E qosimov, M. Akbarov



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə10/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156
Kimyoviy chidamlilik. Qurilish ashyolarining ushbu xossalarini mukammal bilish yo‘l qurilishi va pardozlovchi mutaxassislar uchun zarurdir. Ashyolarning kislotalar, ishqorlar va gazlar ta’siriga qarshilik ko‘rsatish darajasi kimyoviy chidamlilik deb ataladi. Turli kimyoviy reaktivlar ta’sirida ashyoning buzilishi uning nurashi yoki korroziyalanishi deb ataladi. Sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida, ayniqsa kimyo sanoatida qurilish ashyolari zararli suyuqliklar va gazlar ta’sirida bo‘ladi. Shuningdek, chiqindi suyuqliklardagi erkin kislotalar yoki ishqorlar quvurlarga zararli ta’sir etadi. O‘rta Osiyo hududlariga xos bo‘lgan sho‘rxok yerlar ham qurilayotgan inshootlar uchun zararlidir.
Qurilish ashyolarining ko‘plari kislota, ishqor va tuz eritmalari ta’siriga chidamsizdir. Tabiiy tosh ashyolari (masalan, ohaktosh, marmar, dolomit va boshqalar) kislotalar ta’sirida tezda buzilsa, bitumlar esa bunga chidamlidir. Ammo, ular ham to‘yingan ishqor eritmalarida buzilish xususiyatiga ega. Sirlangan va yuqori mustahkam sopol buyumlar (qoplama, polbop taxtachalar, quvurlar va h.k.), plastmassalar, bitum va qatronlar zararli muhit ta’siriga anchagina chidamli ashyolardir. Ashyoning kimyoviy chidamliligini aniqlash uchun uni kukun holatida zararli muhit ta’siriga qo‘yiladi va etalonga nisbatan tarkibi, og‘irligi, mustahkamligi va shaklining o‘zgarishiga qarab chidamlilik darajasi aniqlanadi.
Ashyolarning zararli muhit (kislota, ishqor, tuz eritmalari) ta’sirida chidamliligini aniqlash uchun shu muhitda sinalgan namuna tuyib tarozida tortiladi va etalon namuna og‘irligiga bo‘linadi. Kislotaga chidamli ashyolarga — tarkibida 25% dan ko‘p uglerod bo‘lgan po‘lat va cho‘yan, granit, diobaz, bazalt tog‘ jinslari qotishmasi, silikat shisha, sopol ashyolar, toshqolsitall, kislotaga chidamli beton va boshqalar kiradi. Ishqor eritmalariga chidamli ashyolarga maxsus xromnikel, po‘lat, nikel latuni, ohaktosh, portlandsement va glinozem sementli betonlar kiradi. Kimyoviy chidamli ashyolarni tavsiya etishdan oldin har bir obyektni qanday mahsulot ishlab chiqarishi va ularning qay darajada zararliligi tajribaxonalarda o‘rganiladi va keyin taqqoslab tanlanadi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin