Matnni tahrir qilish. Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, toligicha oqib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi oqishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bolishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bolingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda sozlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham etibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi bazi orinlar kengaytirilishi, olib tashlanishi, ozgartirilishi mumkin.
Biror soz yoki biror iboraning manosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni korsatadiki, pishib yetilmagan sozlarni ikkinchisi, yani maqbul varianti bilan almashtirib yoki ornini, ifodasini ozgartirib erkin birikmaga kirishida manaviy farqlanishini kuzatish zarur.
Muharrirning oqib tuzatishidan maqsadi matnni sidirga oqishdan iborat. Muharrir bu tur oqishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. Oqish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taxalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bolishiga etibor qaratadi, uzunlik, miqdor olchamlarining togriligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uygunligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
Umuman, matnni tanlash va uning ustida ishlash jiddiy bilimni, savodxonlikni talab etadi. Matnning tarkibiy qismlarini aniqlash va muvofiqlashtirish, xato va nuqsonlarni togrilash, soz va terminlarga sharh va izohlar berish uchun sinchkov bolish zarur. Har bir matnga kiritilgan qoshimcha sharh va izohlar ajratib korsatiladi. Har bir adabiyotni tuzish va tahrir qilishda quyidagilar etibordan chetda qolmasligi kerak: annotatsiya, soz boshi, kirish, tarjimai hol, xotima, sharh va izohlar, eslatma va ilovalar, lugat va bibliografik korsatkichlar, adabiyotlar royxati, xronologik (voqea hodisalar taqvimi) korsatkich shartli qisqartmalar, mundarija.