Dilmurod Quronov adabiyot nazariyasi



Yüklə 8,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/179
tarix29.11.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#169675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
Dilmurod Quronov. Adabiyot nazariyasi asoslari (2018)

predmeti
juda 
keng. Zero, adabiyotshunoslik badiiy adabiyotning kelib 
chiqishi, mavjudligi, rivojlanish qonuniyatlari, ijtimoiy alo- 
qalarini chuqur va atroflicha oYganadi. Adabiyotshunoslik­
ning predmetini tashkil qiluvchi muammolarning bir qismi 
umumestetik (ya’ni badiiy san’at sohalarining barchasiga 
xos) muammolar sirasiga kirsa, boshqa bir qismi sof ada­
biyotshunoslik muammolari sanaladi. Deylik, badiiy obraz 
va obrazlilik, badiiy obraz va reallik munosabatlari, dun- 
yoqarash va badiiy ijod, badiiy ijod jarayoni xususiyatlari, 
badiiy asarni qabul qilish (retsepsiya) jarayoni xususiyat­
lari kabi qator muammolar umumestetik xarakterga ega. 
Boshqa san’at turlariga ham birdek taalluqli bo'lgan bu 
muammolarni adabiyotshunoslik badiiy adabiyot nuqtayi 
nazaridan, badiiy adabiyotga tatbiqan va uning misolida 
oYganadi. Badiiy adabiyotning mohiyati, rivojlanish omillari 
va qonuniyatlari, adabiy asar tabiati, uning tuzilishi, badiiy 
(poetik) nutq xususiyatlari, she’r tuzilishi, adabiy turlar va 
janrlar kabi qator masalalar borki, ular sof adabiyotshunos­
lik muammolari sanalishi mumkin,
Adabiyotshunoslik b.u muammolarni nima maqsadda 
o'rganadi? Umuman, ularni oYganishga zarurat bormi? 
Axir, adabiyotshunoslikdan bexabar bo'lgan holda ham 
badiiy asarni o‘qib zavqlanish yoxud go'zal asarlar yara- 
tish mumkin emasmi? Bir qarashda bu kabi savollarning 
yuzaga kelishi tabiiy va asoslidek, adabiyotshunoslikning 
badiiy adabiyotni 
o'rganishdan maqsadi o'rganishning
o‘z i
bo‘lib qolayotgandek koYinishi mumkin. Haqiqatda esa
4
www.ziyouz.com kutubxonasi


bu savollarning yuzaga kelishi adabiyotshunoslik ¡¡mining 
ahamiyatini tushunmaslik, uning vazifalari va roiini tasavvur 
qila olmaslikdandir. Umumiy bir nazar tashlashdayoq ada­
biyotshunoslik ilmining ikki jihatdan - badiiy adabiyotning 
rivojlanishi va badiiy did tarbiyasi jihatlaridan ahamiyat- 
li ekani ko'rinadi. Aslida, adabiyotshunoslik fani yutuqlari 
ijodkorlarga ham, o‘quvchi ommaga ham birdek kerak. 
Zero, masalan, adabiyotshunoslik badiiy asarni tahlil qilib, 
unga joziba baxsh etayotgan, undagi tasviriylik va ifoda- 
viylikni kuchaytirayotgan, badiiy ta’sir kuchini oshirayotgan 
unsurlarni, muailifning muayyan badiiy-estetik samaraga 
erishishiga yordam berayotgan usul va vositalarni atrofli- 
cha o‘rganadi. Boshqacha aytsak, u milliy madaniy zamini- 
mizda yetishgan iste’dodlar so‘z san’ati borasida erishgan 
yutuqlarni ochib beradi va umumlashtiradi. E’tiborda tu- 
tingki, adabiyotshunoslik bu ishni asrlar davomida bajarib 
keladi. Endi shu aytilganlardan kelib chiqib tasavvur qiling- 
ki, bir tomonda adabiyotshunoslikdan ozmi-ko‘pmi xabar- 
dor odam, ikkinchi yoqda esa undan mutlaqo xabarsiz 
kishi badiiy ijodga qo‘l urdi yoki badiiy asar mutolaasiga 
kirishdi. Ulardan qaysi birining sa’y-harakatlari ko'proq 
samara beradi? Hech shubhasiz, adabiyotshunoslikdan 
xabardor kishining harakatlari samaraliroq boladi. Chun- 
ki agar u ijodkor bo'lsa, «qaytadan velosiped kashf etish» 
zaruratidan qutuladi: salaflari mashaqqatli badiiy izlanish- 
lar natijasida erishgan yutuqlarni tayyor holda o‘zlashtirib, 
(salaflari yetkazib kelgan joyidan) ularni ijodiy rivojlantirish 
imkoniga ega; agar u kitobxon bolsa, badiiy ifodaga xos 
nozik nuqtalarni yaxshi bilganidan asarni teran tushuna 
biladi. Albatta, bu fikrga: «Badiiy ijodda kishining iqtidor 
darajasi, tug‘ma iste’dodi hal qiluvchi ahamiyatga molik 
emasmi?» - deya e’tiroz bildirilishi mumkin. To‘g‘ri, biroq, 
birinchidan, tug'ma iste’dod deganimiz ham, asli, ajdodlar 
to'plagan bilim-u tajribalarning genlar orqali («suyak su- 
rib») yetib kelgan qaymog'idir, ikkinchidan, o'sha iste’dod-
5
www.ziyouz.com kutubxonasi


ning ro‘yobga chiqishi, barq urib yashnashi uchun muhit, 
tarbiya kerak. Tamsil qilsak, ekilayotgan ko'chat navi qan- 
chalik yaxshi bo'lmasin, sara meva olish uchun soz tuproq 
va parvarish lozim bo'ladi. Shulardan kelib chiqsak, adabi- 
yoíshunoslik omma badiiy didini tarbiyalashda ham, badiiy 
tafakkur rivojida ham birdek muhim ahamiyatga ega de- 
yish uchun asos yetarlidir.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish mumkinki, badiiy ada- 
biyotga taalluqli muammolarni atroflicha va chuqur ilmiy 
oYganish - adabiyotshunoslikning vazifasi; chiqargan 
ilmiy xulosa va umumlashmalari orqali badiiy adabiyot 
taraqqiyoti, badiiy tafakkur rivojiga xizmat qilish, badiiy did- 
ni tarbiyalash uning maqsadidir.
A d a b iyo tsh u n o slikn in g ta rk ib iy qism lari. Ko pchilik 
e’tirof etgan va ko’proq ommalashgan qarashga koYa, 
zamonaviy adabiyotshunoslik fani uch asosiy sohadan 
tarkib topadi: 

Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin