E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

miogen leykotsitoz 
ko'zatiladi. Uning darajasi jismoniy tarbiyaning turiga bog'liq ekanligini, ilk bor 
A.Yegorov tomonidan o'rganilgan. 
Miogen leykotsitozning uch fazasi mavjud: 1-chi faza - 
limfotsitar leykotsitoz 
deb aataladi. Qonda leykotsitlar miqdorining oshib ketishi (10 ming bir mm
3
qonda) 
va limfositlaming 40-50 % gacha oshganligi bilan xarakterlanadi. 2-chi faza 
(1-chi 
neytrofll faza) 
leykotsitlarning umumiy miqdori 12-18 minggacha yetadi
neytrofillarning miqdori esa-70-80-ga oshadi; shulardan yosh neytrofillar 2 % -ni, 
tayoqchasimon neytrofillar esa 10-15% ni tashkil qiladi, ammo limfotsirlarning 
umumiy miqdori 15-20% gacha va eozinofillar miqdori l-2%gacha kamayadi. Bu 
faza davomida ilikda qon ishlab chiqaruvchi a'zolarming faoliyati kuchayadi
ulardan leykotsitlar ko'p miqdorda hosil bo'laveradi. 3-chi fazada 
(II chi neytrofll 
faza) 
qonda leykotsitlarning miqdori yanada oshib, 1mm
3
qonda 20-50 minggacha 
yetadi; yosh neytrofillar 3-4% gacha, tayoqchasimon neytrofillar 20-30% gacha 
oshadi, ammo limfotsitlarnning miqdori 3-10% gacha kamayadi, eozinofillar esa 
vaqtincha qonda yo'q bo'ladi. 
Shunday qilib, shiddatli jismoniy mashqlar natijasida mushaklarning funksional 
faoliyati o'zgaradi. Shu bilan birga qon tarkibida ham morfologik o'zgarishlar 
kuzatiladi. Birinchi navbatda miogen leykotsitozning limfotsitar fazasi kuzatilib
undan keyin I va II chi neytrofll fazalari amalga osha boshlaydi. Miogen 
leykotsitoz murakkab ko'pbosqichli jarayon hisoblanib, uzoq muddatli va 
tiklanuvchi davrlardan iborat. Ba'zi bir ma'lumotlarga ko'ra, uzoq muddatli va 
shiddatli 
jismoniy 
mashqlardan 
keyin 
(masalan, 
marafon 
yugurishda) 
leykotsitlarning umumiy miqdori 2-3 kechayu kunduz davomida o'z me'yoriga 
qaytmaydi. 
Mushak faoliyati natijasida qon plastinkalari (trombotsitlar) miqdori ham oshadi. Bu 
miogen trombositoz deyiladi. Trombotsitlarning miqdori ikki va hatto undan ham 
ko'proq oshganligi og'ir va shiddatli mushak faoliyatidan dalolat beradi. 
Trombotsitlarning umumiy miqdori nafaqat jismoniy faoliyat jaraypnida, balki 
jismoniy mashqlardan bir necha kun o'tgandan keyin ham o'z me'yoriga qaytmaydi. 
Jismoniy mashqlar davomida trombotsitlar miqdorining oshmasligi qonning ivish 
jarayoniga ta'sir yetkazib, uni tezlashtiradi. Buni sportchilarda marafon yugurish va 
boshqa sport turlari bilan shug'ullanganda kuzatish mumkin. 
Miogen leykotsitoz, miogen trombositoz hamda qon ivish vaqtining kamayishi 
himoyalanuvchi ahamiyatga ega. Bu biologik mantiqiy jarayonlar hisoblanadi, chunki 
mushak faoliyati natijasida paydo bo'lgan funksional p'zgarishlar organizmning 
himoyalash reaksiyalariga qaratilgan biologik reaksiyadir. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin