birinchidan,
adabiy-tanqidiy asar faqat ilmiy
doiralarga emas, balki keng auditoriyaga mo'ljallab yozi-
ladi;
ikkinchidan,
munaqqid adabiy asar bahona kunning
dolzarb ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy masalalaridan
ham bahs yuritadi, ularga munosabat bildiradi; nihoyat,
13
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchinchidan,
shu ¡kkisi bilan bog'liq holda adabiy-tanqidiy
asar ilmiy-ommabop tilda so‘zlaydi. Demak, publitsistikani
faoliyat turi sifatida
belgilovchi
xususiyatlar adabiy tan-
qidda harn xuddi shunday maqomga ega, bu esa ularning
mohiyatan bir-biriga g'oyat yaqinligini ko'rsatadi. Boz usti-
ga, adabiy tanqidni adabiy ijod turi deb sanashlarida ham
jon bor, axir: adabiy-tanqidiy asardan aksar badiiy asar
bo'yi keladi. Zero, badiiy asarni muhokama etarkan, mu-
naqqid birgina tushunchalar orqali emas, o‘rn¡ bilan obraz-
iar vositasida ham fikríaydi. Bir jihati ruh mahsuli bolgan
badiiy asarni idrok etishda qaib ishtiroki shubhasiz, shun
day ekan, mantiq kuchi yetmagan o'rinlarda intuitiv bilish
yordamga keladi, hissiy mushohada kuchayadi. Ifodada
emotsionallikning kuchliligi, talqin va bahoda subyektiv
nuqtayi nazarning ustuvorligi ham adabiy-tanqidiy asarni
ilmdan yiroqlashtirayotgandek. Shularga qaramay,
adabiy
tanqid-eng avvalilm hodisasi,
bunday deyishimizning ikki
mustahkam asosi bor: birinchidan, adabiy tanqid muayyan
obyektni bilishga qaratilgan faoliyat; ikkinchidan, hukm-xu-
losalarini qay yo'sin ifodalashidan qat’i nazar, obyektni ada-
biyotshunoslik ilmi mavqeyida turib oYganadi, ya’ni badiiy
asarni tahlil qilayotgan munaqqid fikrlari adabiyot nazari-
yasiga, adabiyotshunoslik ilmining yutuqlariga asoslanadi.
Yuqoridagilarni xulosalab aytish murnkinki, adabiy tan
qid adabiyotshunoslik ilmi, badiiy adabiyot va publitsisti-
kaga xos jihatlarni o'zida uyg'un mujassam etadi. Shu
jihatdan uning adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va pub-
litsistika oralig‘idagi hodisa ekanini e’tirof etgan holda,
baribir, taraqqiyotining hozirgi bosqichida unda adabiyot
shunoslik ílmiga mansublik xususiyatlari ustuvorligini ta’-
kidlash o‘rinlidir.1
1 Umuman olganda, adabiy tanqiddagi publitsistikaga xos xususiyatlar mat-
buotning rivojlanishi bilan bog'liq holda kuchaygan, uning adabiy ijodga yaqin-
lashuvi esa G'arb iímida o'tgan asming 20-yillaridan boshlab kuzatilgan akade-
mizmdan qochish va «esseizrmriing ommalashuvi bilan bog'liqdir.
14
www.ziyouz.com kutubxonasi
Manbalarda o'zbek adabiy íanqidchiiigining ¡Ik kurtaklari
ham tazkiralarga borib taqaüshi qayd etiladi. Darhaqiqat,
tazkiranavislar ayrim ijodkorlarni zikr etish asnosi ba’zan
uiarning asarlari haqida qisqagina íanqidiy mulohazalari-
ni ham bildirib olganlar. Biroq haqiqatda adabiy-tanqidiy
tafakkur tazkiralardan ancha ilgari, hech bir mubo!ag‘asiz
aytish mumkinki, badiiy tafakkur bilan egiz tug'ilgan. Nega-
k¡, bir tomondan, badiiy ijod mahsullari hamisha kishilar-
da jonli qiziqish uyg‘otgan, fikr-mulohazalar tug'dirgan,
muayyan munosabatni shakllantirgan - ularni ifodalash
ehtiyoji bor; ikkinchi yoqdan, qaiam ahli hamisha go‘zal
suhbatlarga intilib, yozganlarí haqida o'zgalar fikrini eshi-
tish ehtiyojini tuyib yashaydi. Mutaxassislar o'tmish adabiy
jarayonining yashash shakii sanaiuvchi mushoiralar, nafis
majlisiarda «og‘zaki tanqid» mavjud bolganini ta’kidlay-
dilarki, bu, eng avval, mazkur ehtiyojlarni qondirish yo‘li-
dagi sá’y-harakatlar natijasidir. Turli manbalarda shunday
majlislar davomida u yoki bu asar haqida fikr almashilgani,
bayt yo g'azalga yuksak baho berilgani yoki kamchiliklari
ko'rsatib o!tilgani haqida qaydiar yozib qoldirilgan. Fikri-
mizni quwatlaydigan yana bir daiil shuki, folklorshunos-
larning kuzatishicha, xalq baxshi (oqin)lari ijrosidagi turli
janrga mansub asarlarda adabiy-tanqidiy mulohazalar
bildirilgan o'rinlar ham talaygina. Bularning bari adabiy
tanqidning ildizlari g‘oyat qadim zamonlardan suv ichishini
ko'rsatadi.
Hozirgi tushunchadagi - faoliyat turi va adabiyotshunos-
likning tarkibiy qismi bo'lmish yangi tipdagi o'zbek adabiy
tanqidchiligining shakllanishi XIX asr oxiri - XX asr bosh-
lariga to‘g‘ri keladi. Ta’kidlash kerakki, yangi tipdagi adabiy
tanqidchilikning shakllanishi milliy matbuotning shakllani
shi bilan bog‘liq holda amalga oshdi. Shu o‘rinda biraniqlik
kiritish zarurati bor. Garchi ilk adabiy-tanqidiy materiallar
XIX asrning 80-yillaridan «Turkiston viloyati gazeti»da
chop etila boshlagan esa-da, haqiqatda o'zbek adabiy
15
www.ziyouz.com kutubxonasi
tanqidchiligi 1907-yi!dan keyin — jadid matbuoti bilan bir-
ga rostmana oyoqqa turdi deyish to‘g‘riroq bo'ladi. Zero,
adabiyotni targ‘ib etish, yaratilayotgan asarlar mohiyatini
ommaga anglatish adabiyotga millatni uyg‘otish vositasi
deb qaragan jadid ma’rifatchilari olib borayotgan maqsadli
faoliyatning muhim yo'nalishlaridan biri edi. Jadidchilikning
ko‘zga ko‘ringan namoyandalari Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Abdurauf Fitrat, Saidahmad Vasliy, Hoji Muin hamda ijodiy
faoliyati jadidchilik ta’sirida boshlangan Vadud Mahmud,
Cho'lpon singari ijodkorlarning davr matbuotida adabiy-
tanqidiy materiallari bilan faol qatnashib turgani ham shu
bilan izohlanadi.
0 ‘zbek adabiy tanqidchiligi g'oyat murakkab va ziddi-
yatli rivojlanish yo'lini bosib o‘tdi. Sho'ro zamonida o‘zi-
ning asosiy vazifasi bir yon qolib, g‘oyaviy kurashlar may-
doniga tortildi - partiyaning qo'lidagi qurol bo'ldi; hukmron
mafkuraning talab-ehtiyojlariga moslangan «vulgar sot-
siologizm», «partiyaviylik», «sinfiylik», «konfliktsizlik na-
zariyasi» singari g‘ayriilmiy, g'ayriadabiy dogmalardan
jiddiy talafot ko‘rdi. Afsus bilan ta’kidlash kerakki, Otajon
Hoshim, Sotti Husayn, Miyonbuzruk Solihov kabi adabi-
yotshunoslar, Hamid Olimjon, Uyg‘un, Komil Yashin singari
ijodkorlarning qator adabiy-tanqidiy asarlari badiiy tafakkur
rivojidan ko‘ra ko‘proq chinakam so‘z san’atining zarari-yu
mustabid tuzumning hokim mafkurasi foydasiga xizmat
qildi. Ularda adabiy hodisalar badiiyat talablari nuqtayi
nazaridan emas, birinchi navbatda va asosan mafkura
dogmalaridan kelib chiqib baholandiki, natijada ularning
aksariyati bugungi kunda batamom eskirdi.
Mazkur yo'qotishlarga qaramay, o‘zbek adabiy tanqid
chiligi millat badiiy didini tarbiyalash orqali adabiyotimiz
rivojiga sezilarli hissa qo'shganligini ham tan olish zarur.
Xususan, keskin g‘oyaviy kurashlar tafti sezilarli pasaygan
60-yillardan boshlab adabiy tanqid o'zining asosiy vazifalari
- yaratilayotgan asarlarning mazmun-mohiyati-yu badiiy
16
www.ziyouz.com kutubxonasi
jozibasini ochib berish, ulardagi yutuq va kamchiliklarni xo-
lis ko'rsatib, ijtimoiy-estetik qimmatini baholash orqali ijod-
korlar bilan o'quvchi omma orasiga ko'prik solish kabilarni
amalga oshirishga kirishdi. 0 ‘zbek tanqidchiligining shu
davrda maydonga kirgan M.Qo‘shjonov, O.Sharafiddinov,
U.Normatov, S.Mirvaliyev, N.Xudoyberganov, I.G'afurov,
A.Rasulov kabi qator namoyandalarining chiqishlarida,
garchi ular ham mafkura tazyiqidan hali to‘la forig‘ bolm a-
sa-da, adabiyotimizning dolzarb muammolari ko'tarildi,
koplab asarlarning badiiy jozibasi ochib berildi va imkon
qadar xoiis baholandi. Muhim jihati, adabiy-tanqidiy ma-
teriallarni o'quvchilar doirasi kengaydi, talab ortganidan
respublikaning markaziy va mahalliy nashrlari ayni xarak-
terdagi materiallarni muntazam chop etishni yo‘lga qo‘ydi.
0 ‘tgan asrning so'nggi o‘n yilligi - mustaqillikning ilk yil-
larida, bir tomondan, o‘tish davri murakkabliklari, ikkinchi
tomondan, ilmiy-nazariy va badiiy-estetik asoslarni qayta
ko'rib chiqish jarayoni bilan bog'liq holda o‘zbek tanqid-
chiligida ham biroz oqsash kuzatildi. Tanqidchilik qarshisi-
da mafkuraviy qoliplardan to‘la forig‘ bo‘lish, badiiy asarga
yondashuv, uni tahlil qilish va baholash prinsiplarini tub-
dan yangilash vazifalari ko'ndalang bo‘lgan edi. Mustaqil-
lik epkinidan «ikkinchi nafas»i ochilgan O.Sharafiddinov,
U.Normatov, N.Karimov, I.G'afurov, A.Rasulov kabi katta
avlod munaqqidlari hamda ularning yoniga kirgan keyingi
bo‘g‘inlarning Q.Yo'ldoshev, S.Meli, A.Otaboyev, Sh.Riza-
yev, R.Qo‘chqor, A.UIug'ov, I.Yoqubov, R.Rahmat, U.Ham-
darn singari o‘nlab vakillari sa’y-harakatlari bilan bu vazifa
uddalandi. Hozirda mazkur yangilanishning ilk samaralari
ko'rindiki, bu o‘zbek adabiy tanqidchiligining istiqboldagi
baravj rivojidan xayrli nishonadir.
Dostları ilə paylaş: |