Darsga tayyorgarlik bosqichi: a) o ‘quv materiali bilan tanishish, o ‘zida ertaga
o'tiladigan darsga (mavzuga) nisbatan ijodiy his-tuyguni uyg‘otish. (Ertaga
talabalarga nima beraman, ular yangi darsni qanday egallaydilar?); b) tashqaridan
mavzuga oid ma’naviy-ma’rifiy materiallami qidirish, kitob, jurnal, gazeta,
ko‘rgazma, filmlardan material topish.
Auditoriyani ko‘z oldiga keltirish va har bir talabani ko‘z oldiga keltirish. 0 ‘z
hatti-harakatlarini (ertangi darsdagi o ‘z harakatlari, nutqi fikrlari) va talabalaming
javoblarini, hatti-harakatlarini fikrlash va tasaw ur etish.
Darsni xayolan boMaklarga bo‘lish. Darsning bosh vazifasini aniqlash va
fikrlash. Bosh vazifaning muhim joylarini, his-tuyg‘uga ta’sir etadigan joylarini
aniqlash. Muskullami boshqarishni mashq qilish, diqqat, xotirani mashq qilib ko‘rish.
SHuni doimo esda saqlash kerakki, oldindan o ‘ylangan, fikrlangan va tasaw ur
etilgan dars qiziqarli o ‘tadi.
Dostları ilə paylaş: