SALMIR SAYYORASI
***
Sirius yerdan qaraganda samodagi eng yorqin
yulduzlardan biri hisoblanadi. Yorqinlikda undan Quyosh,
Oy, Venera, Mars va Yupiter kabi osmon jismlari oʻta
oladi, xolos. Yer sharining deyarli barcha joylaridan
koʻrinadigan bu yulduzning nomi ham koʻp. Masalan,
bobolarimiz uni Sheʼro deb atashgan. Sheʼro yulduzi
haqida muqaddas Qurʼoni karimda ham eslatiladi.
Sirius Quyoshga eng yaqin yulduzlardan biri sanaladi.
U bizdan 8,6 yorugʻlik yili masofasida joylashgan. Demak,
yorugʻlik tezligida uchilsa, Siriusga 8-9 yilda yetib borish
mumkin boʻladi.
Kuzda Sirius yulduzini tong payti, qish va bahorda esa
kechasi koʻrish mumkin. Ammo yozda uni osmondan topib
olish ancha qiyin. Sababi, Quyosh nurlari bu yulduzni
toʻsib qoʻyadi.
Sirius Quyoshdan 22-marta katta. Ammo koinotda
Quyoshdan ming marta katta yulduzlar ham borligini
158
hisobga olsak, aslida, Sirius ham “jajji” yulduz ekani
maʼlum boʻladi.
Olimlarning aniqlashicha, qadimda bu yulduz qizgʻish
rangda koʻringan boʻlishi mumkin. Chunki baʼzi tarixiy
olimlar Sheʼroning qizgʻish tusdagi yulduz ekanini yozib
qoldirishgan. Ammo hozirda u och moviy rangda. Yillar
oʻtishi bilan Sirius yanada yorqinroq charaqlay boshlaydi.
Chunki u soniyasiga 7 km tezlik bilan Quyosh tizimiga,
yaʼni bizga yaqinlashib kelmoqda.
“Koʻkkezar” Salmir sayyorasiga yaqinlashib qolganida
Margol bir narsani eslab qoldi. U Ahmadga yuzlanib soʻzlay
boshladi:
– Ahmad, sen galaktikadagi safarimiz davomida
shunchalar koʻp oʻzga sayyoraliklarni, “dahshatli”
maxluqlarni koʻrdingki, endi ulardan qoʻrqishingga
ishonmay qoldim.
– Toʻgʻri aytasiz, hecham qoʻrqmayman. Lekin buni
nega aytyapsiz? – ajablanib soʻradi Ahmad.
– Meni tushunmading, chogʻi. Qara, men hali ham
yerliklar qiyofasidaman-ku!
Bu gapdan soʻng Ahmad rosa qotib kuldi. Chunki u
haligacha oʻzga sayyoralik eng yaqin doʻstining haqiqiy
yuzini koʻrganicha yoʻq edi-da.
– Margol, sizdan iltimos, niqobingizni yeching. Siz bilan
boshqatdan tanishishimiz kerak! – yana kuldi Ahmad.
Shundan soʻng Margol boshining orqa tomoniga ikki
qoʻlini choʻzib, sekin-asta niqobini yecha boshladi. Avvaliga
uning katta kal boshi, keng peshonasi, keyin piyolaning
ogʻzidek keladigan tim qora koʻzlari, jajji burni va ogʻzi
koʻrindi. Margol Ahmad tasavvur qilganiday semiz emas,
balki baliq qiltanogʻiday ingichka edi. Unga bir muddat
oʻychan qarab qolgan Ahmad kutilmaganda yana qah-qah
otib kulib yubordi.
159
– Nega kulasan?
– Yoʻq, siz xafa boʻlmang, shunchaki, shu holingiz
bilan zahira kapsulasini Mirzachoʻldan koʻtarib olib
kelganingizga ishongim kelmay qoldi, – dedi Ahmad oʻzini
kulgidan toʻxtata olmay.
Bolaning bu begʻubor kulgisi Margolga ham koʻchib
oʻtdi. Bir muddat ikkovlashib kulishdi. Ular shu tarzda
qaytadan tanishib olishdi. Bu orada Moki kemani Salmir
sathiga qoʻndirib ham boʻldi.
Qahramonlarimizni kutib olish uchun butun Salmir xalqi
koʻchalarga chiqib kelgan, “Koʻkkezar”ning sayyoraga
qoʻnish jarayoni esa millionlab joyga oʻrnatilgan ulkan
monitorlarda “jonli efir”da koʻrsatilayotgan edi. Sayyora
aholisi uzoq yillik tashnalikdan, kislorod yetishmasligi
va turli kasalliklardan sillasi qurigan, bemajol boʻlib
qolgandi. Fazogirlar kema eshigini ochib tashqariga
chiqishganida ularni Salmir prezidenti va oldinroq
sayyoraga qaytib kelgan Gedar Vu qarshi oldi. Margol
ham xalqini koʻp ilhaq qilmay, choʻntagidagi Moviy
toshni olib yuqoriga koʻtardi. Shu lahzada butun sayyora
qichqiriq – shod-u xurram ovozlardan larzaga keldi.
Margol toshni prezidentga topshirdi. Prezident esa
Margolni bagʻriga bosib xalq nomidan minnatdorlik
izhor qildi. Soʻng olimlarga N
2
G ni zudlik bilan sayyora
yadrosiga tashlashni buyurdi.
Uzoq yillik ilmiy tekshirishlar jarayonida salmirlik
olimlar sayyora yadrosigacha tunnel qazib borishgandi.
Yadro deyarli soʻnib boʻlgani uchun bu tunnelda bemalol
harakatlanish ham mumkin. Ular yadroga Moviy toshni
tashlashganidan soʻng bu tunnyel maxsus beton bilan bir
zumda koʻmib yuborildi. Chunki yadro jonlangach qaynoq
lava shu tunnyeldan favvora kabi otilib chiqishi hech gap
emas edi.
160
Bir soat oʻtar-oʻtmas sayyorada kuchli yer silkinishi yuz
berdi. Bu sayyora yadrosining qayta jonlanganidan darak
beruvchi omil edi. Goʻyo sayyora uzoq uyquga ketgan-u
uni kimdir turtib uygʻotib yuborganday boʻldi. Tez orada
uning tabiati ham jonlana boshlaydi, qurigan oʻrmonlar
oʻrnida yangi nihollar unib chiqadi. Atrofni yashillik
qoplab, atmosfera kislorod bilan toʻyinadi. Toza havodan
toʻyib-toʻyib nafas olgan salmirliklarning tanasidan dard-u
anduh ariydi.
Ahmad Salmir sayyorasida yana bir kun boʻldi. U
Margolning oilasi bilan tanishdi. Oʻzining hali yosh bola
ekani yodiga tushib Margolning farzandlari bilan mazza qilib
oʻynadi. Ularga qoʻshilib hatto Moki ham asli robot ekanini
unutib qoʻydi. Ertasi kuni koʻrsatgan buyuk xizmatlari
uchun prezident Ahmad, Margol va Dordonni sayyoraning
eng oliy mukofoti – “Salmir iftixori” ordeni bilan taqdirladi.
Ularning sharafiga juda katta tantana tashkil etildi. Shundan
soʻng mehmonlar ketishga hozirlik koʻrishdi. “Koʻkkezar”
sirti vaqt tuynugini hosil qiluvchi uskuna bilan jihozlandi.
Margol, Ahmad va Moki “Koʻkkezar”ga, miksliklar esa
oʻz kemalariga minishar ekan, ular shu joyda xayrlashishdi.
Ahmad xaritaning uch boʻlagini Dordonga berarkan,
“Barmogʻim haqida hech kimga gullab qoʻymang”, ‒ deb
hazillashdi. Dordon esa qatʼiy ohangda: “Bu sir qolgan
xarita boʻlaklari kabi hech kimga oshkor qilinmaydi”, ‒ deb
javob berdi.
“Koʻkkezar” samoga koʻtarildi. Endi Ahmadni
galaktikamizning uzoq burchagida joylashgan afsonaviy
Yer sayyorasi kutmoqda edi.
|