Qon guruhlari 1901 yili avstriyalik olim K.Landshteyner, 1907 yili chex olimi Ya.Yanskiy turli
odamlar qoni kimyoviy-biologik xossalariga ko'ra bir-biridan farq qilishini
aniqladilar. Qonning eritrotsitlari tarkibida
agglutinogen , plazmasi tarkibida
agglutinin rnoddalari bo'lib, ularning har bin kimyoviy xossalariga ko'ra ikki turga
bo'linadi, ya'ni agglutinogen A va B, agglutinin a va ft. Binobarin, bitta odam
qonining eritrotsitlari va plazmasida bir xil belgili modda bo'lmasligi kerak.
Me'yorida agglutinogen A va agglyutinin ft yoki agglutinogen A va agglutinin a
bo'lishi mumkin. Agglutinogen A va В bo'lgan qonda agglutininlar umuman
bo'lmaydi. Aksincha, agglutinin a va ft bo'lgan qonda aggiutinogenlar umuman
bo'lmaydi. Ana shunga ko'ra, barcha odamlar qoni to'rt guruhga bo'linadi (4,5-
jadvallar).
I- guruh-eritrotsitlarda agglutinogen umuman bo'lmaydi, plazmada agglutinin a
va ft bo'ladi.
II- guruh eritrotsitlarda agglutinogen A, plazmada agglutinin … bo'ladi.
III - guruh-eritrotsitlarda agglutinogen B, plazmada a gglutinin a bo'ladi.
IV - guruh-eritrotsitlarda agglutinogen A va В bo'lib, plazmada agglutinin
umuman bo'lmaydi. Dunyodagi ko'p mamlakatlarda yashovchi odamlarning qon
guruhlarini aniqlash natijasi shuni ko'rsatadiki, qoni I guruh bo'lgan odamlar
aholining o'rtacha 40% ni, II guruh 39 % ni, III guruh 15 % ni va IV guruh 6 % ni
tashkil etadi.
Organizm
ko'p
qon
yo'qotganda
ba'zi
zaharlanishlarda
(jumladan,
gemoglobinning kislorod biriktirish xossasi buzilganda), qondagi gemoglobin
miqdori kamayganda, tibbiyotda boshqa ko'p ko'rsatmalar bilan qon quyiladi. Ilgari
qon quyish uchun urinib .ko'rishlar ko'pincha halokatga olib kelgan yoki organizmni
og'ir ahvolga solib qo'ygan.
Donor (qon beruvchi odam) qonining eritrotsitlari