5. Badiiy uslub Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda sozlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos orinlar ham uchraydi.
Ogzaki nutq turlari
Siyosiy-ijtimoiy nutq:
1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy iqtisodiy mavzudagi nutq.
2. Sessiya, konferenciyadagi nutq.
3. Siyosiy sharh.
4. Harbiy vatanparvarlik nutqi.
5. Miting nutqi.
6. Rasmiy-diplomatik nutq.
7. Ilmiy-ommabop nutq.
2. Akademik nutq:
1. O'quv yurtlari ma'ruzalari.
2. Ilmiy nutq (ma'ruzalar).
3. Ilmiy sharh.
4. Ilmiy axborot.
3. Sud nutqi:
1. Qoralovchi (prokuror) nutqi.
2. Jamoatchi-qoralovchi nutqi.
3. Oqlovchi (advokat) nutqi.
4. Jamoatchi oqlovchi nutqi.
5. O'z-o'zini himoya qilish nutqi.
4. Ijtimoiy-maishiy nutq:
1. Madhiya (yubiley yoki maqtov nutqi).
2. Ta'ziya (motam nutqi).3. Tabrik nutqi (tost).
5. Diniy nutq:
1. Hutba.
2. Va'z.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf sozlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi malum soha doirasiga, malum nutqiy vaziyatga xoslangan korinishi nutq uslubi hisoblanadi. Sozlar malun nutq uslubiga xoslanish xoslanmaslik belgisiga kora uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf sozlarga bolinadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qollanadigan sozlar uslubiy xoslangan sozlar, bunday xususiyatga ega bolmagan sozlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf sozlar deyiladi.
Tovush, urgu, bogin, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator sozlar uslubiy xoslangan sozlardir. Chunki bu sozlar asosan tilshunoslik fani doirasida qollaniladi.
Osmon, xalq, bayram, oquvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi sozlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.