Umumiy atamalar sirasiga bir terminologik tizimning barcha yonalishlari uchun tushunarli bolgan atamalar kiradi. Masalan, sportdagi musobaqa, sovrin, sovundor, yutuq galaba, birinchilik, chempionat, korik, trener, hakam atamalarini sportning barcha turlarida bemalol qollash mumkin. Fizikaga oid issiqfik, temperatura, jism, elektr, magnit, gaz, harakat, energiya, maydon singari atamalar haqida ham shu gaplarni aytish mumkin.
Xususiy atamalar esa faqatgina bitta mavzuviy guruh doirasida amal qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan fizikaga oid atamalar uning barcha sohalarida qollanilishi mumkin bolgani holda, gravitatsiya, diod, termoster, kondensatsiya, kapillyar hodisalar singari atamalar yoki kimyoga oid gidroksid, oksid, sulfat kislotasi, xlorid kislotasi kabi atamalar tor ixtisos doirasida qollaniladi. Bunday holatni fanlarning barcha yonalishlari va sohalarida kuzatish mumkin.
Ozbek tiuning barcha leksik resurslarida bolgani kabi atamalarning ham oz boyish yollari bor va ular tilimiz taraqqiyotidagi umumiy qonuniyatlarga muvofiq keladi. Dunyoda chetdan soz ozlashtirmagan birorta ham til yoq, degan qarash uning terminologiyasiga ham togri keladi. «Hamma tillarda ham yangi tushunchani ifodalash uchun yo boshqa tildan tayyor termin qabul qilinadi, yo shu tilning ozida mavjud bolgan soz yoki termindan foydalaniladi, yo bolmasa yangi termin yasaladi» deb yozadi S. Akobirov.
Etirof etish kerakki, ozbek tilida chetdan qabul qilingan ilmiy-texnikaviy atamalarning salmogi katta. Ananaga kora ularni quyidagi yonalishlarda organamiz:
1. Arabcha: amaliyot, asar, asos, izoh, imlo, ilm, inikos, ilova, isloh, istiloh, islohot, maqola, misol, masala, maxraj, manfiy, musbat, mavzu, mazmun, mantiq, manoviy, marifiy, muqaddima, mushohada, tajriba, taqriz, tahlil, uslub, fan, falsafa va hokazo.
2. Forscha-tojikcha: bastakor, doya, duradgor, zabtkor, navosoz, navoxon, shogird, peshqadam, sovrin, sozanda, ustoz, chavandoz, yakkaxon, havaskor, hamshira kabi.
3. Ruscha-baynalmilal: Abzas, agronomiya, agroximiya, agrotexnika, arxeologiya, gazeta, kodeks, lingvistika, matematika, nekrolog, plenum, realizm, romantizm, sessiya, syezd, fizika, fonetika, fonologiya va hokazolar. Ularning malum qismlari:
a) lotincha: abbreviatsiya, abstrakt ot, agglyutinatsiya, adverbializatsiya, adyektivatsiya, akkomodatsiya, aktualizatsiya, aksentologiya, alliteratsiya, alternatsiya, areal, artikulyatsiya, assimilyatsiya, affiks, affiksoid, affrikata kabi.
b) yunoncha: allegoriya, allomorf, allofon, alfavit, amorf tillar, analitik tillar, analogiya, anomaliya, antiteza, antonim, antroponim, apokopa, arxaizm, aforizm singari.
Keyingi yillarda mustaqillik sharofati bilan respublikamiz miqyosida yuz bergan ijtimoiy-siyosiy ozgarishlar tilimiz taraqqiyotiga, xususan uning terminologik rivojiga katta tasir korsatdi.
«Davlat tili haqida»gi Qonunning yuzaga kelishi munosabati bilan fanlarning turli yonalishlari boyicha atamashunoslik sohasida islohotlar otkazish, ularni «ozbekchalashtirish»ga imkoniyat yaratildi.
Hatto dastlab shunday bir vaziyat yuzaga keldiki, atamalarni «milliylashtirish» ga ishtiyoq kuchayib ketdi. Tavsiyalar ham nihoyatda kopaydi. Joyali fikrlar bilan bir qatorda, hazm bolishi qiyin bolgan takliflar ham ortaga tashlandi. Bu gapning tasdigi sifatida ayrim misollarni keltiramiz: matematika-riyoziyot, fakulteti-kulliyot, rassom-musavvir, gazetxon-mushtariy, auditoriya-saboqxona, xona, oquv xonasi, sirk-tomoshaxona, sirkul-pargar, sellofan-suvqogoz, seyf-zarf, attestatsiya-korik, samolyot-aeroplan, tayyora, aeroport-tayyoragoh, familiya-naslnoma, klub-davatxona, titul list-sarvaraq va hokazo.
Bu kabi tavsiyalar mustaqillikdan keyin «Davlat tili haqida»gi Qonun qabul qilingach, ortaga tashlandi. Ona tilimizning chin fidoyilari erksevar va millatsevar jadidlar tomonidan esa shu mazmundagi mulohazalar asrimizning boshlarida, mustamlakachilik paytlaridayoq ortaga tashlanganligi tarixdan malum.
Ulug marifatparvar Fitrat 1921-yildagi til, imlo qurultoyida kontrrevolyutsion «Chigatoy gurungi» tashkilotining dasturini bayon etib, ozbek tilidan yot sozlar (arabcha, forscha, ruscha) ni chiqarib tashlasak, buyuk idealimiz bolgan turkchilikka birlashamiz, deb ochiq-oydin aytdi.
Ular (tilning sofligi uchun kurashuvchilar mualliflar)... koplab qadimiy sozlarni tiriltirishni, ozbek adabiy tiliga qabul qilishni tavsiya qildilar. Masalan, arabcha zahmat, xalq, duo, nasihat, rais, olam, kitob, maktub sozlari orniga emgak, el, oqish, ogut, boshliq, ochun, bitik, yozoq sozlarini, forscha shahar, guvoh, tajriba sozlari orniga baliq, taniq, sipok sozlarini, ruscha parovoz, poyezd, revolyutsiya, proletar, samovar, pochta, agronom, elektr, geografiya, botanika, astronomiya, morfologiya, sintaksis kabi sozlar orniga otxona, otash arava, ozgarish, yoqsil, ozi qaynar, choparxona, ekin bilgich, simchiroq, yer biligi, osimlik biligi, yulduz biligi, sarf, nahv kabi soz va iboralarni ishlatishni kotarib chiqdilar.
Bu qarashlar shu manoda diqqatga sazovorki, ularda tilni mumkin qadar chet el unsurlaridan tozalash, umumturkiy birliklarni adabiy til meyori sifatida belgilash goyasi yotadi. Masalaning qoyilishi ana shu tarzda tushuniladigan bolsa, yuqoridagi riyoziyot, kulliyot, musavvir, mushtariy, saboqxona, pargar, tayyora, tayyoragoh, naslnoma, davatxona kabi sozlar bu goyaga mos kelmaydi. Oz-ozidan savol paydo boladi: qabul qilishga tavsiya etilayotgan sozlar umumturkiy bolmagach, qanday farqi bor ruscha-baynalmilal boldi nima-yu, arabcha yoki forscha-tojikcha boldi nima?
Masalaning boshqa bir muhim tomoni bor: tavsiya etilgan birliklar adabiy tilimizga leksik meyor sifatida qabul qilinmadi. Nega? Shuning uchunki, birinchidan, tildagi ozgarishlar jarayoniga osha davrdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlarning tasiri boldi. Millatsevarlik millatchilik deb ayblanayotgan bir davrda, tilimizga bolgan bu kabi munosabatlar, yangilikka intilishlar qollab-quvvatlanmadi. Ikkinchidan, asrimizning boshlarida, hatto hozirda ham narsa va tushunchalarni ifodalovchi birliklarni tavsiya etilgan sozlar shaklida qollash hali meyorlashmagan, odat tusiga kirmagan edi va shundayligicha qolib ketdi.
Tilimizda qollanilib kelinayotgan avtor, arxitektor, gumanizm, doklad, ideologiya, inspektor, intelligent, kontrol, komandirovka, komandirovochnaya, leksiya, ministr, oblast, ostanovka, planeta, problema, rayon, raport, redaktor, revolyutsiya, spravka, student, sekretar, tema, territoriya, traditsiya, forma singari sozlar ornini muallif, memor, insonparvarlik, maruza, mafkura, nozir, ziyoli, nazorat, safar, safarnoma, та’ruza, vazir, viloyat, bekat, sayyora, muammo, tuman, bildirishnoma/ xabarnoma, muharrir, inqilob, ma’lumot ma’lumotnoma, talaba, kotib/ kotiba, mavzu, hudud, anana, shakl kabi tavsiya etilgan sozlar osonlik bilan egalladi. Chunki ular dubletlar sifatida tilimizda ozmi-kopmi oldindan ham qollanilib kelinayotgan edi.
Kopgina misollar tahlili atamalar, nomlanishlar turgunligi murakkab masala ekanligini korsatadi. Ozbekiston Respublikasi sobiq Ittifoq tasarrufida ekanligida, rus tilining Ittifoq hududidagi boshqa tillarga tasiri kuchli bolgan paytlarda biz hech bir ikkilanmasdan respublika, oblast, rayon, avtor, agitatsiya, propaganda, ideya, plan, forma, protsent, protsess, komandirovka, raport, spravka, student, sekretar, ministr kabi sozlarni, garchi ularning tilimizda (oldin qaysi tildan qabul qilingan bolishidan qati nazar) muqobil variantlari bolsa-da, ishlataverar edik. Vatanimizning mustaqillikka erishishi munosabati bilan tabiiy ravishda bu sozlarga jamoatchilik tomonidan munosabat bildirildi. Jumhuriyat, viloyat, tuman, muallif tashviqot, targ‘ibot, g‘oya, reja, shakl, foiz, jarayon, safar, bildirishnoma, malumotnoma, talaba, kotib(a), vazir kabi muqobil variantlari ham 90-yillar boshlaridan ular bilan bab-baravar qollanila boshlandi va bu parallellik tilimizda meyor sifatida malum muddat saqlanib turdi.
Endi oradan on yildan koproq vaqt otgach, butunlay boshqa manzara kuzatiladi. Bu otgan vaqt orasida birinchi guruh sozlar asosan ikkinchi guruh sozlariga oz ornini boshatib berdi, deb bemalol ayta olamiz. Nega asosan deb aytayapmiz? Shuning uchunki, saragi sarakka, puchagi puchakka deganlaridek, bu sozlarning har biri vaqt galviridan otdi. Ayrimlari hozir ham parallellik xususiyatini saqlab qoldi: respublika-jumhuriyat, universitet-dorilfunun kabi.
Ularning semantik-uslubiy manolari aynan bir xil bolmagani uchun ham shunday boldi.
Bunday parallel qollanishning boshqa sabablari ham bor. Biz tilshunosligimizda epitet – sifatlash, derivatsiya – so‘z yasalishi, affiks –qo‘shimcha, abbreviatura qisqartma so‘z, anafora misra boshidagi tovush takrori, antroponimlar – kishi ismlari, toponimlar joy nomlari, atribut –aniqlovchi, affrikatlar – qorishiq undoshlar, stil – uslub, stilistika – uslubshunoslik kabi onlab atamalarni parallel holda hozir ham ishlatib kelmoqdamiz. Buning boisi atamalarning birinchisi xalqaro termin sifatida barcha tillarda qollanilib kelinayotganligidadir.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, yangi tavsiya etilayotgan sozlarning maqul kelishi va meyorlashishi ularni tilda avval qollanilib kelinayotgan yoki kelinmayotganiga ham bogliq. Boshqacha aytganda, ularni korish va eshitishga odatlanish meyorlashishiga komaklashadi.
Psixologiya faniga oid koplab atamalar shu soha mutaxassislarining tavsiyasiga binoan oz ornini sharq ilmida qollanib kelingan atamalarga boshatib berdi. Psixologiya-ruhshunoslik, psixika-ruhiyat, psixik protsess-ruhiy jarayon, adaptatsiya-moslashish, nerv-asab, nerv sistemasi-asab tizimi, talant-iqtidor/ istedod, temperament-mijoz, emotsiyajoshqin holat joshqinlik, xarakter-xulq.
Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, tildagi holatlarni tayinlashda har bir tilning oz ichki qonun-qoidalariga tayanib, kopchilikka maqul bolish-bolmaslik jihatlari etiborga olinishi kerak.
Buning ustiga, shu soz ozagidan yasalgan rayonirovaniye, rayonirovanniy rayonlashtirish, rayonlashtirilgan sozlari bor. Masalan, biror ekin navlari urugini, yani biror joyning sharoitiga eng kop moslashtirilgan navlar urugini rayonlashtirish. Buni qanday meyorlashtiramiz? Urugni tumanlashtirish debmi yoki urugni joylashtirish, urugni joylarga moslashtirish debmi? Harqalay, nazarimizda, masalaning yechimini otayotgan vaqt topadi.
Atamalarni almashtirish va meyorlashtirishda roy berayotgan jarayonlarni tahlil qilib quyidagi xulosaga kelish mumkin: atamalarning bir qismi tezgina almashdi, meyorlashdi va ommalashdi, yana bir qismi esa variantlar, dubletlar tarzida baravar ishlatilib kelinmoqda. Atama sifatida tavsiya qilingan birliklarning malum qismi esa tilda oz ornini topmadi, kopchilik tomonidan maqul korilmadi.
Demak, mustaqillikdan keyingi davr atamalarini meyorlashtirish xususida gap ketganda ana shu jihatlarning hayotiy ekanligini inobatga olishga togri keladi.
Atamalar qomitasining bu jarayonni muvofiqlashtirib borishda, tartibga solib turishda xizmatlari katta ekanligini qayd qilish lozim. Qomita oz faoliyatida bu borada juda kop vazifalarni amalga oshirdi.
Yuqorida takidlaganimizdek, kasb-hunar leksikasi bir qancha xususiyatlari bilan terminologik leksikadan farqlanadi. Bu farqlar «Ozbek tili leksikologiyasi» kitobida yorqin korsatib berilgan.
Asrlar davomida yaratiladigan kasb-hunarga oid sozlar malum kasb-hunar kishilari orasidagina qollaniladi va ular ogzaki nutq jarayonida shakllangan boladi. Bu guruh sozlarning imkoniyati bir kasb-hunar va u bilan shugullanadigan kishilar doirasida chegaralangan. Shu tufayli ularning dialektal variantlari mavjud bolishi ham mumkin. Shunday xususiyatlari bilan ular atamalarga qarama-qarshi turadi. Chunki atamalar fan va texnika, sanoat va qishloq xojaligi, manaviyat va madaniyat sohasiga doir rasmiy tushunchalarni ifodalaydi va ular tegishli mutasaddilar tomonidan nazorat qilib boriladi. Ilmiy tushuncha ifodasi sifatida asosan yozma shaklda vujudga keladi va umumjahon yoki umummilliy ahamiyatiga ega boladi.
Dostları ilə paylaş: |