IX. TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
Talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qollay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boyicha tasavvurga ega deb topilganda 5 (alo) baho;
Talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qollay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boyicha tasavvurga ega deb topilganda 4 (yaxshi) baho;
Talaba olgan bilimini amalda qollay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) boyicha tasavvurga ega deb topilganda 3 (qoniqarli) baho;
Talaba fan dasturini ozlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) boyicha tasavvurga ega emas deb topilganda 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
X. TALABALAR BILIMINI BAHOLASHDA UMUMIY QOIDALAR 1. Talabalar bilimini baholash 5 baholik tizimda amalgaoshiriladi.
2.Yakuniy nazorat Filologiya fakulteti fakultet dekani tomonidan ishlab chiqilgan (oquv ishlari boyicha prorektor tasdiqlagan)Yakuniy nazorat turlarini otkazish jadvaliga muvofiq otkaziladi.
3.Yakuniy nazorat turini otkazish va mazkur nazorat turi boyicha talabaning bilimini baholash oquv mashgulotlarini olib bormagan professor-oqituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Tegishli fan boyicha oquv mashgulotlarini olib borgan professor-oqituvchi yakuniy nazorat turini otkazishda ishtirok etishi taqiqlanadi.
4. Agar talim sifatini nazorat qilish bolimi tomonidan nazorat turlarini otkazilish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda, otkazilgan nazorat turlarining natijalari bekor qilinishi hamda tegishli nazorat turi qaytadan otkazilishi mumkin.
5.Talaba tegishli fan boyicha yakuniy nazorat turi otkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bolishlari shart.
6. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boyicha ‘2’ (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Yakuniy nazorat turiga kirmagan yoki kiritilmagan, shuningdek ushbu nazorat turi boyicha ‘2’ (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
7.Talaba uzrli sabablarga kora oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi.
8.Talaba oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan otaolmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan boyicha professor-oqituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi.
Ikkinchi marta oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turini otkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
9.Berilgan muddat davomida mavjud bolgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba boyicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy talim muassasasi rektorini (boshligini, filial direktorini) xabardor qiladi va ushbu talaba rektor (boshliq, filial direktori) buyrugi asosida kursdan qoldiriladi.
10. Talaba baholash natijasidan norozi bolgan taqdirda, baholash natijasi elon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyasiya berishi mumkin. Talaba tomonidan berilgan apellyasiya fakultet dekani tomonidan tashkil etiladigan Apellyasiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida korib chiqiladi. Talabaning apellyasiyasini korib chiqishda talaba ishtirok etish huquqiga ega. Apellyasiyakomissiyasitalabaningapellyasiyasinikoribchiqib, uning natijasi boyicha ushbu semestrda fanni ozlashtirgani yoki ozlashtira olmagani korsatilib qaror qabul qiladi, qarorni fakultet dekani va talabaga yetkazilishini taminlaydi.
11. Nazorat turi boyicha talabaning bilimi “3” (qoniqarli) yoki “4” (yaxshi) yoxud “5” (alo) baho bilan baholanganda, nazorat turini qayta topshirishga yol qoyilmaydi.