1. Pedagogik texnika tushunchasi va uning tuzilishi Ustoz - pedagoglar erishgan muvaffaqiyatlaming sirini bilishga harakat qilar
ekanmiz, biz ularning pedagogik ta’sir usullaridan ustalik bilan foydalangan holda
turli-tuman amaliy ta’lim-tarbiyaviy vazifalami ustalik bilan hal etishlariga guvoh
bo’lamiz. Bunda muhim rolni maxsus ko’nikmalar egallaydi: o’quvchilarni ijrimoiy
foydali o’quv faoliyatiga safarbar eta bilish, muammo qo’ya bilish, jam oa va alohida
shaxs bilan til topish, kuzata bilish, o ’z kechinmalarini boshqacha bilish: ovoz, nutq,
mimika, harakatlarini erkin boshqara bilish va h.k.
Pedagogik texnika - o ’qituvchi faoliyatining botiniy mazmunini hamda
zohiriy ifodasining garmonik birligidan iboratdir. Pedagog mahoratining ma'naviy
madaniyati hamda pedagogik jihatdan maqsadga muvogiq bo’lgan zohiriy ifodasi
sintezidan iboratdir. (N.N.Tarasovich)
Shunday qilib texnika - usullar majmuasidir. Uning vositalari esa - nutq va
muloqot vositalaridir. “Pedagogik texnika” tushunchasi o’z ichiga 2 guruh tarkibiy
elementlami oladi:
1. O ’qituvchining
odob-axloqiy ko’nikmalari bilan bog’liq bo’lgan
elementar: o ’z jismini (mimika, pantomimika) boshqara bilish; his-tuyg’u, hayajon,
ta’bini boshqara bilish (ortiqcha ruhiy zo’riqishlardan osonlik bilan xalos bo’la olish,
ijobiy muhitni to’g ’richa bilish): diqqat qila bilish, kuzatuvchanlik, tasaw urning
kengligi; nutq texnikasi (nafas, ovozni boshqarish, diksiya, nutq tezliqi (tempi)).
2.
Shaxs va jamoaga ta’sir ko’rsata bilish texnikasi ta’lim-tarbiyaning
texnalogik tomoni bilan bog’liq bo’lib, bularda: didaktik, tashkiliy, ijodiylik,
muomala ko’nikmalari; talab qila bilish, pedagogik muloqotni boshqara bilish,
jamoatchilik ijodiy faoliyatini tashkil eta bilish va boshqalar kiradi.
Quyida biz pedagogik texnikaning, pedagogning odob-axloqi bilan bog’liq
bo’lgan jihatlarini qarab chiqamiz.