E qosimov, M. Akbarov


bob QURILISH ASHYOLARINING XOSSALARI



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə2/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
bob



QURILISH ASHYOLARINING XOSSALARI


PARDOZBOP QURILISH ASHYOLARI TASNIFI VA XOSSALARI

Qurilish ashyolari standartlari


Qurilish ishlarida texnika taraqqiyotining qurilish usullarini tobora industrlashtirishni va ishlatib kelinayotgan ayrim qurilish ashyolari o‘rniga yangilarini ishlatish va ularni ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirishda respublikamizdagi standartlashtirish sistemasi katta ahamiyatga ega.


«Standart» davlat hujjati bo‘lib, u qurilish ashyolarini ishlab chiqaruvchi va ularni ishlatuvchi har bir vazirlik, boshqarma va korxonalar uchun majburiy qo‘llanmadir. Har bir standart o‘z raqamiga va tasdiqlangan yiliga ega. Masalan, pardozbob g‘isht standartida — birinchi son uning tartib raqamini, ikkinchisi esa tasdiqlangan yilini ko‘rsatadi.
Har bir qurilish uchun tasdiqlangan standartda ashyoning tarkibi, xossalari, o‘lchami, shakli, sinash usullari, qabul qilish shartlari, saqlash va tashish, shu bilan birga fan va texnika yutuqlari kabi ma’lumotlar keng yoritilgan bo‘ladi.
Iqtisodiy islohotlar o‘tkazilayotgan bozor sharoitida xo‘jalik yuritish, pardozbop qurilish ashyolarini ishlab chiqarish negizini tubdan isloh qilishni va qurilish tizimida xomashyolar ta’minotini birgalikda qayta tashkil qilishni talab qiladi. Respublikamizda mavjud bo‘lgan kapital qurilishni rivojlantirish va qurilish ashyolarini ishlab chiqarish majmuasini qayta o‘rganib boshqarish, tashkil qilish va mablag‘ bilan ta’minlash asoslariga o‘zgarishlar kiritishni talab etadi.
Avvallari qurilishda yig‘ma temir-beton konstruksiyalardan ko‘p qavatli binolar qurish havas bo‘lgan bo‘lsa, endi qu‘yma betonli uylar, kottejlar qurish kerak bo‘ladi. Mahalliy qurilish ashyolarini qo‘llash ulardan devorbop, issiq-sovuqdan muhofazalovchi buyumlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish qurilish tannarxini kamaytiradi.
Sanoat va qishloq chiqindilaridan ishlangan ashyolar chiqarish va ulardan ilg‘or texnologiya vositasida buyumlar tayyorlash qurilishga sarflanadigan xarajatlarni 20% ga, qurilish ashyolari sanoatiga ketadigan kapitalni 35-40% gacha kamaytirishi mumkin. Respublikamizdagi pardozbop qurilish ashyolari sanoatining ri- vojlanishida ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • pardozbop qurilish ashyolarini ishlab chiqarish sur’ati kapital qurilishga nisbatan oldinda bo‘lishini ta’minlash;

  • pardozbop ashyo, buyum va konstruksiya xillarini hozirgi zamon talabiga ko‘ra takomillashtirish, ularni har xil maqsadlar uchun ishlatish mumkinligini ta’minlash;

  • pardozbop ashyolar sifatini, ayniqsa zararli muhit ta’sirida uzoqqa chidamliligini ta’minlash;

  • mahalliy xomashyolardan samarali pardozbop qurilish ashyolarini olish;

  • korxonalarning quvvatini bozor talablariga ko‘ra aniqlash;

  • pardozbop qurilish ashyolari sanoatini yangi texnologiya va avtomatlar bilan ta’minlash, ularni hisoblash texnikasi orqali boshqarish. Buning uchun xalq xo‘jaligi rivoji rejalariga asoslangan holda pardozbop qurilish ashyolari ishlab chiqarishni yo‘lga qoyish, kichik va o‘rta korxonalarni ko‘paytirishni yo‘lga qo‘yish zarur.

Mustaqillik davrida respublikamiz shahar va qishloqlari ko‘rkamlashib bormoqda. Ravon ko‘chalar, go‘zal xiyobonlar, ajoyib bino va inshootlar shaharlarimizni yanada salobatli, ko‘rkam qilmoqda.
Pardozbop qurilish ashyolarining xossalarini va tuzilishini bir xil muhit ta’sirida o‘zgarishi umumiy qonuniyatga mos keladi. Masalan, zichligi bir xil bo‘lgan barcha ashyolarga ta’sir etuvchi zararli muhit ularni bir tizimda to‘la buza olmaydi. Agar shu ashyolar g‘ovak bo‘lsa, ularning buzilish jarayoni bir-biridan farq qiladi.
Qurilish ashyolarining xillari, shu qadar ko‘pki siz o‘quvchi va talabalar ularni bir tizimga tushirib maxsus tasnif yordamida o‘rgansangiz qurilish ashyolari to‘g‘risida boshlang‘ich ma’lumot olishingiz maqsadga muvofiq bo‘ladi (1.1-rasm).
Qurilish ashyolari tabiiy va sun’iy bo‘ladi.
Sun’iy qurilish ashyolarini ishlab chiqarish tegishli yo‘nalishlarga bo‘linadi. Masalan, sement sanoati, shisha sanoati va h.k.
Har bir qurilish ashyosi o‘zining tarkibi, ishlatiladigan xomashyolarning kelib chiqishi va ishlab chiqarish texnologiyasiga ko‘ra, yuqorida keltirilgan xossalarga ega. Ashyoning tarkibi, tuzilishi va holatining o‘zgarishi bilan uning qurilish va texnologik xossalari ham o‘zgaradi. Qurilish ashyolari xossalari turg‘un bo‘lmaydi, ular fizik, mexanik va kimyoviy jarayonlar ta’sirida o‘zgarib turadi.
Qurilish ashyolarini texnik xossalariga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin