8-BOB. TOZALANGAN DONLARGA QAYTA ISHLOV
BERISH (OQLASH, SARALASH, YORMALARNI
AJRATISH, SAYQALLASH VA Л LO BERISH)
TEXNOLOGIK JARAYONLARI
Yormabop donlarga qayta ishlov berish usullari
Oqlash - yorma ishlab chiqarish texnologik jarayonidagi, eng
ko‘p energiya talab qiluvchi jarayonlardan hisoblanadi. Yormabop
donlarning
anatomik tuzilishi, shakli, ularning tashqi qobig‘i bilan
bog‘lanishi, m ag‘izning mustahkamligi yoki m o‘rtligiga ko‘ra
grechixa, arpa va sholi donlarini bir xil oqlash uskunalarida oqlash
mumkin emas. Oqlash usullari yormabop
donlarning texnologik
tarkibi va m ag‘izning parda bilan qanday bog‘langanligiga asoslanib
tanlanadi.
Grechixa donining m ag‘zi m o‘rt bo‘ladi. Uni oqlash uchun
valtsedeka uskunasidan foydalaniladi. Qisqa vaqt ichida donni siqish
va surish deformatsiyalari orqali pardani parchalab, uni m ag‘izdan
ajratiladi.
Tariq donining m ag‘zi m o‘rt emas.
Buning ham valtsedeka
uskunasida oqlanadi.
Sholi donining mag‘zi m o‘rt bo‘lib, uni poliuritan qoplangan
valli stanoklarda oqlanadi. Oqlash jarayonida uzoq bo‘lmagan vaqt
ichida deformatsiya darajasi har xil bo‘lgan vallar orasi siqilganda
donlar poliuritan yuzasiga ishqalanib deformatsiyalanish
natijasida
qobiqlarni m ag‘izdan ajratishga erishiladi. Sholilarni oqlashda
yana postavalardan ham foydalaniladi,
u donlarni siqish, surish va
ishqalanish jarayonlari natijasida qobiq ajraladi.
Suli donining m ag‘izi qayishqoqlik xususiyatiga ega, uni oq
lashda postava yoki abraziv (qayroq tosh yuza)
silindrik oboyka
uskunasida donlar bir-biri bilan ishqalanishi, donlar uskuna ichida
bichlar yordamida abraziv yuzaga urilishi va ishqalanishi natijasida
parda m ag‘izdan ajraladi.
Arpa donining m ag‘zi m ustahkam b o ‘lib,
uni oqlashda oqlash
postavasi va abraziv silindrik oboeyka uskunasi yoki A l-Z ShN -E
213
rusumli g-pardozlash uskunasidan foydalaniladi. Bu yerda ham
don abraziv yuza va elaklar yuzasi orasida ishqalanib,
qobiq
m ag‘izdan ajraladi.
N o ‘xat donining m ag‘zi siqilish, urilish natijasida pallalarga
ajralib ketadi, uni oqlash uchun A l-Z ShN -3 uskunasi qo ‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: