Dinshunoslik


Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

3. Diniy sektalar va ular faoliyatining oqibatlari. Sektalarga xos 
xususiyatlar haqida gap ketar ekan, ayrim sektalar muayyan konfessiya doirasida 
shakllanib, asosiy e’tiborni sobiq e’tiqoddoshlari orasida targ‘ibot olib borishga, 
ba’zi sektalar esa boshqa konfessiyaga mansub insonlar orasidan ham o‘z 
tarafdorlarini shakllantirishga harakat qilishini ta’kidlash zarur. 
Ayni paytda, hech bir konfessiyaga mansub bo‘lmagan, muayyan shaxs – 
«ustoz», «yo‘lboshchi» yoki «rahnamo» tomonidan asos solingan va aholining 
duch kelgan ijtimoiy va konfessional qatlami bilan ish olib boradigan sektalar ham 
mavjudligini qayd etish lozim.
Afsuski, yuqoridagi kabi ko‘rinishlarda chiqadigan sektalar faoliyati 
natijasida bir qator salbiy, ba’zi hollarda fojiaviy hodisalar kelib chiqmoqda. 
Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillarida AQSHning San-Fransisko shahrida Jim Jons 
ismli shaxs bir necha ming kishilik mahalliy protestantlarni o‘z ichiga olgan «Xalq 
ibodatxonasi» nomli jamoa tuzishga erishadi. Sekta asoschisining turli «qiliq»lari 
shahar jamoatchiligiga ma’lum bo‘lib qolgach, Jons «chirkinliklarga to‘la 
shahar»dan ketib, Gayana changalzorlarida «Xudo Podshohligi»ni qurish 
lozimligini e’lon qiladi. 


44 
1978 yili «Xudo Podshohligi»dagi holatni o‘rgangani borgan AQSH 
Kongressi komissiyasi sekta izdoshlari «podshohlikda» juda og‘ir sharoitlarda 
yashayotgani, ularga qullardek munosabatda bo‘linayotgani, Jons barcha 
«banda»larini o‘ziga ibodat qilishga majbur qilganiga guvoh bo‘ladi. Kirdikorlari 
fosh bo‘lib qolganini bilgan sekta rahbari bir kunning o‘zida barcha izdoshlarini 
o‘z jonlariga qasd qilishga majbur qiladi. Oqibatda Jonsga ishongan 912 kishi 
halok bo‘ladi. 
Shunga o‘xshash holat AQSHning Texas shtatidagi Ueyko shahrida Devid 
Koresh tomonidan adventislik zamirida shakllantirilgan «Dovud avlodi» nomli 
sekta tarafdorlari bilan ham sodir etiladi. O‘zini «Xaloskor» deb e’lon qilgan, 
jamoada o‘zining mutlaq hokimiyatini o‘rnatib, barchaga o‘z mulkidek 
munosabatda bo‘lgan sekta rahbari Ueyko shahrida qurilgan maxsus ranchoda 
izdoshlari bilan rohibona hayot kechiradi.
1993 yilda politsiya tomonidan uni qo‘lga olish bo‘yicha amalga oshirilgan 
tadbir davomida, qamalishni istamagan «payg‘ambar» o‘zi va barcha sekta a’zolari 
joylashgan ranchoni portlatib yuboradi. Oqibatda 100ga yaqin kishi, shu jumladan, 
25 nafar bola halok bo‘ladi. 
Bunday sektalar qatoriga 1992 yilda Xitoyda Lyu Xunchji tomonidan 
tuzilgan va 2 milliondan ortiq tarafdori bo‘lgan «Falungun» sektasini ham kiritish 
mumkin. Lyu Xunchji faqat o‘zinigina zaminni halokatdan, kishilarni 
qiyinchiliklardan qutqaruvchi, jismoniy va ma’naviy yetuklikka boshlovchi, 
gunohlardan forig‘ qilishga qodir, deb hisoblaydi. Jannat faqat uning 
tarafdorlarigagina nasib qilarmish. Oxirat bilan qo‘rqitish markaziy o‘rinni 
egallagan Lyu Xunchji ta’limotiga ergashish 2000 dan ortiq kishining halok 
bo‘lishi, yuzlab odamlarning ruhiy kasallikka chalinishiga sabab bo‘lgan. 
Buddizm doirasida shakllangan «Aum Sinrikyo»ning 1995 yilda Tokio 
metrosida tinch aholiga nisbatan gaz hujumi uyushtirishi oqibatida 12 kishi halok 
bo‘lgani, AQSHda paydo bo‘lgan «Osmon darvozasi» sektasi a’zolaridan 60 dan 
ortiq kishi o‘z joniga qasd qilgani, Ugandada yuzaga kelgan «Xudoning o‘nta 
buyrug‘ini qayta tiklash harakati» sektasi qurbonlari soni 1000 dan ziyodni tashkil 
etgani ham bunday sektalar faoliyatining mudhish oqibatlaridan dalolat beradi.
Hozir ayrim rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan yoki norasmiy faoliyat yuritayotgan 
noislomiy diniy jamoalarning vakillari tomonidan ham missionerlik faoliyati 
amalga oshirilishi kuzatilmoqda. Missionerlar aksariyat holatlarda o‘z jamoasiga 
jalb qilishda turli o‘qish kurslarini ochib, o‘z diniga targ‘ib qilish, xorijga o‘qishga 
yoki ishga jo‘natish, yoz faslida bolalarni dam olish lagerlariga jalb qilish, hayriya 


45 
yordam ko‘rsatish, bepul tibbiy yordam berish va gazeta, jurnal, kitoblar tarqatish 
kabi usullardan foydalanmoqda. Ularning diniy ta’limotida Davlat ramzlarini 
hurmat qilish, Konstitutsion burchni bajargan holda harbiy xizmat o‘tash, jamoat 
ishlarida qatnashish man etilgan. Bunday holat xalqimiz uchun noan’anaviy 
bo‘lgan diniy jamoa va sekta vakillarining maqsadi jamiyatimiz a’zolarini 
fuqarolik faolligini so‘ndirish va qaram qilib olishga yo‘naltirilganidan yaqqol 
dalolat beradi. Shuningdek, ayrim noislomiy diniy jamoalarda ushbu jamoaga a’zo 
bo‘lgan shaxs bilan oila qurishi, jamoadan tashqaridan kelayotgan barcha 
ma’lumotlarni yolg‘on va zararli deb bilish belgilab qo‘yilgan, ba’zilarida oila 
qurish umuman ma’qullanmay, ular daromadlarining deyarli barchasini ushbu 
jamoa rahbariyatiga topshirishi lozim. Ushbu faktlar mazkur diniy jamoalardagi 
tartib shaxs, oila va jamiyat uchun naqadar zararli ekanini tasdiqlaydi.
Umuman olganda, yuqoridagi kabi sektalar, missionerlik tashkilotlari 
faoliyatiga chek qo‘yish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib 
qolmoqda. Bir qator mamlakatlarda sektalar va missionerlar faoliyati natijasida 
jabr ko‘rganlarga moddiy va ma’naviy ko‘mak berish maqsadida maxsus 
markazlarning tuzilgani, afsuski, yuqoridagi kabi holatlarning ko‘payib 
borayotgani va xatarli ko‘lam kasb etib, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy muhitga 
o‘ta salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini kuzatamiz. 
Shuningdek, missionerlikning milliy hayotga tahdidi xususida ham to‘xtalib 
o‘tish lozim. Sir emaski, din milliy ma’naviyatning tarkibiy qismi, millatni 
birlashtirib turuvchi muhim omillardan biri hisoblanadi. Bir tilda gaplashadigan, 
umumiy tarix va yagona davlatga ega bo‘lgan, ammo turli dinlarga yoki diniy 
yo‘nalishlarga e’tiqod qiladigan millatlar hamon ichki milliy birlikni ta’minlay 
olmayotgani, kichkina bir sabab qayta - qayta nizoli vaziyatlar va fuqarolar 
urushining kelib chiqishiga zamin yaratayotgani va mamlakatlar o‘z taraqqiyotida 
o‘nlab yillarga orqada qolib ketayotgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini 
beradi. 
Livan aholisining 90 foizdan ortig‘ini arablar tashkil etadi. Rasmiy til arab tili 
hisoblanadi. Ammo livanliklarning bir qismi islomga (sunniy, shia, druz), qolgan 
qismi xristianlikka (maroniy, pravoslav, katolik) e’tiqod qilishi natijasida milliy 
birlikni ta’minlash qiyin kechmoqda. Mamlakatning amaldagi qonunchiligida 
davlat 
boshqaruv 
idoralarining 
diniy 
belgilar 
asosida 
shakllantirilishi 
mustahkamlab qo‘yilgani esa, ko‘pgina hollarda xilma-xil omillar ta’sirida uning 
to‘laqonli faoliyatiga to‘siq bo‘lmoqda. Musulmonlar va xristianlar o‘rtasida vaqti-
vaqti bilan kelib chiqayotgan fuqarolar urushi esa bu birlikni ta’minlashni yanada 
mushkillashtirayotgani fikrimizning isboti bo‘la oladi. 


46 
Turli millat va din vakillari istiqomat qilib kelgan Yugoslaviyaning Serbiya, 
Sloveniya, Xorvatiya, Makedoniya, Chernogoriya, Bosniya va Gersegovinya kabi 
davlatlarga parchalanib ketgani ham etnokonfessional ziddiyatlar qanday og‘ir 
oqibatlarga olib kelishi mumkinligining hayotiy-amaliy ifodasidir. 
Masalaning ana shu jihatiga e’tibor berilsa, missionerlik harakatlari ortida 
diniy zaminda millatni ichidan bo‘lib tashlashga qaratilgan g‘arazli siyosiy 
maqsadlar yotganini va u keltirib chiqaradigan fojialarni anglab yetish mumkin.
Bu, missionerlar o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlarga erishadigan bo‘lsalar 
ular faoliyat olib borayotgan mamlakatda ham xalqning parokandalikka yuz tutishi 
va ma’naviy tanazzulning kelib chiqishi mumkinligi haqida xulosa chiqarish 
imkonini beradi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin