E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə7/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156
Suv o‘tkazuvchanlik. Ashyoning bosim ostida o‘zidan suv o‘tkazishi uning suv o‘tkazuvchanligi deb ataladi. Ashyoning bu xossasi tom yopish, suv inshootlari va hovuzlar qurishda juda katta ahamiyatga ega.
Suv o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi namunaning 1 sm2 yuzasidan 1 soat davomida o‘zgarmas bosim ostida o‘tgan suv miqdori bilan (sm3) o‘lchanadi. Juda zich ashyolargina, masalan, bitum, shisha, po‘lat, polimer va maxsus tarkibli beton amalda suv o‘tkazmaydi.
Muzlashga chidamlilik. Ashyoni suvga to‘yingan holatida muzlatib yana qayta eritganda unda sezilarli buzilish alomatlari bo‘lmasa, ya’ni mustahkamligi 25% dan, og‘irligi esa 5% dan ko‘p kamaymasa bu ashyo muzlashga chidamli deb hisoblanadi.
Ashyo g‘ovaklaridagi suv harorat pasayishi bilan muzlaydi. Bunda suv hajmi 10% gacha kengayadi.
Ashyoning muzlashga chidamliligi maxsus muzlatgich kameralarida aniqlanadi. Buning uchun sinalayotgan ashyodan tayyorlangan namuna quritilib og‘irligi topiladi, so‘ngra to‘la suv shimdirilib, muzlatgich (harorati 15°C bo‘lgan) kameraga qo‘yiladi. Muzlagan ashyoni eritish uchun, uni normal harorat- dagi (20—25°C) suvga tushiriladi. Ashyoning turiga qarab, muzlatish va eritish uchun 4—6 soat vaqt ketadi. Namunaning 1 marta muzlatib eritilishi bir sikl deb ataladi.
Serg‘ovak ashyolarning suv shimish darajasi 85% dan oshmasa, uni muzlashga chidamli ashyo desa bo‘ladi. Shuningdek, tuzilishi zich bo‘lgan, hamda har tomoni berk g‘ovaklardan tashkil topgan ashyolarning muzlashga chidamliligi yuqori bo‘ladi. Muzlashga chidamlilik darajasiga ko‘ra qurilish ashyolarini quyidagi markalarga bo‘lish mumkin: (Muz) 10, 15, 25, 35, 50, 100, 150, 200, 300 va undan ko‘p.
Namunalarni 10, 15 ... yoki 300 siklgacha sinab, ularni siqilishga bo‘lgan mustahkamligini etalon namunalarga nisbatan qanchaga kamayganligi aniqlanadi va u muzlashga chidamlilik koeffitsienti — Kmuz orqali ifodalanadi.
Muzlashga chidamli qurilish ashyolarining Kmuz ko‘rsatkichi 0,75 dan ko‘p bo‘lishi kerak, ya’ni Kmuz  0,75. Tajribaxona sharoitidagi muzxonalarda sinalgan ashyolarning muzlashga chidamlilik ko‘rsatkichi uch yillik tabiiy muhit ta’siriga to‘g‘ri keladi. Taqqoslash uchun ayrim qurilish ashyolarining muzlashga chidamlilik markasini keltiramiz: devorbop qurilish ashyolari — 15—35 sikl; tombop asbestsement — 30—
50; yuk ko‘taradigan konstruksiyalar, gidrotexnik inshootlar, yo‘l qurilishi betonlari — 50—300 va h.k.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin