Soz va uning belgilari. Soz tilning muhim unsurlaridan biri bolib, malum mano doirasida birlashgan tovush va tovushlar majmuyidan tashkil topadi. Biroq har qanday tovushlar birligi soz yoki uning manosini shakllantira olmaydi. Masalan, olma sozidagi tovushlar birligi meva tushunchasini ifodalagan holda, shu sozdagi tovushlarning mloa, oalm shaklidagi yigindisi hech qanday manoga ega emas. Ayni paytda, tovushlarning bunday birligini soz deyish ham mumkin emas. Shunday ekan, har qanday tovush va tovushlar yigindisi mano ifodalovchi vosita sifatida emas, mano tovush va tovushlar majmuyini shakllantiruvchi vosita sifatida muhim ahamiyatga egadir. Muayyan manoning tovush yoki tovushlar birligi vositasida belgilanishi esa sozni shakllantiradi. Sozning tovush tarkibida ozgarish yuz bersa ham bazan mano saqlanishi mumkin. Lekin bu hodisa birdaniga emas, tilning uzoq asrlik tarixiy taraqqiyoti davomida roy beradi. Masalan ograt-orgat, yogmir-yomgir, qonshi-qoshni kabi sozlar tarkibidagi metateza hodisasi ana shunday uzoq asrlik tarixiy taraqqiyot mahsulidir. Biroq bunday tarixiy ozgarish soz manosining yoqolishiga olib kelmaydi. Bazan bunday tarixiy ozgarishlar tilda yangi mano tashuvchi belgining, yani yangi sozning shakllanishiga ham olib kelishi mumkin.
Jumladan, arch, yoy, kor sozlari tarkibida yuz bergan tarixiy fonetik ozgarishlar tufayli, mazkur sozlarda oziga xos mano parchalanishi yuz bergan va ularning har biri hozirgi tilda alohida tushuncha ifodalovchi sozlar sifatida shakllangan: arch-art, yoy-yoz, kor-koz. Bundan tashqari tilda shunday sozlar ham borki, ular fonetik tarkibiga kora bir xil (omonim), biroq mano jihatdan har xil. Bunday sozlarda yashiringan mano faqat nutq jarayonida, yani boshqa sozlar qurshovidagina anglashiladi.
Sozning ikkinchi muhim belgisi uning mano ifoda etish va saqlash xususiyati orqali namoyon boladi. Lekin ular ifodalaydigan manolar bir xil emas. Chunki soz ifodalaydigan mano eng umumiy xususiyati bilan ham turli tiplarga bolinadi. Jumladan, ayrim sozlar obyektiv borliqdagi narsa-hodisa, belgi, qiymat, harakat kabilarni, bazilari esa sozlovchining his-hayajonini, voqelikka munosabatini bildiradi, bazan esa faqat grammatik mano ifodalaydi. Biroq ular qanday mano ifodalashidan qatiy nazar, soz hisoblanadi.
Sozning obyektiv borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilar haqidagi malumoti leksik mano deyiladi. Masalan, anor, tosh sozlarining narsa haqida malumot berishi, qattiq, shirin sozlarining belgi haqida malumot berishi shular jumlasidandir. Demak, soz borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarning atamasi nomi bolishi yoki aksincha bunday xususiyatga ega bolmasligi mumkin. Shunga kora ular mustaqil va yordamchi sozlar turkumlariga ajratiladi. Tildagi mustaqil sozlargina leksik(lugaviy) manoga ega boladi va ular leksikologiyaning asosiy organish manbai hisoblanadi. Sozning borliqdagi narsa, belgi, harakat kabilarni atash, nomlash xususiyati esa uning nominativ funksiyasi deyiladi.