Durdibayeva munisaning zoologiya fanidan yozgan



Yüklə 1,21 Mb.
səhifə3/9
tarix25.05.2022
ölçüsü1,21 Mb.
#59500
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Munisa

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi kunda yer sharida hayvonlarning 2 mln dan
oshiq turi tarqalgan. Atrofimizdagi olamda juda kata ahamiyat kasb
etadigan hayvonlarning kunda kunora turlari yuqolib bormoqda. Bu esa
tabiatda oziq zanjirining buzilishiga sabab bo’lmoqda. Oziq zanjirining
balansi buzilishi insoniyat va tabiat uchun juda og’ir oqibatlarga olib keladi.
Oziq zanjirining buzilishi natijasida ba’zi bir hayvonlar ko’payib, ba’zi bir
hayvonlar kamayib bormoqda. Bunday holatlarda rivojlangan davlatlarda
hayvonlarni muhofaza qilinadigan joylar, Qizil kitob tashkil qilinib hayvonlar
muhofaza qilinmoqda. Hayvonlarning tabiatda va inson hayotidagi
ahamiyati juda katta. Shu sababli ko’plab hayvon turlarini saqlab qolishga
butun dunyo hamjamiyati birga kurashishi lozim.
Mavzuning maqsadi. Yassi chuvalchanglarni tabiatdagi va inson
hayotidagi rolini jamiyatga uqtirish va shu orqali ularga bo’ladigan
tazyiqlarni oldini olish. Kamayib borayotgan turlarni ertaroq aniqlash va
ularni muhofazaga olish. Shu bilan birga yassi chuvalchanglarni tabiatdagi
o’rnini chuqurroq tahlil qilish va buni namoyish qilish.
Mavzuning vazifasi. O’quvchilar orasida yassi chuvalchanglar haqidagi
bilimlarini oshirish. Ularni asrab avaylash va insonlar orasida yassi chuvalchanglarning ahamiyati haqida so’zlab berish.
Muhim, qiziqarli ma‘lumotlarga ega bo‘lgan o’quvchilarda Tabiatga,
Vataniga, o‘qitilayotgan faniga bo‘lgan dunyo qarashi kengayadi, bilim
darajasi chuqurlashadi. Natijada o‘quvchilar ongida milliy istiqlol g‘oyasi,
vatanparvarlik, ekologik, estetik va iqtisodiy tarbiya, ekologik madaniyat
shakllanib boradi.
II.1. KIPRIKLI CHUVALCHANGLAR (TURBELLARIA) SINFI
Bu chuvalchanglarning tanasi mayda kiprikchalar bilan qoplangan cho‘ziq
bargsimon shaklda bo‘ladi. Dengiz yoki chuchuk suvlarda erkin yashaydi,
ayrim turlari quruqlikda ham uchraydi.
Teri muskul xaltasi. Kiprikli chuvalchanglarning tana uzunligi bir necha mm
dan bir necha sm ga yetadi. Ayrim turlari (oq planariya) tanasining oldingi
qismida paypaslagichga o‘xshash kalta o‘simtasi bo‘ladi.Tanasi
silindrsimon hujayralardan iborat kiprikli epiteliy bilan qoplangan. Ayrim
turlarida sitoplazmaning yadro joylashgan qismi parenximasiga chuqur
botib kirishi tufayli alohida hujayralar orasidagi chegara yo‘qolib ketadi.
Tana qoplag‘ichining bu tipi botib kirgan epiteliy deyiladi.
Epiteliy hujayralari orasida va parenximada yakka yoki to‘p bo‘lib,
qadahsimon yoki noksimon bezli hujayralar joylashgan. Bunday hujayralar
teri bezlari deyiladi. Shunday hujayralardan bir xili tayoqchasimon rabditlar
hay von ta’sirlanganida tana yuzasiga otilib chiqib bo‘kadi va tana sirtini
qoplab turadigan moddani hosil qiladi. Epiteliy ostida bazal membrana deb
ataladigan elastik plastinka, uning ostida esa halqa va bo‘ylama muskullar
qavatlari va nihoyat ikki yo‘nalishda tarqalib, bir-biri bilan kesishadigan
diago­nal muskullar joylashgan. Epiteliy va muskullar birgalikda teri
muskul xaltasini hosil qiladi. Bundan tashqari kiprikli chuvalchanglarda
dorzoventral, ya’ni orqa-qorin muskullar ham bo‘ladi. Bu muskullarning uchi
tananing orqa va qorin tomonidagi bazal membranaga yopishgan.
Dorzoventral muskullar qisqarganda chuvalchanglar tanasi yassilashadi.
Maydaroq chuval­changlar asosan kipriklarning tebranishi tufayli
harakatlanadi. Yirikroq vakillari esa muskullari yordamida tanasini egib yoki cho‘zib suv tubida o‘rmalaydi yoki kipriklari yordamida suzib yuradi.
Parenxima siyrak joylashgan biriktiruvchi to‘qima hujayralaridan iborat.
Hujayralar oralig‘i suyuqlik bilan to‘lgan. Bu suyuqlik orqali ichakdan
so‘rilgan oziq moddalar boshqa ichki organlar­ga o‘tadi. Ayirish
mahsulotlari ayirish sistemasi naylariga o‘tkaziladi.
Hazm qilish sistemasi halqumdan va uchi berk o‘rta ichakdan ibo­rat.
Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari og‘iz orqali chiqarab yuboriladi. Ko‘pchilik
turlari yirtqich bo‘Ub, har xil mayda hayvonlar bilan oziqlanadi. Og‘iz teshigi
qorin tomonining o‘rtasida, tanasining oldingi yoki keyingi uchiga yaqin
joydajoylashgan. Ayrim yirik vakillarida og‘iz teshigi halqum cho‘ntaklari
deb ataladigan joyga ochiladi. Cho‘ntak tubidan uning bo‘shlig‘iga halqum
bo‘rtib chiqib turadi. Halqum og‘iz teshigidan chiqib, o‘ljasini tutib oladi.
Mayda vakillarining o‘rta ichagi uchi berk oddiy xaltaga yoki nayga
o‘xshaydi. Yirik vakillarining ichagi shoxlangan. Ko‘p shoxlilarning halqumi
oshqozonga ochiladi; oshqozondan esa har tomonga ichak shoxlari taral-
adi. Uch shoxlilarda esa halqumdan birdaniga ichakning uchta shoxi boshla
-nadi; ulardan bin oldinga, ikkitasi orqaga tarqaladi. Bu shoxlar o‘z nav-
batida yana bir necha marta shoxlanib, parenximada keng tarqaladi va
barcha to‘qima hamda organlarga yetib boradi. Ichak oziq moddalarni
ashish funksiyasini bajaradi. Yassi chuvalchanglarda ham bo‘shliqichlilar
singari oziq hujayra ichida fag-otsitoz orqali hazm bo‘ladi. Halqum bezlari
suyuqligi yordamida qayta ishlangan oziq zarralarini ichak epiteliysi
hujayralari qamrab olib hazm qiladi. Ichak-siz kiprikli chuvalchanglarning
o‘rta ichagi bo‘lmaydi; halqumi parenximaga botib kiradi. Parenximaning
ana shu joyida oziq hujayra ichiga o‘tib hazm bo‘ladi. Hamma yassi
chuvalchanglardagi kabi kiprikli chuvalchanglarda ham orqa ichak va
chiqaruv teshigi bo‘lmaydi.

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin