Issiqlik o‘tkazuvchanlik. Ashyoning bir yuzasi (sirti) issiq, ikkinchi yuzasi sovuq bo‘lsa, undan issiq oqim o‘ta boshlaydi. Uning issiqlikni o‘tkazishiga qarab issiqlik o‘tkazuvchanlik darajasi topiladi. Ashyoning bu xususiyati issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti () orqali ifodalanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti haroratlar farqi (t1 t2) 1°C, qalinligi 1m, yuzasi 1 m2 ga teng bo‘lgan namunaning bir yuzasidan ikkinchi yuzasiga o‘tgan issiqlik miqdoriga teng.
Ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti tajribaxonada aniqlanadi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik, avvalo ashyoning tuzilishiga bog‘liq.
Masalan, organik zich ashyolar (polimerlar va bitumlar) uchun 0,25—0,35 ga, anorganik ashyolar uchun esa 5,0 Vt/(m °С) gacha bo‘lishi mumkin.
Havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti nihoyatda kam bo‘lganligi uchun ( 0,02), bu ko‘rsatkich doimo ashyoning g‘ovakliligiga bog‘liq bo‘ladi. Ashyo qancha serg‘ovak bo‘lsa, uning zichligi shuncha kam bo‘ladi. Binobarin, g‘ovaklar havo bilan to‘lganda uning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kamayadi.
Qurilish ashyolari issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientiga ko‘ra quyidagi sinflarga bo‘linadi: A 0,08 gacha; B 0,8 0,12; D 0,12-0,2 va E 0,2 0,24. Issiqlikni saqlovchi konstruksiyalar va konstruksiyalarbop ashyolar uchun 0,21 Vt/(m °C).
Tashqi devorlarni qurishda, tombop va qavatlararo plitalarni tayyorlashda, issiq quvurlarni muhofaza qilishda ishlatiladigan ashyolar ilmiy asosda tanlansa, respublikamiz kommunal xo‘jaligi sohasida eng qimmatli energiya manbaini tejagan bo‘lamiz. Ashyoning g‘ovaklari suvga to‘lishi bilan uning issiqlik o‘tkazuvchanligi ortadi (havonikiga nisbatan 25 marta ko‘p).
Ba’zi qurilish ashyolarining issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval Ba’zi ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti Gaz o‘tkazuvchanlik. Binoning ichki va tashqi tomonlarida bosimlar farqi bo‘lganligi sababli, devorlar va qavatlararo plitalardan havo o‘tadi. Ashyoning havo yoki gazni o‘tkazish xususiyati uning gaz o‘tkazuvchanlik koeffitsienti bilan belgilanadi.
Gaz o‘tkazuvchanlik koeffitsienti — devorning qalinligi a 1m, yuzasi S 1m2 va uning ikki tomonidagi bosimlar farqi (p1 p2) 1mm simob ustuniga teng bo‘lgan holda 1 soat davomida o‘tkazgan gaz miqdori bilan o‘lchanadi.
Ba’zi ashyolarning gaz o‘tkazuvchanlik koeffitsienti quyidagi 1.3-jadvalda keltirilgan.