E qosimov, M. Akbarov


Polimer ohak shpaklevkasi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə149/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156
Polimer ohak shpaklevkasi — ohak bo‘tqasi, changsimon mayda kvars qumi (marshalit) va polivinilatsetat (ПВA) emulsiyasiga namlanmaydigan ГКЖ ni suv bilan obdan qorishtirib tayyorlanadi. Emulsiya deb, bog‘lovchi modda bilan (lak-bo‘yoq yog‘i) obdan tuyilgan changsimon qumning aralashmasiga aytiladi. Bunday shpaklevka devorni polimerohak bo‘yoq bilan pardozlashdan oldin beton yoki suvoq yuzasini tekislashda ishlatiladi. Shpaklyovka quyidagi tarkibda tayyorlanadi (og‘irlik hisobida kg/t (%)):

  • polivinilatsetatning 50% li mayin quyqasi — 150 (14,7%);

  • ohakning 50% bo‘tqasi — 200 (19%);

  • kvars qumi (marshalit) — 637 (60%);

  • namlanmaydigan ГКЖ ning 20% li suyuqlikdagi eritmasi 3 (0,3%);

— suv — 60 (6%).
Tayyor shpaklevkaning mayinligi (plastikligi) StroySNIL konusi cho‘kishi — 10-11 sm, qurish muddati (18-20°C da) — 4-6 soatga teng.
Polimer ohakli ПВA bo‘yog‘i — ohakni 50% li mayin polimeratsetat emulsiyasi bilan namlanmaydigan ГКЖ ni obdan aralashtirib olingan suspenziyadir. Suspenziya deganda changsimon emas, ammo mayda qilib tuyilgan ohakni bog‘lovchilar bilan aralashgan suyuqligini tushunmoq kerak.
Polimer ohakli ПВA bo‘yog‘i sementli, ohakli, gipsli suvoq yuzalarini, hamda beton va g‘ishtli devorlarni pardozlashda ishlatiladi. Bo‘yoqni tayyorlashda quyidagi ashyolar ishlatiladi (og‘irlik hisobida, kg/t da): mayin polivinilatsetatni 50% li emulsiyasi — 145 (14%); ohakning 50% bo‘tqasi — 595 (56%); pigmentlar — 73
(7%); namlanmaydigan ГКЖ suyuqligi eritmasi — 30 (3%); suv — 207 (20%).
Polimer ohak bo‘yog‘ining quyuq-suyuqligi (ВЗ-4 da) 20—25 sek, qurishi esa 2—4 soatdan oshmaydi.
Bo‘tqasimon ПВA bo‘yog‘i tarkibida changsimon kvars, pigmentlar va 50% li polivinilatsetat emulsiyasini aralashtirib olgan suspenziyadir. Yuqoridagilar singari bunday bo‘yoq barcha xildagi devorlarni pardozlashda ishlatiladi. Tarkibi: mayin polivinilatsetatni 50% li emulsiyasi — 27%; changsimon kvars (marshalit) 37%; ikki oksidli titan — 12%; quruq lipotan —2,5%; bo‘r —9%; natriy pentaxlorfenolyati — 0,2%; suv — 14,8%.
Tayyorlangan bo‘yoqning quyuq-suyuqligi (ВЗ-4 da) 60—70 sek (suvga nisbatan 6,5—7,0 marta quyuq); qurish muddati esa 2—4 soatdan oshmaydi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin