usmonxo'ja Zoriy hayoti va ijodi» (2003),
O.Tolaboyevning «Karimbek Kamiyning hayot va ijod
yoli» (2010) kabi qator tadqiqotlar yaratilib, adabiyotimiz
tarixidagi kemtiklar toldirildi. Albatta, davr adabiyotining
tolaqonli manzarasini yaratishda bunday ishlar g'oyat
muhim. Shunga qaramay, ikkinchi tipdagi ishlar - milliy
adabiyotimiz taraqqiyotida salmoqli o'rin tutgan ijodkor-
lar hayoti va faoliyatini o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar
hamisha adabiyot tarixining diqqat markazida. Bu bejiz
emas, albatta. Zero, milliy adabiyot taraqqiyotining u yoki
bu bosqichiga xos xususiyatlar uning yorqin namoyanda-
lari ijodida o‘zining mujassam ifodasini topadi. Ya’ni bu
o‘rinda xususiydan umumiyga yurish - alohida ijodkor ha
yoti va faoliyatini chuqur o‘rganish orqali davr adabiyoti
haqida asosli ilmiy xulosalar chiqarish imkoni keng. Yana
bir tomoni, bunday ijodkorlar hayoti va faoliyatini birgina
tadqiqot doirasida to la qamrab bolmaydi, aksincha, bir
gina bosqichi yoki qirrasining o‘zi bitta tadqiqotga bemalol
material bera oladi. Deylik, jadid adabiyotiga xos xususi
yatlar A.Qodiriy, Fitrat, Cholponning ijodida to la mujas
sam. Demak, ularning ijodiga xos birorxususiyatyoki faoli-
yatining bir qirrasini atroflicha o'rganish davr adabiyotini
chuqur ilmiy bilishga yol ochadi. Masalan, Fitrat dramalari-
ning tadqiqi 20-yillar o'zbek dramaturgiyasining o'ziga xos
g'oyaviy va badiiy jihatlarini yoritishga ham imkon beradi,
A.Qodiriyning ilk ijodini tadqiq etish orqali esa zamonaviy
o‘zbek nasrining shakllanish yollari va omillarini tasavvur
qilish mumkin boladi. XX asr boshlari o‘zbek adabiyoti-
9
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni o'rganish masalasi g‘oyat dolzarb bolgan mustaqillik
yillarida mazkur ijodkorlarning hayoti va adabiy faoliyati
ko'plab tadqiqotlarning obyektiga aylangani shu bilan izoh-
lanadi. Bunday íadqiqotlarga miso! tariqasida Z.Eshono-
vaning «Cho'lpon she’riyaíining g'oyaviy-badiiy xususi-
yatlari» (1991), D.Quronovning «Cho‘iponning «Kecha va
kunduz» remanida xarakíerlar psixologizmi» (1992), T.Ra-
himovning «Cholponning tarjimonlik mahorati» (1994),
U.Suitonning «Cholponning adabiy-esietik qarashlari»
(1995), N.Yo'ldoshevning «Cho'lpon she’riyaíida peyzaj»
(1995), S.Yoldoshbekovaning «Cho'lponning publitsistik
va muharrirlik faoliyati» (2002) kabilarni keltirish mumkin.
Adabiyot tarixehisi sifaíida konkret badiiy asar tahlil
qilinganida ham o‘sha asar yaratilgan davr sharoiti, davr
adabiy jarayoni xususiyatlarini ko‘zda tutish shart qilinadi.
Zero, harqanday asar, eng avvalo, o‘zi yaratilgan davrning
ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlariga javob sifatida dunyoga keia-
di. Demak, uning mazmun-mohiyatida, poetik tizimida bu
hol aks etadi. Shunga ko'ra, masalan, «Qutadg'u bilig»da
davlattuzilishi, uni oqilona boshqarish masalalari markaziy
o'rin tutgani, har bir ijtimoiy toifaning vazifalari nimalardan
iboratligini tushuntirishga ayricha ahamiyat berilganining
sababi asar yaratilgan davr tarixiy sharoitidan kelib chiqib-
gina anglanishi mumkin. Yoki hazrat Navoiy «Farhod va
Shirin» syujetiga ayrim (Farhodning taxtni egallashga rozi
bolmasligi, Xisrav - Sheruya syujet motivi va b.) holatlar-
ni nega kiritganini, bular orqali aytmoqchi bo'lganlarini tu-
shunmoq uchun Husayn Boyqaro hukmronligi davridagi
ijtimoiy-siyosiy vaziyatni, yuz bergan tarixiy hodisalarni
yaxshi bilmoq kerak. Ayni chog'da, asarda davr kayfiya-
ti bevosita emas, balki ijodkor shaxsiyati orqali aks etadi.
Shu bois ham asarni tushunish uchun u yaratilgan davr-
ni bilishning o‘zi kam, o!sha davrda yashagan va davrini
ko‘nglida yashatgan muallif hayoti, shaxsiyatini ham bilish
zarur boladi. Masalan, A.Qahhorning «Dahshat» hikoyasi-
10
www.ziyouz.com kutubxonasi
ni olaylik. Unda o'tmish hayoti qalamga olingan. Lekin tari-
xiy-biografik kontekstda olib qaralsa, uning o'tmishdangi-
na bahs etmayotgani, 1960-yilda yozilgan bu hikoya o'zida
ayni davrda muallif ruhiyati, hayotiy pozitsiyasida yuz ber
gan keskin burilishni aks ettirganiga amin bo'lish mumkin.1
Ko'rib
0
‘iganimizdek, o'tmish adabiyoti turli aspektlar-
dan va keng ko‘lamda tadqiq etiiadi. To‘g‘risi, ayrim ishlar-
ni, masalan, davr adabiyoti haqidagi obzorda to‘rt satr
ajratish kifoya qiladigan o'rtamiyona ijodkorni «qulog'idan
tortib» adabiyot tarixiga olib kirish payida bo'lingan yo ilmiy
o'rganish zarurati haminqadar adabiy hodisaning ahami-
yatini bo‘rttirish bilangina tadqiqot «kepatasi»ga kiritilgan
ishlarni ko'rganda o‘tmish adabiyotini bu qadar keng tadqiq
etish kerakligiga shubha tug‘ilishi mumkin. Yaxshi hamki,
bunday hollar istisno, xolos, haqiqiy ilm nimani, qanday va
nima uchun o'rganishni xo‘b biladi. Jumladan, adabiyot ta-
rixi o'tmish adabiyotini tadqiq etish bilan, birinchidan, uning
tajribalarini bugungi adabiyot xizmatiga safarbar etadi, ik-
kinchidan, keng kolamli nazariy xulosalar chiqarish uchun
zarur material hozirlaydi. Demak, adabiyot tarixi erishgan
natijalar badiiy tafakkur taraqqiyotida ham, adabiy-nazariy
tafakkur rivojida ham katta ahamiyat kasb etadi.
0 ‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixi sohasining
ilk kurtaklari sifatida
Dostları ilə paylaş: |