E. G' G'oziev O'zbekiston respublikasi



Yüklə 112 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/64
tarix07.01.2024
ölçüsü112 Kb.
#211287
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
G`oziyev E.G`. Ontogenez pisixologiyasi

Geliogen nazariyasi. 
Ushbu nazariya 1936 yilda chet el olim lari 
tomonidan yaratilgan b o‘lib, uning asosiy mohiyati akseleratsiya hodisasi quyosh 
nurining bevosita ta ’siri bilan vujudga keladi, degan g ‘oyadan iboratdir. Bu g ‘oya 
tarafdorlarining fikricha, bolalar k o ‘p vaqt oftobda bo‘lishi natijasida ulam ing 
o ‘sishida tezlashish, ya’ni akseleratsiya ro‘y beradi, chunki quyosh nuri 
organizmni zarur elementlar, moddalar, oziqalar bilan ta ’minlaydi. A m m o hozirgi 
davrda akseleratsiya hodisasi janubiy (quyosh nurlari serob) m am lakatlarda 
shim oliy j o ‘g lrofiy kenglikka joylashgan mamlakatlarda ham bir tekis ro ‘y 
bermoqda. Ikkinchi tomondan, s h ii a r muhitidagi qizlar va o ‘g ‘iI bolalar qishloq 
bolalariga qaraganda tezroq voyaga yetishi ko‘rilmoqda, vaholanki, qishloq
148


odamlari quyosh nurida k o ‘proq toblanadilar. Demak, hozirgi davrda geliogen 
nazariyasi ziddiyatlarga sabab bo‘lmoqda. Umuman oftobda toblanishni 
akseleratsiya jarayonining muhim jihatlaridan biri deyish n oto'g'ridir.
G eteroziya n az ariy a si. 0 ‘n to‘qqizinchi asr oxiri yigirmanchi asr 
boshlaridan buyon ijtimoiy hayotda, turmushda keskin o‘zgarishlar sodir boMgani 
insonlar o ‘rtasidagi ijtimoiy, diniy, milliy, irqiy tafovutlam ing kam ayishiga olib 
keldi. Turli m illat vakillarining aralash nikohga kira boshlagani bunga yorqin 
misoldir. Diniy e ’tiqodlar, irqiy farqlar, etnik va milliy xususiyatlar, xarakter, 
an’analar, urf-odatlar, marosimlar, rasm-rusum va hokazolar aralash nikohga 
hech qanday to‘siq bo‘la olmadi. H ayot tarzi har xil m am lakatlam ing xalqlariga 
xos xususiyatlar ham aralash nikohni to‘xtata olmadi. Aralash nikohga kirish 
tobora kengaymoqda. M azkur nazariyaga muvofiq psixik dunyodagi qayta 
qurishlar nasliy belgilar keskin o ‘zgarishiga sabab bo‘ldi, natijada farzandlaming 
o ‘sishida kuchayish, jadallashish, akseleratsiya hodisasi vujudga keldi. Biroq 
m azkur muam m oni ilmiy jihatdan atroflicha asoslab berish uchun yuqorida 
ta ’kidlangan omillar yetarli emas. Shunga qaramay, geteroziya nazariyasi 
biologik o ‘sishda jadallashish jarayonini vujudga keltirishda alohida ahamiyat 
kasb etadi.
U rb a n iz atsiy a n azariy asi. Jamiyat rivojlanishi da shaharlam ing roli ortishi 
bu nazariyaga asos qilib olingan. 0 ‘n to'qqizinchi asm ing o ‘rtalaridan boshlab, 
qishloq aholisining shaharga ko‘chishi (voqelik tariqasida) avj oldi, ya’ni aholi 
orasida migratsiya yoki urbanizatsiya hodisasi yuzaga keldi. Shaham ing turmush 
tarzi, o ‘ziga xos xususiyatlari, axborot tarmoqlarining kengligi, madaniyat 
darajasi, fan-texnika, transport, maishiy xizmat kabi omillar bolalam ing aqliy, 
axloqiy, jin siy jihatdan ertaroq voyaga yetishi uchun zam r shart-sharoitlar yaratdi. 
Q ishloq aholisi bilan shahar xalqining yashash muhiti va turmush sharoitining 
yaqinlashishi akseleratsiya jarayoniga ijobiy ta ’sir etdi, lekin bu omilning o‘zi 
akseleratsiyaning sababi bo* la olmaydi.
N u tritiv n az a riy a . Bu g ‘oyaning tub mohiyati shuki, o'sishdagi 
jadallashish (akseleratsiya) odam lam ing ovqatlanishi yaxshilanishi, iste’mol 
qilinayotgan ozuqalarda darmondorilar miqdorining ko‘payishi sababli vujudga 
keladi. Ushbu g*oya nam oyandalarining fikricha, V-6, V-12 darmondorilari va 
foliev kislotasini odam lar ko‘proq iste’mol qilishi mazkur holat namoyon 
bo(lishining asosiy omili emish. Tabiiyki, inson o ‘sishining jadallashuvida 
darm ondorilar m a’lum darajada ijobiy ta’sir etishi mumkin, lekin mazkur 
om illam ing o*zi akseleratsiya uchun muhim va yagona negiz bo‘Ia olmaydi. 
Shuniig uchun tibbiyot xodimlari gigienachilar
biologlar, 
fiziologlar, 
psixologlam ing ayrim lari bu g ‘oyani qo‘llab-quwatlaydilar. Shuning uchun tahlil 
qilinayotgan, sharhlanayotgan ilmiy nazariya akseleratsiya uchun m a’lum turtki 
vazifasini o ‘taydi.
N u rlan ish n azariy asi. Bu nazariya namoyandalarining fikricha, yer yuzida 
rentgen qurilm alarining ko‘payishi, atom, vodorod va neytron 
bom balarining 
portlashi natijasida insonda radioaktiv moddalar, radiatsiya nurlanishi
149


darajasining sezilarli darajada ortishiga olib keladi. Yer kurrasiga tarqalgan 
zaryadlar bilan inson organizm ining nurlanishi o ‘sishni kuchaytiradi, ya’ni 
akseleratsiya jarayoni yuzaga keladi. Shuning uchun bu nazariyaning 
himoyachilari turli xususiyatga ega b o ‘Igan nurlam ing aniq dozasi organizm ga 
ta ’sir etishi, tarqalishi yem irilishga sabab bo‘Imasa, insonning jism oniy o ‘sishi 
jadallashishi uchun im koniyat 
yaratar emish. M a’lumki, m e’yoridan ortiq 
rentgen nuridan foydalanish ham organizm uchun zararlidir. A na shu m ulohazaga 
asoslanib organizm ayrim qism larining rivojlanishi nurlar bilan bog‘liqdir, degan 
xulosa chiqarish m umkin. Hatto, ayrim ilmiy m anbalarda payvandlash 
apparatining yog‘dusi ham, chaqmoq nuri ham organizm ga ijobiy ta ’sir qilishi 
aytiladi. Biroq 
tom m a’nodagi akseleratsiya uchun m ana shu om illam ing o ‘zi 
yetarli emas, albatta.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin