E qosimov, M. Akbarov


Zichlik. Agar ashyo hajmi faqatgina mutlaq zich moddadan tashkil topgan bo‘lsa, uning zichligi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə4/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156
Zichlik. Agar ashyo hajmi faqatgina mutlaq zich moddadan tashkil topgan bo‘lsa, uning zichligi shu modda zichligiga () teng bo‘ladi. Aksariyat ashyo hajmining bir qismi g‘ovaklardan tashkil topgan bo‘ladi, u holda uning zichligi ashyodagi g‘ovaksiz moddalar zichligidan kam bo‘ladi.
Ashyo zichligining undagi g‘ovaksiz moddalar zichligiga nisbati, uning o‘rtacha zichligini (d) ifodalaydi: d  /m.
G‘ovak va sochiluvchan ashyolarda d  1, zich ashyolarda esa d  1 bo‘ladi.
Sochiluvchan ashyolarning zichligini aniqlashda, uning hajmi zarrachalar orasidagi g‘ovaklar bilan o‘lchanadi va uni sochiluvchan zichlik deb ataladi. Ashyo zichligi orqali turarjoy binolari devorlarining issiqlikni saqlash qobiliyati, yuk ko‘taruvchi mashinalarning imkoniyatlarini hisoblash mumkin.
G‘ovaklik. Ashyodagi mayda bo‘shliqlar g‘ovaklar deb ataladi. G‘ovaklar havo, gaz yoki suv bilan to‘lgan bo‘ladi. Ashyodagi g‘ovaklar hajmining shu ashyo to‘la hajmiga bo‘lgan nisbati uning g‘ovakliligini ifodalaydi:
F0  (1  0/)  100%  (1  d)  100%
Bunda: F0 — g‘ovaklik, %; 0 — hajmiy og‘irlik, kg/m3;  —zichlik, kg/m3; d — o‘rtacha zichlik.
G‘ovaklik va zichlik ashyoning asosiy xossalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlardir. Bu ko‘rsatkichlar orqali ashyoning mustahkamligi, hajmiy og‘irligi, namlanuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, sovuqqa chidamliligi va boshqa xossalari to‘g‘risida fikr yuritish mumkin. Ashyodagi g‘ovaklar o‘lchami 1-2 mm dan katta bo‘lsa, u holda ular bo‘shliq deb ataladi.
G‘ovak so‘zi «grekcha» bo‘lib u teshik degan ma’noni bildiradi. G‘ovaklar tabiiy holda yoki ularni tayyorlash jarayonida hosil bo‘ladi. G‘ovaklarning shakli, katta-kichikligi va tuzilishi har xil bo‘ladi. Katta- kichikligiga qarab o‘ta mayda mikro g‘ovaklar faqat elektron mikroskoplardagina ko‘rinadi. Tuzilishiga ko‘ra g‘ovaklar ikki yoki bir tomoni ochiq bo‘ladi. O‘zaro tutash ochiq g‘ovaklar muhit bilan bog‘langan bo‘ladi va suyuqliklar bilan tezda to‘ladi. Demak, chidamliligi past bo‘ladi. Har tomoni berk g‘ovakli ashyolar zararli muhit ta’siriga chidamli bo‘ladi. Ayrim ashyolarning tovush to‘lqinlarini yutishini ta’minlash uchun ularning tuzilishi o‘zaro tutash, yirik g‘ovakli qilib tayyorlanadi. Ayrim ashyolarning g‘ovakliligi quyidagi 1.1-jadvalda yoritilgan.
G‘ovakliliga ko‘ra ashyolar kam g‘ovakli F  30%, o‘rtacha F  30...50% va ko‘p g‘ovakli F  50% guruhlarga bo‘linadi.


1.1-jadval

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin