Dinshunoslik


- bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan  xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati;  -



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/45
tarix23.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#120145
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Oquv qollanma Dinshunoslik

- bir konfessiyaga mansub dindorlarni boshqasiga kiritishga qaratilgan 
xatti-harakatlar (prozelitizm) va boshqa missionerlik faoliyati; 
- maxsus diniy ma’lumoti bo‘lmay turib va diniy tashkilot boshqaruvi 
markaziy organining ruxsatisiz diniy ta’limotdan saboq berish, xuddi shuningdek 
xususiy tartibda diniy ta’limotdan saboq berish bilan bog‘liq harakatlar sodir 
etilganda belgilangan eng kam ish haqining tegishli miqdoridagi jarima solinishiga 
yoki belgilangan muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘lishi haqidagi 
qoidalar mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlash zarur. 
Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra, muayyan hollarda birinchi marta 
qonunni buzgan shaxs yoki tashkilotga ma’muriy jazo qo‘llaniladi. Agarda o‘sha 
shaxs yoki tashkilot shundan keyin ham qonunni buzishda davom etsa, unga endi 
jinoyat kodeksidagi choralar qo‘llaniladi. Masalan, «O‘zbekiston Respublikasining 
Jinoyat kodeksi» normalariga ko‘ra, «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»ning yuqorida qayd etilgan bandlaridagi 
harakatlar ma’muriy jazo qo‘llangandan keyin yana sodir etilsa, bu «O‘zbekiston 
Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»da belgilanganidan 
ko‘ra og‘irroq jazolar qo‘llanishiga olib keladi. 
Shu bilan birga, «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi»da 
«O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi»da 
nazarda tutilmagan bir qator harakatlar uchun ham jazolar belgilanganini qayd 
etish zarur. Jumladan: 
- voyaga yetmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish; 
- voyaga yetmagan bolalarni ularning ixtiyoriga, ota-onalari yoki ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda dinga o‘qitish; 
- dindorlardan majburiy yig‘im undirish va soliq olish; 
- diniy ta’lim olishda hamda fuqaro dinga nisbatan, dinga e’tiqod qilish 
yoki e’tiqod qilmaslikka nisbatan, ibodat qilishda, diniy rasm-rusumlar va 
marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka nisbatan o‘z munosabatini 
belgilayotgan paytda majburlash bilan bog‘liq diniy faoliyat yuritish;

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin