LAK VA BO‘YOQLARGA RANG BERUVCHI KONSENTRATLAR
Har xil rang beruvchi konsentratlar inshootlarni pardozlash ishlarida lak-bo‘yoq sanoatida alohida ahamiyatga ega. Bunday konsentratlar ishlab chiqaruvchi chet el korxonalari va firmalari juda ko‘p. Shulardan
«PUFAMIX» firmasining 28 xil rang beruvchi konsentratlari keng ishlatilmoqda. Bunday konsentratlar pigment qo‘shilgan bo‘yoqlar, akrilat laklari, sintetik smolalardan olinadigan qorishmalar, lazurlar, alkid smolasidan olinadigan laklariga rang berishda ishlatiladi. Tarkibi asosan anorganik va organik moddalardan tashkil topgan. Zichligi 1,3—1,8 g/ml. Ularni ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak, keyin lak yoki bo‘yoqqa qo‘shib obdan aralashtirish lozim.
Rang beruvchi konsentratlar 20 ml, 200 ml va 500 ml li idishlarda chiqaziladi. Qo‘shiladigan konsentrat miqdori lak va bo‘yoqlarning xiliga qarab olinadi. Masalan, pigmentli bo‘yoqlarga 10% gacha, akril lakiga 6%
gacha, alkid lakiga 8% gacha, bo‘yoq, qorishmalarga 10% gacha, lazurga 5% gacha qo‘shilsa ishlatishga tayyor bir xil tiniq rangli pardozbop ashyo hosil bo‘ladi. Agar devorning tashqi yuzasini pardozlash kerak bo‘lsa, 28 xil konsentratning № 6 dan boshqasini ishlatish mumkin. Masalan, № 7 och-sariq, № 10 qizil, № 18 to‘q-sariq rang beradi.
LAKNING XILLARI
Smola, bitum va shu singari parda hosil qiluvchi moddalarni uchuvchan eritmalarda suyultirib laklar olinadi. Buyum yuzasiga surtilgan lak erituvchining uchib ketishi hisobiga tez qurib, qattiq, yupqa va yaltiroq parda hosil qiladi. Qurilishda ko‘p ishlatiladigan laklarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
Moyli smola loklar — tabiiy yoki sintetik smolalarni tez quriydigan moylarda eritib, ularga sikkativ va suyultirgichlar qo‘shib olingan lak. Moy bilan smolalarni aralashtirib olingan laklar buyum yuzasida qurigandan keyin, qattiq va yaltiroq parda hosil qiladi. Ammo, bunday laklar spirtli laklarga qaraganda sekinroq quriydi. Unga 3—12 soatdan so‘nggina chang yopishmaydi, 1—3 kunda esa u batamom quriydi.
Bunday laklar tarkibidagi moy miqdori smolaga nisbatan 2—4 marta ko‘p bo‘ladi. Moyli smola laklari surtilgan buyum yaltiroq, mustahkam, suv va atmosfera ta’siriga chidamli bo‘ladi. Moyli smola laklar ishlatishga tayyor holda chiqariladi. Ularni yanada suyultirish lozim bo‘lsa, ozgina skipidar yoki eritgich benzin qo‘shish kifoya. Ular binoning ichki va tashqi yuzalarini bo‘yash, shuningdek, chidamli shpaklyovka va gruntlar tayyorlash uchun ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |