Dilrabo elmuratova nodira misirova



Yüklə 34,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/90
tarix01.12.2023
ölçüsü34,92 Mb.
#170895
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
384051c7064ff50b4d88ff9a746b9032 Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari

B irin ch i qoida 
- «Hayotiy haqiqat» - deb nomlanib, dars va darsdan tashqari 
m ashg‘ulotlarda talabalarga soxta, balandparvoz, yasam a gaplar va fikrlar emas, balki 
hayotiy haqiqat beriladi. Talabalarga berilayotgan bilim va tushunchalar jonli, tabiiy, 
tushunarli b o ‘lishi kerak. Mavxum fikr va g ‘oyalami o'zlashtirish talabalar 
tom onidan qiyin bo‘Iib, ular «quruq» gap bo‘lib qoladi.
Ik k in ch i 
qoida - bu bosh vazifa bo‘lib, u mazmun va mohiyatdagi eng asosiy 
maqsaddir.
Bosh vazifa asar muallifining yoki o ‘qituvchining eng aziz, muhim istagidir. 
Bosh vazifa - talabalam i o'qitishdan, tarbiyalashdan ko ‘zda tutilgan asosiy maqsad 
b o ‘lib, bu maqsadni darsga material tanlaganda, dars o ‘tganda va boshqa 
m ashg‘ulotlarda yoddan chiqarmaslik kerak.
Har xil darajadagi bosh vazifalar ham mavjud:
U m um iy bosh vazifa - pedagogning o ‘z faoliyatiga munosabati, vijdon va 
iymoni.
H ar bir darsdan, mavzudan, bobdan yoki fandan k o ‘zda tutilgan bosh vazifa. 
Masalan: A.Qodiriyning « 0 ‘tgan kunlar» romanidagi katta muhabbat, tarixiy davr 
ta ’siri - asosiy bosh vazifaga o ‘xshaydi. Lekin, aslida asar qahramonlari o ‘rtasidagi 
insoniylik - in so n p a rv a rlik '- buyuk insoniy munosabatlar yozuvchining bosh 
vazifasidir.
Adabiyot o ‘qituvchisi shu asami o'tganda yozuvchining asosiy maqsadini 
yoddan chiqarmasligi kerak.
48


Shuningdek, qisman yoki vaziyat bilan bog‘iiq bosh vazifa ham bo'lishi 
mumkin. masalan: asarni bir necha bo‘Iaklarga bo‘lib o‘tishda, har bir bob uchun, har 
bir dars uchun alohida bosh vazifa bo‘lishi mumkin.
Uchinchi qoida - darsdagi faollik bo‘lib, dars jarayonida talabaga 
etkazmoqchi boMgan obrazlar, fikrlami, his-tuyg‘u, hayajon va faollik bilan berishdir. 
Ammo, o ‘qituvchi bu his-tuyg‘uning kelishini kutmasdan, faol ravishda hatti-harakat
intilish qilsagina dars davomida zarur his-tuyg‘uning o ‘zi keladi. Demak, har qanday 
pedagogik jarayonni amalga oshirishdan oldin, albatta shu fikr yoki dars mazmuni 
(yoki sahna ko‘rinishi) inprovizisiya (oldindan mashq qilish) qilishi zarur. 
Inprovizasiya - o‘z-o‘zidan paydo bo'lmaydi, balki mashq yordamida - treninglar 
yordamida yuzaga keladi. Treninglar yordamida mustahkamlangan har qanday 
harakat, mashq o'qituvchini kelajakda o‘tadigan dars jarayonida hech qanday 
tasodiflardan qo‘rqmaydigan qiladi.
Insonning harakati, sezish va idrok qilishi, nutqi, fikrlash qobiliyati bir butun 
tizim boMib, pedagogik jarayonda bu tizimlar majmuasidan unumli foydalanishi 
uchun bu tizimlami mohirlik bilan boshqara olishi va nazorat qila olishi muhimdir. 
Avvalombor pedagog o ‘z diqqatini, o ‘z muskullarini yaxshi boshqarishni 
0
‘rganishi 
zarur bo‘ladi.
Masalan: bugun siz reyting - sinovlarini topshirmoqchisiz yoki ko‘pchilik 
oldida chiqib gapirishingiz kerak. Oyoq va qoMlar titraydi, qo‘l barmoqlari qisilgan
ja g ‘ muskullari taranglashgan. Ayniqsa, bu holat birinchi marta auditoriyaga 
kirganingizda yuz bersa, ya’ni talabalar sizning o'zingizga ishonchsizligingizni 
darhol sezishadi. Ular «Ustoz tajribasiz ekan, talabalardan qo'rqar ekan», - deb 
xulosaga kelishadi. Siz keyinroq o ‘zingizni tutib olasiz, tajriba orttirasiz, ammo 
bugun auditoriyada, talabalar oldida shakllangan obrazingizni tuzishingiz qiyin 
bo'ladi. Tasavvur qiling, auditoriyada hayajonlanishingiz, zo‘riqishingiz va muskul 
tortishishlaringiz har kun davom etsa, o ‘qituvchi ish kunining oxirida charchab 
qoladi, asta-sekin asabiylashish kuchayib, har xil ruhiy, asabiy, ruhiy-ichki 
kasalliklami keltirib chiqarishi mumkin.
Demak: bizda ichki, ruhiy nazorat-nazoratchi bo‘lishi kerak. Nazoratchi 
hamma a ’zolami birin-ketin tekshirib chiqib, agar keragidan ortiq muskul 
zo'riqishlari mavjud bo‘lsa, uni olib tashlashimiz kerak.
Umuman, olganda jismoniy va psixologik treninglar orasida katta farq 
bo'lmasdan, ular bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Jismoniy va psixologik 
treninglarni mustaqil ravishda va maxsus treninglar yordamida egallash mumkin. Bu 
esa pedagog faoliyatining samaradorligini, jismoniy va ruhiy sog‘ligini saqlashga 
imkon beradi.
Aktyor (o‘qituvchilar)lardan xayol va diqqatning qanchalik rivojlanganligiga 
qarab, ulami to‘rtta turga ajratish mumkin:
49



Yüklə 34,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin