Dilrabo elmuratova nodira misirova


O ’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

O ’qituvchi nutqi - pedagogik mahorat ko’zgusi sifatida
Olim larning hisoblashlariga ko ’ra o’quv uchun ajratilgan vaqtning taxminan 
1/4 - 1/2 qismi o ’quvchilam ing o ’qituvchi nutqini eshitishlari va tushunishlari uchun 
sarflanadi. Demak, o ’quv materialining o ’quvchilar tomonidan puxta o ’zlashtirilishi 
o ’qituvchi nutqining kamoloti va yorqinligiga bog’liq ekan.
Haqiqatan ham, A.Avloniy ta ’kidlaganidek “So’z insonning daraja va kamoli
ilm va fazlni ulug’lab k o ’rsatadurg’on tarozisidir. Aql sohiblari kishilam ing fikr va 
niyatini, ilm va q uw atini, qadr va qimmatini so’zlagan so’zidan bilur” . Ayniqsa, 
o ’quvchilar o ’qituvchi talaffuzi, nutq texnikasiga katta e ’tibor beradilar. Duduq, 
kirish, tovushga taqlid kabi so’zlarning^ masalan “aytaylik”, “xo ’sh”, “anaqa”, 
“o ’tga-bo’tga”, “dem ak” kabi so’zlam ing o ’rinsiz ravishda ko ’p takrorlanishi
4 0


o ’quvchilarning ensasini qotiradi. Bunday hoi faqat o ’rta maktab o ’qituvchilari va 
o’quvchilari orasidagina emas, balki oliy o ’quv yurti professor-o’qituvchilari orasida 
ham uchrashi achinarli holdir. Masalan, sobiq ittifoq davridagi SamDUning bir 
o’qituvchisi (muayan sabablarga ko’ra u kishining ismini aytmadik) bir juft ma’ruza 
davomida 82 marta hyech bekorga “xo’sh” va 172 marta “demak”so’zini ishlatgan. 
Bunday hoi o ’quvchi va talabalarning fanga bo’lgan qiziqishlarni so’ndiradi.
Kishining ovozi, tabiati o ’zgarmas degan fikrlarga qo’shilib bo’lmaydi. Hozirgi 
zamon fiziologiya faninig dalolat berishicha ovoz sifatini mutlaqo o’zgartirish 
mumkin. Bu tarixiy faktlar bilan ham isbotiangan. Masalan, buyuk notiq Demosfen 
o’z duduqligini mashq qilish tufayli yengib Qadimgi Rimning buyuk notig’iga 
aylangan.
Hozirgi kunda nutq texnikasiga doir mashqlar tizimi ishlab chiqilgan. Bu tizim 
teatr pedagogikasi tajribalariga tayanadi hamda nutq paytida to’g ’ri nafas olish, 
tanaffus va diksiyani so’zlash kabi ko’nikmalar o ’quv-metodik majmuasidan tashkil 
topgandir. Mazkur tizimni o ’zlashtirgan istalgan o ’qituvchi o’z nutqi orqali 
o’quvchilarda o ’zi istagan bilim, ko’nikma va malakalami singdira oladi, tarbiyalay 
oladi.

Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin