O‘quvchilarning faoliyatini ragʻbatlantirish va asoslash metodlari O‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlari
ta’limjarayonida pedagogik rag‘batlantirish orqali o‘quvchilarning yangi o‘quv
materialini egallashlarida ishtiyoq va faollikni ta’minlaydi. Mazkur metodlar
o‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlari, aqliy faolliklari, yangi bilimlarni
egallashga bo‘lgan ehtiyojlari, muloqot madaniyati, o‘z-o‘zini nazorat qilish va
boshqarish, baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga zamin tayyorlaydi.
Shuningdek, ta’limning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘quvchilarda ongli
intizom, burch va ma‘suliyatni tarkib toptiradi.
O‘qitishda o‘quvchilarning faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash metodlariga
o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish, didaktik-o‘yin, o‘quv munozaralari,
o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma‘suliyatini shakllantirish metodlari
mansub bo‘lib, ular quyidagi:
a)
o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish metodlari o‘quvchilarda ijobiy hissiyotni
vujudga keltirish, qiziqarli analogiyalardan foydalanish, taajjublanish effekti, bilish
quvonchini vujudga keltirish, o‘quvchilarni rag‘batlantirish va tanbeh berish uslubi.
b)
didaktik-o‘yin metodi o‘yin syujetini tanlash, o‘yin vaziyatlarini vujudga
keltirish, o‘quv-bilishga oid o‘yinlarni tanlash, o‘quvchilarni rag‘batlantirish
uslubi.
v)
o‘quv munozaralari metodi o‘quv bahslarini keltirib chiqaradigan vaziyatni
yaratish, ilmiy bahslarni vujudga keltirish, o‘quvchilarni muvaffaqiyatlarga
yo‘llash, o‘quvchilar fikrini bayon qilishi, ular javobidagi xatolarni to‘g‘rilash,
o‘quvchilarni rag‘batlantirish uslubi.
d)
o‘quvchilarning tahsil olishdagi burch va ma‘suliyatini shakllantirish metodi
ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish, o‘qishning shaxsiy ahamiyatini
tushuntirish, o‘quv talablarini qo‘yish, o‘qitishda rag‘batlantirish va tanbeh berish
kabi uslublarni mujassamlashtiradi.