Akademik matnlar yaratishning oziga xos xususiyatlari. Matn tilini ilmiy o‘rganishda undagi tovush (harf) va mazmun munosabatiga alohida etibor qaratish kerak.
Tilda eng yirik birlik gap bolsa, matnda u eng kichik birlik bolib qoladi.
Matn tilshunosligi ilmiy jihatdan boshqa tilshunoslik sohalaridan farq qiladi. Tilshunoslik, umuman, tilda fonema (tovush), morfema (eng kichik manodor birlik), so‘z (tilning asosiy markaziy birligi), so‘z birikmasi va gapni birliklar sifatida ajratib, ularni fonologiya, morfologiya, leksika, sintaksis va stilistika kabi til bosqichlarida o‘rganadi.
Ananaviy tilshunoslik va matn tilshunosligi ortasida katta farqlar bor. Matnga bir butun sistema va struktura sifatida yondashilsa, farqlar yanada oydinlashadi. Hozirgi davrda mavjud bolgan matn tilshunosligiga doir turli nazariy qarashlar ham o‘zaro farqlanadi, lekin ular negizidagi eng asosiy muammo matn tuzilishi va unda mazmunning tildagi ifoda vositalari bilan berilishidir.
Biroq matndagi har bir birlik doirasida tildagi turli kategoriyalar va ularning qo‘llanishini alohida o‘rganish mumkin.
Matnning tahlili va tahriri. Mavzu boyicha jamlangan faktlar mohiyat etibori bilan har xil boladi. Ularni zaruriyligiga qarab asosiy yoki yordamchi (qoshimcha) fakt, mavzu qamrovi va hajmiga kora katta yoki kichik, orniga kora birlamchi yoki ikkilamchi, maqsadiga kora asosli yoki asossiz, sifatiga qarab ishonchli yoki ishonchsiz, vazifasiga kora tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi, davriyligiga kora otkinchi yoki davomli, mohiyatiga kora aniq yoki noaniq, xizmat doirasiga kora umumiy yoki xususiy, ahamiyatiga kora ijobiy yoki salbiy, munosabatiga kora xolis yoki noxolis faktlarga bolish mumkin. Faktlar doimo haqiqatni isbotlashga xizmat qilgan.
Toplangan faktlarning ayrimlari bir-birini toldirishga xizmat qilsa, ayrimlari bir-birini inkor ham etadi. Asosiy fakt bu natija demakdir. Har qanday natija sababning oqibati, hosilasi.
Toplangan barcha faktlar yangilik sifatida qogozga tushmasligi mumkin. Toplangan faktlarning ahamiyatlisini ajratib olish lozim. Matn tuzuvchi mavzu mohiyatiga mos holda faktlarni yigadi, saralaydi, tanlaydi, ajratadi, umumlashtiradi, belgilaydi.
Matnshunoslikka oid adabiyotlarda qayd etilishicha, har qanday matn, u ilmiymi, rasmiymi, badiiymi bundan qatiу nazar, mantiq qoidalariga asosan shakllanishi lozim. Izchillik ana shu qoidaning birinchi talabidir. Matnda har bir so‘z, har bir gap va Abzaslar o‘rtasida mantiqiy bog‘lanish va izchillik bo‘lishi lozim. Agar shunday bo‘lmasa, matnni tushunish qiyin bo‘ladi.
Tavsifiy matnlardashaxs, narsa, voqea-hodisaning muhim belgilari aniq malumotlar, sifatlovchi ifodalar orqali bayon qilinadi. Tavsiflashda shaxs yoki narsa-voqeani xolisona baholash muhim hisoblanadi. Bunday matnlar tilida xarakter-xususiyatni ifodalovchi sifatlar, belgining ortiqlik darajasini ifodalovchi leksik-grammatik vositalar, yasama sifatlar faol ishlatiladi.