E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə153/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
SILLIQLASH ASHYOLARI
Natural pemza — yer ostidan otilib chiqqan tog‘ jinsidir. Pemza shpaklyovka qilingan va bo‘yalgan yuzalarni quruqligicha va namlab silliqlash (pemzalash) uchun ishlatiladi. Pemzaning sifati uning bir jinsli ekanligi bilan belgilanadi. Qattiq va yirik qum donalari pemzaga aralashgan bo‘lsa, silliqlanayotgan yuzani tirnab yuboradi.
Sun’iy pemza — qumdan yoki maydalangan tuproqdan tayyorlanadi. Zarrachalarining mayda-yirikligiga qarab sun’iy pemza yirik donli va mayda donli bo‘ladi.
Jilvir va oyna qumli qog‘oz — bo‘yaladigan yuzalarni tozalash va silliqlash uchun ishlatiladi. Mayda g‘adir-budur joylarni silliqlash uchun qog‘ozni kichikroq to‘rt qirrali yog‘ochga mahkamlash kerak.
Qog‘oz har xil raqamli, ya’ni qumi eng mayda 0 raqamlidan, ancha yirik qumli 1, 2 va 3 raqamligacha qilib chiqariladi. Buning uchun pishiq qog‘oz yoki gazlama ishlatiladi. Abrazivlar (qumlar) hayvonot yelimi bilan yopishtiriladi. Namlab silliqlash uchun suvga chidamli yelim bilan tayyorlangan qog‘oz ishlatiladi.
Bo‘yoqchilik ishlarida qo‘shimcha ashyolar sifatida, ko‘pincha, shpaklyovkalar, zamazkalar, gruntlar, shuningdek, yuqorida keltirilgan eritmalar, suyultirgichlar va sikkativlar ishlatiladi.
Shpaklyovkalar — alif, lak yoki yelim eritmasi bilan kukun to‘ldirgichlarni obdan ishqalab ezilgan bo‘tqasimon ashyo. Kukun to‘ldirgich sifatida bo‘r, dala shpati, tuyilgan qipiq, pista ko‘mir va hokazolarni ishlatish mumkin. Tekislanadigan yuzaning nuqsonlari (chuqurchalar, yoriqlar, urilganda shikastlangan joylar va hokazo) ko‘p kamligiga qarab, shpaklyovkalar suyuq va quyuq qilib tayyorlanadi. Quyuq shpaklyovkalar ayrim joylardagi nuqsonlarnigina tekislash uchun ishlatilsa, suyug‘i nuqsonlari ko‘p bo‘lgan yuzani yoppasiga tekislash uchun ishlatiladi. Shpaklyovkalar mayin yuzaga puxta yopishishi, quriganda esa cho‘kmasligi kerak. Suvli bo‘yoqlar bilan bo‘yalgan yuzalarni shpaklyovka qilishda yelimli, kuporosli va ПВA li shpaklyovkalar ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin