Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Yozuv haqida umumiy tushuncha.
2. O`zbek yozuvlari tarixi. O`zbek yozuvlarining rivojlanish bosqichlari.
3. Grafika. Orfografiya.
3-amaliy mashg`ulot Mavzu: Ozbek tilining leksik qatlamlari Reja: 1.Soz leksikologiyaning organish obyekti sifatida. 2.Sozlardagi bir manolilik va kop manolilik. 3.Ijtimoiy leksika. Sohaviy leksika. Tildagi sozlarning jami uning leksikasini, yani lugat boyligini tashkil etadi. Leksikologiya (yunoncha lexikos-lugatga oid va logos-talimot) tilshunoslikning lugaviy birliklar tarkibini tekshiradigan bolimidir. Tilning lugat tarkibi va uni tashkil etuvchi sozlar bir qator umumiyliklarga ega. Ular quyidagilarda kozga tashlanadi:
1) tildagi sozlar muayyan mano ifodalash xususiyatiga ega boladi. Sozning mano xususiyatlari leksikologiyaning semosiologiya bolimida organiladi;
2) har qaday tilning taraqqiyoti jarayonida yuz beradigan ozgarishlar avvalo uning leksikasida oz aksini topadi.
Chunki til jamiyat taraqqiyoti davomida yangi-yangi sozlar hisobiga boyib boradi, ayni paytda bazi sozlar eskiradi va istemoldan chiqadi; 3) tilning lugat tarkbidagi sozlar istemol darajasiga kora chegaralangan yoki chegaralanmaganligi bilan ham farqlanadi. Xususan, bazi sozlar umumxalq istemolida bolsa (ota, ona, yurmoq, men, sen), ayrim sozlaning istemol darajasi chegaralangan boladi. Masalan, shevaga oid sozlarning hududiy chegaralanishi, shular jumlasidandir; 4) sozlar nutq uslubiga bolgan munosabatiga kora ham farqlanadi. Jumladan, bazi sozlar uslubiy betaraf bolsa, bazilari esa nutq uslubining malum turiga mansubligi bilan farqlanadi; 5) har bir soz tovush qiyofasi va manoga, yani shakl va mazmunga ega. Shunga kora, sozlar omonim, paronim, sinonim, antonim munosabatlarni yuzaga keltiradi.Tilning eng muhim birliklaridan bolgan sozlarga xos bu umumiyliklar leksikologiyaning asosiy tekshirish obyektidir.