Dilrabo elmuratova nodira misirova



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

Pantomimika. 
Gavda, qo’l va oyoqning harakatiga - 
pantomimika 
deyiladi. 
Pantomimikadan mohir pedagoglar o’z fikrlarining asosiy o ’mini ta’kidlash, obraz 
yaratish maqsadida foydalanadilar. O ’qituvchi dars paytida o’quvchilar oldida to’g ’ri 
turish malakasini egallashi kerak (oyoqlar oralig’i 12-15 sm, bir oyoq biroz oldinga 
tashlangan holda). Uning barcha harakatlari nazokatli, oddiy va tabiiyligi bilan ajralib 
turishi lozim. Gavdani tutish estetikasi salbiy odatlardan xoli bo’lishni talab etadi: 
orqa-oldga tomon chayqalish, bir oyoqdan ikkinchisiga og’irlikni tashlash, stul 
suyang’ichini tutish, qo ’lda darsga aloqasiz buyumlami aylantirish, bosh qashish, 
burun qoqish, quloq kavlash va h.k.
Uning imo-ishoralari aniq tushunarli, ma’noli bo’lmog’i lozim. Imo-ishoralar 
tasviriy va psixologik turlarga bo’linadi. Tasviriy ishoralar fikr yo’nalishini tasavvur 
etish, chizib berish uchun xizmat qiladi. Eng muhimi psixologik testlar bo’lib, ular 
his-hayajon, tuyg’ularni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, o ’qituvchi to’g ’ri 
javobdan mamnunligini boshini 3 marta ohista pastga egish orqali, javobdan 
qoniqmaganligini esa boshini ikki tomonga “sarak-sarak” qilib chayqash orqali 
ifodalashi mumkin. 
Shuni ta ’kidlash joizki, ishoralar aytilmoqchi bo’lgan fikr 
to’g’risida oldindan ogoh etish uchun ishlatiladi, aytilgan fikrdan keyin ulami 
qo’llashning foydasi y o ’q. O ’quvchilarga aytiladigan fikr ta’sirini oshirish uchun 
oldinga qarab yurish, ularga dam berish uchun esa orqaga qaytish lozim.
Mimika. 
O ’z fikri, hissiyoti, ruhiy holatini ifodalash san’atiga - 
mimika
deyiladi. Ba’zan o ’qituvchi yuz ifodasi u aytmoqchi bo’lgan so’zdan ham ko’ra
39


kuchli ta ’sirga ega. Imo-ishora va mim ika axborotning emosional ta ’sir kuchini 
oshirib yaxshi qabul qilishiga sabab bo’ladi.
O ’quvchilar o’qituvchining fikrini uning yuz ifodasidanoq bilib oladilar. 
Shuning uchun ham o ’qituvchi o ’z kechinmalarini yashira olish ham lozim. Yuz 
harakatlari faqatgina o ’quv tarbiya maqsadida qo’llanilishi lozim.
Yuz ifodasi butun qiyofa kabi o ’zga ishonch, xayrixohlik, hukm, norozilik, 
xursandlik, faxrlanish, loqaydlik, qiziquvchanlik, xafalik kabilarni ifodalay olishi 
lozim. Insonning barcha hissiyotlari uning tabassum ida mujassamlashgan b o ’ladi, u 
kishining m a’naviy sog’lomligi va axloqiy qudratini o ’zida ifodalaydi. Mimikani 
ifodalovchi detallar - qosh va ko’zdir. Qoshning yuqoriga k o ’tarilishi hayratlanishni, 
chimirilishi - diqqatni to ’plashni, qimirlatmasdan turish-xotiijam likni, loqaydlikni, 
tez harakatga kelishim - tang qolishni ifodalaydi.
K o’z kishining eng ta ’sirchan organidir. O ’qituvchi o ’z yuz tuzilishining 
imkoniyatlarini yaxshilab o ’rganib chiqishi lozim. U har bir xodisaga nisbatan o ’z 
ko’z qarashlari bilan o ’zining ijobiy, salbiy, betaraf m unosabatini ifodalay bilishi 
lozim. Uning ko ’zi “olma-kesak” term asligi, yoki “baliq ko’z” b o ’lmasligi lozim.
M ana m asalan, quvonchli holatni ifodalovchi belgilar: tabassum , k o ’z 
yashnaydi, haddan tashqari imo-ishoralar, so’zamollik, boshqalarga yordam berish 
istagi ko’zga tashlanadi.
Q o’rquv belgilari: ko’zlar katta-katta ochilgan, gavda shalpaygan, qoshlar biroz 
ko ’tarilgan, ovoz titraydi, ko’z olma-kesak teradi, harakatlar shiddatli, gavda titraydi.
O ’qituvchining nazari o ’quvchilarda bo’lishi la^im. Ular orasidagi ko ’z aloqasi 
m ashg’ulotlar davom ida mustahkamlanib borishi kerak. Biroq shuni ham unutmaslik 
lozimki, katta yig’in, mitinglarda so’zga chiqqanda bunday aloqadan voz kechish 
lozim. Chunki ko ’pchilik tomonidan hosil b o ’ladigan biomaydon notiqqa salbiy ta ’sir 
ko ’rsatadi. Shuning uchun ham olomonga xuddi devor yoki gulzom i kuzatgan kabi 
nazar tashlagan m aqsadga muvofiq b o ’ladi: olamon biomaydoni notiqqa salbiy ta ’sir 
ko’rsata olmaydi.

Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin