50
ta’rifi faqatgina sotsiologiya va dinshunoslik fanlari doirasida amalga oshirilgan
tadqiqolarda kuzatiladi. Jumladan, S.A.Kravchenko quyidagi ta’riflarini keltiradi:
“Diniylik – 1) shaxslar ong va xulq-atvorining о‘ziga xos xususiyati bо‘lib,
ularning afsonaviy va ilohiy narsalarga bо‘lgan ishonchini aks ettiradi. 2)
G.Zimmel qarashiga kо‘ra, diniylik bu shaxslararo xudoga bо‘lgan
munosabat
tufayli yuzaga keladigan ijtimoiy munosabat shaklidir”.
D. Rutkevich mazkur atamani quyidagicha ta’riflaydi: “Diniylik ‒ bu shaxs
va guruhning sifati bо‘lib, muqaddas hisoblangan mavjudot va ashyolarga e’tiqod
qilish, ularga ibodat qilish yoki ong miqiyosida g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch
bо‘lib, u dinga aloqador va dinga bog‘liq bо‘lmagan sohalarda xulq-atvor hamda
xatti-harakatlarda aks etadi”. Shuningdek, N. Darren ham “diniylik” atamasiga
aynan shu mazmunda ta’rif beradi.
Mazkur tushuncha din va muayyan ijtimoiy subyektlarning о‘zaro
bog‘liqligini ifodalab, dinning murakkab sifat xususiyatlarini aks etiradi. Agar
“din” tushunchasi yaxlit ijtimoiy tizim doirasidagi sotsial aloqa va institutlarning
о‘ziga xos turi yoki ijtimoiy ongning
maxsus shakli deb hisoblansa, u holda
“diniylik” atamasi alohida shaxs, shuningdek, sotsial va demografik guruhlarning
ongi va xulqiga diniy ta’sirini anglatadi. Shu jihatdan diniylik g‘ayritabiiy
kuchlarga e’tiqod qiluvchi alohida shaxs, guruh va jamoalarni muayyan holatini
ifodalaydi. Mazkur masalada tadqiqot olib borgan V. I. Garadja, D. M. Ugrinovich
va I. N. Yablokovlar diniylikni shaxs yoki guruhning ijtimoiy sifati, diniy ong,
diniy axloq va diniy munosabatlarni о‘zida
aks ettiradi, deb baholaganlar.
M.Z.Magometova esa, dinshunoslar G. Balagushkin, P. S. Gurevich, M. P.
Mchedlov, L. N. Mitroxinlar о‘z tadqiqotlarida diniylik tushunchasini ijtimoiy
о‘zgarishlar va yangi diniy harakatlar vujudga kelishi bilan bog‘laganini
ta’kidlaydi. Agar diniylikni ijtimoiy о‘zgarishlar va yangi diniy harakatlar hosilasi
sifatida baholasak, mazkur tushunchaning uzoq tarixi nazardan chetda qoladi.
Qayd etish joizki, diniylik doimo har bir insonning e’tiqodidan qat’iy nazar, u yoki
bu darajada о‘z ta’sirini о‘tkazib kelgan. Shu jihatdan diniylik, mohiyatan, shaxs
faoliyatining kо‘plab jihatlarini belgilab beruvchi
inson shaxsiyatining asosiy
xusisiyati hisoblanadi.
A.Boboyev diniylik haqida quyidagi mulohazalarini keltiradi: “Diniylik
haqiqiy, abadiy dunyo deb, g‘ayritabiiy dunyoni tan oladi, insonning tabiiy
dunyodagi hayotini abadiy dunyoga о‘tish vositasigina deb qaraydi”. Avvalo,
muallifning “g‘ayritabiiy dunyo” atmasiga aniqlik kiritish lozim. Agar mazkur
atama orqali “g‘ayritabiiy borliq”ni nazarda tutilgan bо‘lsa, u holda diniylik
dunyoviy faoliyatlardan chetlashishga yо‘naltirilgan asketizmning muayyan shakli
ekanligi borasida xulosani keltirib chiqaradi. Aksariyat diniy ta’limotlarda
dunyo
tom ma’nodagi saodat maskani sifatida talqin etilmasada, diniylik asosida
belgilagan barcha meyorlar faqat dunyoviy masalalarni tartibga solishga qaratilgan.
Shu nuqtai nazardan har qanday shakldagi asketizmga targ‘ib qiluvchi diniylik
dunyoviyliksiz о‘z ahamiyatini yо‘qotadi. Shu bois diniy mafkura turliy ijtimoiy
guruhlarning jamiyatdagi maqomi va о‘ziga xos manfaatlarini ifodalaydi.
51
B.B.Xoldkroft mazkur atamani quyidagicha izohlaydi: “Diniylik murakkab
tushuncha bо‘lib, uni kamida ikki sababga kо‘ra aniqlash mushkul. Birinchi sababi
uning ingliz tilidagi noaniq va nomukammal xususiyati bilan bog‘liq. Diniylik
sо‘zining dindorlik(religiousness), ortodoksallik (orthodoxy), iymon (faith),
ishonch (belief), taqvodorlik (piousness), xudojо‘ylik (devotion),
muqaddas
(holiness) kabi sinonimlari mavjud. Ikkinchi sabab esa, dindorlik tamoyili bir
necha fanlar kesimidagi tadqiqot mavzusi bо‘lib, ularning har biri mazkur mavzuni
о‘ziga xos talqin qiladi”. Dinshunoslik ensiklopediyasida mazkur atamaningyana
boshqa bir sinonimi quyidagicha ta’riflanadi: “Diniylik atamasi aksariyat hollarda
“sacred” ya’ni muqaddaslashtirish sо‘zi bilan ifodalanadi. Ba’zi manbalarda
mazkur sо‘z etimologik jihatdan xudolar va ularning qudratiga ishonch ma’nosini
angalatuvchi lotin tilidagi “sacrum” sо‘zidan olinganini,
keyinroq xudolarni yod
etib insonlarni chо‘qintirish mazmunida qо‘llanilgani ta’kidlanadi. Turli tillarda
diniylikni ifodalovchi sо‘zlar bir necha ma’nodoshlarga ega bо‘lsa ham bu о‘rinda
dunyoviylik atamasiga mazmunan antonim bо‘lgan sо‘zning ta’rifiga murojat
qilish maqsadga muvofiq. Jumladan о‘zbek tilida ham diniy sо‘ziga ma’no jihatdan
yaqin bо‘lgan e’tiqodiy, ilohiy, aqidaviy kabi sо‘zlar mavjud bо‘lsa-da, mazkur
sо‘zlar aynan diniylik sо‘zi qо‘llanilgan о‘rinlarda tо‘liq joriy etish imkonsiz.
Muqaddaslashtirish masalasi haqida shuni aytish mumkinki, u har qanday dinning
muhim elementi bо‘lsa-da, umumiy ma’noda diniylikning tarkibi qismi
hisoblanadi.
“Diniylik” ijtimoiy subyektlarning madaniy-maishiy hayoti,
xulq-atvori,
qadriyatli mо‘ljallari, о‘zaro munosabatlari va boshqa xatti-harakatlari
kо‘rinishlari, shuningdek, jamiyat sohasidagi ayrim faoliyat yо‘nalishlarida u yoki
bu din ta’limoti bilan bog‘liq pand-nasihat, yо‘l-yо‘riq va kо‘rsatmalarning
nisbatan barqaror aks etishini anglatuvchi tushunchadir.
Dostları ilə paylaş: