27
organism-ga tarqaladi.Bundan tashqari,mikrob va viruslar jinsiy aloqa orqali,
kasal odamning qoni yoki qon
plazmasi bemorga quyil-ganda, yaxshilab
sterillanmagan nina-shprislar bilan ukol qilgan-da, kasal hayvon va parrandalar
mahsuloti (go'sht, sut, tuxum)ni yaxshi pishirmasdan iste'mol
qilganda,quturgan
it,mushuk, sichqon, qoramollarning tishlashi, so'lagi orqali, kasallangan hashoratlar
(burga, bit, kana, chivin kabilar) chaqqanda kirishi mumkin.
Odam organizmi mikroblar, viruslar va kasallik qo'zg'atuv-chi boshqa
parazitlardan o'zini himoya qilish xususiyatiga ega. O'zini himoya qilish usullari bir
necha xil bo'lib,ular quyida-gilardan iborat.
Organizm o'zini himoya qilishining
birinchi bosqichi
teri, burun, nafas yo'llari,
ovqal hazm qilish a'zolarining ichki shil-liq pardasi hisoblanadi.Teri tashqi
muhitning noqulay ta'sir-laridan, mikroblar, viruslar va parazitlarni organizmga
kiri-shdan saqlaydi. Ammo, teri qirilsa, uning himoya funksiyasi buziladi.Bundan
tashqari, shilinishi, timdalanishi, kesilishi kabi shikastlanishlar
ham terining
himoya funksiyasiga zarar yetkazadi.Shikastlangan joyda mikroblar yashashi va
ko'pa-yishi uchun qulay sharoit vujudga keladi. Shuning uchun bu joy qizaradi,
shishadi va yiringlaydi, Ba'zida esa jarohatda ko'pay-gan mikroblar qonga o'tib,
butun
tanaga tarqaladi va
Dostları ilə paylaş: