26
Donorlik bar bir odamning faxriy burchidir. 18 yoshga yetgan bar bir sog'lom
kishi donor bo'la oladi.
Hozirgi vaqtda minglab donorlar ko'plab bemorlarni davolashga, ulafning
hayotini saqlab qolishdek olijanob ishga hissalarini qo'shmoqdalar.
Aksari odamlarning eritrotsitlarida (85%) yana bir omil bor, uni birinchi marta
Landshteyner va Viner 1940 yilda makkak (Maccacus rhesus) degan maymun
qonidan topgan va shuning uchun ham uni rezus-omil (ph-omil) deb atalgan. Shu
omil bo'lgan odam qoni (rezus musbat qon) mazkur omil bo'lmagan (rezus manfiy
omil) odamga quyilsa, rezus manfiy odarr: qonida maxsus va o'ziga xos agglutininlar
va gemolizinlar hosil bo'ladi.
Sunday odamga rezus-musbat qon qaytadan quyilsa agglutinatsiya va og'ir oqibatlar
(gemotransfuzion shok) paydo bo'lishi mumkin.
Rezus-manfiy onada rezus-musbat homila rivojlanishi alohida ahamiyatga ega.
Bu holda homilaning rezus-omili plasenta orqali ona qoniga o'tadi. Natijada, ona
qonida maxsus antirezus moddalar hosil bo'ladi, bu moddalar plasenta orqali
qaytadan homila qoniga o'tadi-da, uning eritrotsitlarini agglutinatsiyalab va
gemolizlab, og% oqibatlarga sabab bo'ladi. Ba'zan homilaning o'lik tug'ilishi shu
bilan tushuntiriladi.
Oxirgi yillarda yangi agglutinogenlar kashf etilgani rnunosabati bilan. qon
guruhlari haqidagi ta'limot ancha murakkablashdi. Masalan, A guruhi bir qancha
guruhlardan iborat ekan (A,, A2, A3, A4 va hokazo). A2 agglutinogeni A, dan farq
qilib, agglutinin a bo'lgan sust faol zardoblar bilan agglutinatsiyalanmaydi. Shuning
uchun bunday kishilarni qoni I guruhga yanglish kiritilishi natijasida qon quyish og'ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Rh-omilning uch variant! bor: Rh°, Rh1, Rhn, Rh-omil boMmagan
eritrotsitlarda HCh (rezus-omilga teskari) omillar topilgan, ularning ham uch variant!
bor; HCh°, HCh1, HChn. Bundan tashqari, M, N, S, P, D, С, К, Ln, Le, Fy, Yk va
boshqa agglutinogenlar topilgan. Bu omillarnmg kombinatsiyalari ko'p birikmalar
beradi va shunday qilib, hozir bir necha yuz ming qon guruhi ajratiladi. Biroq, qon
quyish uchun qonning faqat asosiy to'rt guruhini, Rh va HCh omillarni aniqlash
kattaroq ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: