55
ta’minlovchi mexanizm bо‘ladi, deb ta’kidlaydilar. Boshqa tomondan, aksariyat
tadqiqotchilar dunyoviy hokimiyatning oqilona siyosati
jamiyat ravnaq topishida
aholining ommaviy ravishda diniylik darajasini ortishidan muhimroq ekanini
ta’kidlaydilar.
Izlanishlardan ma’lum bо‘ladiki, dinning zamonaviy yuksak taraqqiy etgan
jamiyatdagi ijobiy yoki salbiy ahamiyati borasida jamiyatshunoslar о‘rtasida yakdil
fikr mavjud emas. Qayd etish joizki, mazkur masalani keng kо‘lamda tadqiq
etishga ba’zi siyosiy va axloqiy omillar tо‘sqinlik qilib keldi. Qayd etish joizki,
mazkur masalani keng kо‘lamli tadqiq etishga ba’zi siyosiy va axloqiy qarashlar
tо‘sqinlik qilib keldi. 2009 yil G.Polning “Evolutionary Psychology”
jurnalida
nashr etilgan maqolasi mazkur bо‘shliqni qisman tо‘ldirdi. U о‘z tadqiqotida
jamiyat faravonligiga ommaviy diniylikning ta’siri borasidagi ikki muqobil
gipotezalarni tekshirish maqsadida amalga oshirilgan keng qamrovli xalqaro tahlil
natijalarini taqdim etdi. Birinchi gipoteza, “axloqiy-ijodiy, ijtimoiy-iqtisodiy
faraz” (the moral-creator socioeconomic hypothesis), deb nomlanib, unda xudo
yoki xudolarga ommaviy ravishda e’tiqod qilish, axloq masalasiga befarq
munosabatda bо‘lmaslik jamiyat farovonligiga ijobiy ta’sir о‘tkazishi ta’kidlanadi.
“Sekulyar-demokratik
ijtimoiy-iktisodiy
faraz”(the
secular-democratic
socioeconomic hypothesis), deb nomlangan ikkinchi gipoteza aksincha, zamonaviy
taraqqiy etgan jamiyatlarda diniylik ijtimoiy farovonlik ortishiga tо‘sqinlik
qiluvchi salbiy omil sifatida baholanadi.
G.Pol xalqaro ma’lumotlar bazasi va hisobotlari nisbatan tо‘liq qayd etilgan
17 ta rivojlangan demokratik davlatlarning bir qator kо‘rsatkichlarini
tahlil etish
asosida о‘z tadqiqotini amalga oshirdi. Tadqiqotda yuqori darajadagi diniylikka
ega bо‘lgan mamlakatlardan past kо‘rsatkichli davlatlar ketma-ketligi asosidagi
quyidagicha rо‘yxat shakllantirilgan: AQSH, Irlandiya, Italiya, Avstriya,
Shveysariya, Ispaniya, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya,
Niderlandiya,
Norvegiya, Angliya, Germaniya, Fransiya, Daniya, Yaponiya, ShvetsiY.
U jamiyat farovonligini quyidagi 25 ta ijtimoiy-iqtisodiy kо‘rsatkichlar
asosida baholadi: qotillik, о‘z joniga qasd qilish(yoshlar о‘rtasidagi suidsid alohida
о‘rganilgan), bolalar о‘limi soni, umr kо‘rish davomiyligi, sо‘zak va zaxm
kasalliklariga uchrash holatlari (о‘spirinlar orasida mazkur kasalikka chalinish
alohida о‘rganilgan), voyaga yetmaganlar orasidagi abortlar miqdori, 15-17 yosh
о‘rtasida ayollari tug‘rug‘i, nikoh va ajrimlar soni, spirtli ichimliklarni istyemol
qilish, hayotdan qoniqish hosil qilish darajasi, aholi jon boshiga daromad miqdori,
mol-mulk kо‘rsatkichlardagi nomutanosiblik,
qashshoqlik, korrupsiya, ishsizlik,
jamiyatning getrogenlik darajasi, muhojirlar adadi va ekologik holat va boshqa
kо‘rsatkichlar(Paul G., 2009:441). Maqolada tadqiqot olib borilgan mamlakatlarda
mazkur kо‘rsatkichlar о‘rtasidagi munosabatlar batafsil tahlil qilinadi. Tadqiqot
xulosasiga kо‘ra, aholi о‘rtasida dindorlik kо‘rsatkichlari qanchalik yuqori bо‘lsa,
ijtimoiy farovonlik darajasi shu qadar past bо‘lishini kо‘rsatdi. Uning fikricha,
diniylik ‒ nisbatan yuzaki, moslashuvchan va о‘zgaruvchan psixologik mexanizm
bо‘lib, u ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligi va himoyalanishi past kо‘rsatkichga ega
bо‘lgan jamiyatlarda stress va xavotirni yengishga yordam beradi. Shuningdek, u
56
ommaviy ravishda “Yaratuvchi-Xudo”dan voz kechishni insonlarning hayotiy
sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan tabiiy munosabati deb baholaydi.
Mazkur ikki kategoriyalarni о‘zaro qiyoslash maqsadga muvofiq emas.
Birinchidan, din inson va jamiyat ma’naviy hayotining muhim qismi bо‘lsa-da,
bevosita moddiy farovonlikni belgilovchi omili bо‘la
olmaydi va diniylik xalq
madaniy taraqqiyotining yagona sababi va manbai emas. Ikkinchidan,
sekulyarlashuv aniqlanishi kerak bо‘lgan faraz emas, balki ijtimoiy-madaniy
sohada yaqqol namoyon bо‘lgan hamda о‘z tasdig‘ini topgan jarayondir.
Dunyoviylikning bosh mezoni erkinlik bо‘lsa-da, mazkur masalada asosiy
e’tibor inson huquq va erkinliklarining umume’tirof etilgan xalqaro standartlari,
demokratik tamoyillar hamda dunyoviy ta’limga qaratiladi. Turli dunyoqarashlarga
nisbatan neytral yondoshuv va yuridik asosga ega dunyoviy jamiyat institutlari va
diniy tashkilotlarning mustaqil faoliyati garovidir. Shu ma’noda, sekulyar jamiyat
muayyan dinga oid yoki ateistik xarakterdagi va yana boshqa turdagi mafkuralarni
mutloqlashtirishga yо‘l qо‘ymaydi. Bunda diniylik dunyoviylikning ajralmas qismi
sifatida uning mezonlariga moslashishni taqazo etadi.
Shu bois dunyoda sodir bо‘layotgan demokratik jarayonlarda turli diniy
tashkilotlarning
ijtimoiy-siyosiy
faolligi
ortib,
insoniyatning
mushtarak
manfaatlarini ifodalovchi qadriyatlar tizimi sifati namoyon bо‘lishga intilmoqda.
Xususan XX asr о‘rtalaridan boshlab jahon dinlari hisoblangan xristianlik,
islom
va buddaviylik ta’limotlarining yetakchilari demokratiya, konstitusion davlat,
dunyoviy ta’lim, inson xuquqlari, vijdon erkinligi masalalari ularning e’tiqodlariga
zid emasligi borasida qator hujjatlar imzoladi. Bu esa, diniy ta’limotlarning
dunyoviylik tamoyillariga muvofiqlashish natijasida о‘zro uyg‘unlikka erishishga
intilayotganidan darak beradi.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, birinchidan, dunyoviylik va diniylik
bir-biriga zid tushunchalar emas. Shu ma’noda, har ikki tushunchalarni о‘zaro
taqqoslash va ulardan birini mutloqlashtirish noо‘rin. Zotan ular inson hayotining
mohiyatiga turlicha qarash usuli bо‘lib, har ikkisining obyekti bitta ‒ inson
hayotidir.
Plyuralizm, inson qadr-qimmatini ta’minlashga qaratilgan inson huquqlari
dunyoviylik
tamoyilining
bosh
mezoni
sifatida
inson
dunyoqarashida
mujassamlanib, uni о‘z-о‘zini erkin mustaqil subyekt sifatida anglashida muhim
ahamiyat kasb etdi. Mazkur tamoyillarni harakatga keltiruvchi ikki mexanizm
mavjud bо‘lib,
birinchisi, davlatni diniy tashkilotdan ajratish, ikkinchisi,
davlatning dinlarga nisbatan betarafligi ta’minlashdir.
Tom ma’nodagi dunyoviylik bahs-munozara uchun ochiqlikda davom etsa,
turfa axloqiy qadriyatlarni hurmat qilish asosida rivojlansa, universal ijtimoiy
mafkuraga aylanadi. Shuningdek, ma’rifat tomonga yо‘nalgan, ilm-fanga muvofiq
umuminsoniy axloqiy meyorlariga rioya qiluvchi dunyoviy yondoshuvni eng ilg‘or
va kreativ ong sifatida baholash mumkin.
Diniylik va dunyoviylikning murakkab dialektikasi har ikki tomon uchun
alohida ahamiyatlidir. Mazkur ikki qarash о‘zining obyektiv va subyektiv omillari
hamda makon va zamon xususiyatlariga ega. Diniy ta’limotlarda ulkan ijtimoiy-