23
asab tolalariga boyligi ularda interoretseptorlarning ko'pligi bu jarayonning
reflektor xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Ilk bor qon ishlab chiqarishda
va uning shaklli
hujayralarining taqsimlanishi, ya'ni asab boshqarilishi haqidagi
fikmi rus olimi S.P.Botkin aytib o'tgan edi. Keyinchalik bu fikr V.N
Chernigovskiy va A.Ya.Yaroshevskiy tomonidan tasdiqlangan.
Shunday qilib, qon tizimi a'zolari (ko'mik, taloq, jigar, limfa tugunlari)
retseptorlarga boy, bu retseptorlarga ta'sir etilganda turli fiziologik reaksiyalar
ro'y beradi. Bu a'zolar asab tizimi bilan ikki yoqlama bog'langan: ular markaziy
asab tizimidan axborotlar (signallar) oladi (bu axborotlar
ularning holatini
boshqaradi) va o'z navbatida qon tizimi holatini o'zgartiruvchi reilekslar manbayi
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: