Dots. S. U. Xodjaniyozov 2021-yil



Yüklə 1,32 Mb.
səhifə26/82
tarix20.11.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#165241
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82
OTSQ TVM MAJMUA GULI 3271

Adabiy til - umumxalq tilining ishlangan, sayqal berilgan, ma’lum normaga solingan, xalqning turli madaniy ehtiyojlariga xizmat qiluvchi formasidir
O’zbek xalq adabiy tilining shakllanishi o`zbek xalqining buyuk mutafakkir shoiri Alisher Navoiy nomi bilan bog`liq. Navoiy “Xamsa”, “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub”, ”Muhokamatul lug`atayn” kabi asarlari bilan o`zbek adabiyotini yuksaklikka ko`tardi va ayni paytda xuddi shu ulkan va bebaho ijodi bilan yagona o`zbek xalq adabiy tiliga asos soldi. Alisher Navoiy hamma vaqt turkiy (o`zbek) tilni ulug`ladi, uning boyligini o`z ijodi bilan namoyon qildi, boyligiga boylik qo`shdi. Navoiy so`z qadrini, so`z va tilning keng imkoniyatlarini chuqur anglagan holda quyidagi hikmatli, dono o`gitlarni bitdi:
So`zdurki, nishon berur o`likka jondin,
So`zdurki, berur jonga xabar jonondin,
Insonni so`z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo`q ondin.
“Ko`ngul mahzanining qulfi til va mahzanning kalitin so`z bil”.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi adabiy til uslubi dеyiladi. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
1. So’zlashuv uslubi. Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir. Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir (masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin