Dinshunoslik


- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof  ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash;  -



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof 
ravishda tuzish yoki ularning faoliyatini tiklash; 
- g‘ayriqonuniy jamoat birlashmalari yoki tashkilotlari faoliyatida faol 
qatnashish bilan bog‘liq harakatlar belgilangan eng kam ish haqining tegishli 
miqdorida jarima solinishiga yoki belgilangan muddatga axloq tuzatish ishlari
yoki qamoq yohud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan. 
Mamlakatimizda missionerlik va prozelitizmning oldini olish, ayniqsa 
yoshlarni bunday zararli oqimlar domiga tushib qolishlarining oldini olish bo‘yicha 
tizimli chora-tadbirlar amalga oshirishni taqozo qilmoqda. Bu vazifani 
muvaffaqiyatli hal etishda yosh avlodni hozirgi davrda mamlakatimizda din 


48 
sohasida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, yaratilgan imkoniyatlar bilan muntazam 
asosda tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. 
Shu bilan birga, qiziqishlari, bilim darajalarini inobatga olgan va differensial 
yondashgan holda yoshlarning din, shu jumladan, xalqimiz asrlar davomida e’tiqod 
qilib kelgan islom dini haqidagi bilimlarni va milliy-diniy an’analar asoslarini 
sog‘lom asosda egallashlariga ko‘maklashish ham bugungi kunning dolzarb 
vazifalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday bilimlar obyektiv bo‘lishi, voqelikni 
to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi va o‘z mohiyatiga ko‘ra, Vatan va millat manfaatlari 
bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i kerak. Yoshlarimizning missionerlikning mohiyati 
haqida xolis va yetarli bilimga ega bo‘lishlari unga qarshi immunitetni 
shakllantirishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. 
Tahlillar hech bir mintaqa, hech bir davlat bunday tahdiddan xoli 
emasligini ko‘rsatadi. Bunday holatlarning oldini olish uchun esa missionerlikning 
mohiyatini to‘g‘ri va chuqurroq anglash, uni bartaraf etish yo‘lida maqsadli, tizimli 
va tadrijiy faoliyat olib borish zarur bo‘ladi. Egallangan bilimlar qanchalik xolis va 
chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga keladigan baholar, qadriyatlar ham 
shunchalik mustahkam bo‘ladi. Shakllangan qadriyatlar tizimi esa turli 
tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin