diqqat, xotira, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini rivojlantirishga
zamin tayyorlaydi.
Nazoratning to‘liqliligi, haqqoniyligi, keng ko‘lamliligi, muntazamliligi barcha
metodlar kabi bu metodlarning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi va
o‘quvchilarga tafovutlab yondashish kabi funksiyalarini amalga oshirish imkonini
beradi.
Bu metodlarga og‘zaki va yozma nazorat, laboratoriya va amaliy ish yordamida
nazorat, o‘z-o‘zini nazorat, o‘zaro nazorat varag‘i va
testlar yordamida nazorat
metodlari misol bo‘ladi va quyidagi uslublardan iborat:
a)
og‘zaki va yozma nazorat metodlari o‘quvchilarning bilimlarni mantiqiy
izchil bayon qilishga o‘rgatish, nutqni o‘stirish, o‘quvchilar javobidagi tipik
xatoliklarni aniqlash va unga barham berish;
b)
laboratoriya va amaliy ish yordamida nazorat metodlari o‘quv
va amaliy
ko‘nikmalarni
aniqlash, o‘quvchilarning o‘quv jihozlari va asboblar bilan ishlash
ko‘nikmalarini aniqlash, bajarilgan topshiriqlarning sifatini aniqlash va baholash,
ish mazmuniga bog‘liq holda ob‘ektlar va asboblarni to‘g‘ri tanlash, ishni yakunlash
va natijasini rasmiylashtirish, olingan natijalarning to‘g‘riligini aniqlash;
с) o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari o‘quv materiali yuzasidan qisqa reja,
savollar tuzish, asosiy g‘oyani ajratish, savollarga javoblar topish, masalalar yechish
va ularni namunaga muvofiq tekshirib ko‘rish, taqqoslash,
olingan natijalarning
to‘g‘riligini tekshirish;
d)
o‘zaro nazorat varag‘i yordamida nazorat metodlari o‘rganilgan bob,
mavzu bo‘yicha nazorat savollarini tuzish, savollarning metodik jihatdan
to‘g‘riligi,
mantiqiy ketma-ketligi, o‘quvchilar bilimini nazorat qilishning
haqqoniyligi, keng ko‘lamliligi;
e)
testlar yordamida nazorat metodlari o‘rganilgan bob, mavzu bo‘yicha
nazorat testlarini tuzish, test savollari va javoblarning metodik jihatdan to‘g‘riligi,
mantiqiy ketma-ketligi, o‘quvchilar bilimini nazorat
qilishning haqqoniyligi, keng
ko‘lamliligi.
Barcha metodlar kabi o‘qitishdagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat metodlarining
ham ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasi mavjud. Nazoratning ta’limiy
vazifasini o‘qituvchi barcha o‘quvchilarni o‘z o‘rtog‘ining javobini tinglashga,
javobdagi xato va kamchiliklarni to‘g‘rilashga, tuzatishlar va qo‘shimchalar
kiritishni taklif etish orqali ta’minlaydi. Shu tufayli ushbu jarayonda o‘quvchilarning
o‘zlashtirgan bilimlari tizimga solinadi, takrorlanadi va mustahkamlanadi.
Nazoratning tarbiyaviy vazifasi uning o‘quvchilarni rag‘batlantirishni ta‘minlash,
tahsil olishdagi ma‘suliyat
va burchni tarkib toptirish, hissiyotni shakllanishida
namoyon bo‘ladi. Nazoratning rivojlantiruvchi funksiyasi o‘quvchilarda barqaror
diqqat, xotirani mustahkamlash, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash ko‘nikmalarini
egallashlarida ko‘zga tashlanadi.
Dostları ilə paylaş: