E nuritdinov odam fiziologiyasi



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/129
tarix16.12.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#181661
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   129
3-y-Odam-fiziologiyasi-darslik-E.Nuritdinov-T.-2005

sepsis ka-salligi 
yuzaga keladi. Bunda kasal kishi 
tanasining harorati ko'tariladi, boshi og'riydi, jigari, buyraklari, yuragi va miyasi 
mikroblar ta'sirida yallig'lanishi tufayli uning urnumiy ahvoli og'irlashadi.Shuning 
uchun teri doim toza bo'lishi, shikastlan-sa, darhol unga yod yoki birilliant yashili 
surtish hamda shifo-korga murojaat qilish kerak. 
Nafas tizimining 
(burun, hiqildoq, traxeya, bronxlar) ichini qoplagan shilliq 
parda mikroblar va viruslarni ichki to'qima-larga, qonga o'tkazmay, himoya 
vazifasini bajaradi. Bu shilliq pardalardagi mayda tukchalar havo bilan kirgan 
mikroblarni tu-tib qoladi. 
Hazm 
tizimidagi 
so'lak, 
oshqozon 
va 
ichak 
shirasi 
mikrob-larni 
kuchsizlantirish, eritib yuborish xususiyatiga ega bo'-lib, ular ham organizmni 
himoya qilish vazifasini bajaradi. 
Organizm himoyalanishining 
ikkinchi bosqichida 
qonning leykotsitlari xizmat 
qiladi. Yuqorida aytilganidek, leykotsitlar odam badaniga kirgan mikroblarni yutib, 
eritib yuboradi. Bu hodisa 
fagositoz 
deyiladi.Leykotsitlarning organizmni yuqum-
li kasalliklarni qo'zg'atuvchi mikroblardan himoya qilish xusu-siyati ana shundan 
ham ko'rinib turibdiki, yuqumli kasalliklar bilan xastalangan bemorlar qonida 
leykotsitlarning soni ko'pay-adi, ya'ni me'yorda 6-8 ming bo'lsa, kasallikda 10-12 
mingga yetadi va undan ham oshishi mumkin. Bu hodisa organizm mik-roblarga 
qarshi kurashish va kasalliklardan qutulish uchun o'zi-ni himoya qilish 
imkoniyatlarini safarbar qilganligini ko'rsata-di. 
Organizmlarning yuqumli kasalliklardan himoyalanishning 
uchinchi bosqichi 
antitelalar va antitoksinlar ishlab chiqarishi hisoblanadi.Bular organizmning maxsus 
hujayralarida ishlab chiqariladi.Antitelalar organizmga kirgan mikroblarni bir-
biri-ga yopishtirib,eritib yuboradi.Antitoksinlar esa mikroblar ajra-tadigan zaharli 
moddalarni parchalab, zararsizlantiradi. 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin