E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

 
Limfa
Limfa qonning maxsuloti hisoblanadi. Qon, to'qimalararo suyuqlik va limfa 
organizmning ichki muhitini 
tashkil etadilar. Limfa va to'qimalararo suyuqlikning 
hosil bo'lish mexanizmlarini ilk bor K.Ludvig b'rganib 
chiqqan. Uning filtratsion nazariyasiga ko'ra limfa qon bosimining o'zgarib 
turishi natijasida paydo bo'ladi. Keyinchalik bu nazariyani E.Starling qo'llab 
quyvatladi. Uning fikricha, limfaning hos.il bo'lishida gidrostatik bosimdan tashqari 
onkotik bosiraning ham ahamiyati juda katta. Qon kapillarlarida gidrostatik 
bosimning oshishi limfa paydo bo'lishida asosiy omil hisoblanadi va aksincha, 
onkotik bosimning oshib ketishi limfa hosil boMish jarayonida salbiy ta'sir etadi, 
ya'ni tormozlovchi omil hisoblanadi. 
Limfa qon singari gomeostazning, ya'ni organizm ichki mubitning doimiyligida 
ishtirok etadi. Limfa orqali ko'pgina oqsillar to'qimalar bo'shligidan qonga 
qaytariladi 
va 
organizmda 
suvning 
qayta 
taqsimlanishida, moddalar 
almashinuvida, suv hosil bo'lishida, ovqat hazm qilish va so'rilish jarayonlarida 
ishtirok etadi. Yog'lar va yog'da erituvchi moddalarning so'rilishi va tashilishida 
ham ishtirok etib organizmning immunitet reaksiyalarida muhim rol o'ynaydi, 
Limfa ishqoriy muhitga ega bo'lgan suyuqlik. Uning pH reaksiyasi 7.35-9.0 
atrofida. Turli a'zblarda limfa hosil bo'lishida sezilarli farq bor. Limfa hammadan 
ko'p jigarda hosil bo'ladi. A'zolaraing 1 kg massasi ga hisoblanganda bir kecha-
kunduzda jigarda 21-36 ml, yurakda 5-18 ml, taloqda 3-l2 ml, skelet mushaklarida 
2-3 ml limfa hosil bo'ladi. 
Katta odam organizmida bir kunda limfa tomirlari orqali qonga 1000-3000 ml 
limfa oqib tushadi. 
Organizm och qolganda yoki uncha yog Mi bo'lmagan taom yegandan keyin, 
limfa yo'llaridan yig'ilgan limfa rangsiz, deyarli tiniq suyuqlik bo'lib, 
oqsillarning taxminan ikki baravar kamligi bilan qon plazmasidan farq qiladi. 
Ko'krak yo'iining limfasi, shuningdek ichakning limfa tomirlaridan yog'li taom 
yeyilgandan 6-8 scat keyin olingan limfa sutday oq bo'lib, tiniq emas, chunki unda 
ichakdan so'rilgan-emulsiyaga aylangan yog' zarralari bor. Limfada oqsillar 
kamroq boMgani uchun, uning yopishqoqligj va solishtirma og'irligi qon 
plazmasinikidan kam. Limfa ishqoriy reaksiyali. 
Limfada fibrinogen va protrombin borligidan, u ivib, g'ovak, biroz sarg'tsh laxta 
hosil qila oladi. Limfada eritrotsitlar yo'q, faqat juda ozgina donali leykotsitlar bor. 


24 
Odamning ko'krak yo'iining 1 mm
3
limfasida 2000 dan 20000 gacha limfotsit 
topilgan. Bunga sabab shuki, limfotsitlar limfa tugunlarida hosil bo'ladi va ulardan 
limfa oqimi bilan qonga o'tib ketadi. 
Qon to'qimalarni teshib o'tuvchi mayda qon tomirlari-kapillarlar ichida 
harakatlanayotganda qon plazmasining ba'zi tarkibiy qismlari shu tomirlarning 
devorlari orqali doimo tashqariga o'tib turadi. Shu tariqa barcha tirik hujayralarni 
qurshab turuvchi to'qima suyuqligi vujudga keladi. Hujayralar shu suyuqlikdan 
moddalar va kislorodni oladi, karbonat angidridni va o'z hayot faoliyatining 
boshqa keraksiz mahsullarini shu suyuqlikka chiqaradi. Qon esa hujayralar 
foydalanadigan moddalarni to'qima suyuqligiga to'xtovsiz yetkazib berib turadi va 
hujayralar ajratib chiqargan moddalarni oladi. 
Organizm 
ko'p 
qon 
yo'qotganda 
ba'zi 
zaharlanishlarda 
(jumladan, 
gemoglobinning kislorod biriktirish xossasi buzilganda), qondagi gemoglobin 
miqdori kamayganda, tibbiyotda boshqa ko'p ko'rsatmalar bilan qon quyiladi. 
Ilgari qon quyish uchun urinib .ko'rishlar ko'pincha haJokatga olib kelgan yoki 
organizmni og'ir ahvolga solib qo'ygan. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin