Plastiklik. Ashyoning kuch ta’sirida o‘z shaklini o‘zgartirish va kuch olinganda o‘z shakliga qaytmasligi
plastik deformatsiya deyiladi.
Qisqa muddatda qoldiq deformatsiyasini hosil qiluvchi kuchlardan kichik bo‘lgan kuchlar ta’sirida, uzoq vaqt davomida plastiklik deformatsiyasining oshib borishi siljish deyiladi.
Boshlang‘ich deformatsiya o‘zgarmay qolgan holda ashyo kuchlanishining o‘z-o‘zidan kamayishi
relaksatsiya deb ataladi.
Bunda kuchlanish boshlang‘ich deformatsiyaning tabiatini, ya’ni plastiklikdan elastiklikka o‘z shaklini saqlagan holda o‘zgartiradi. Kuchlanishning yo‘qolish holati, ashyoning ichki tuzilishidagi molekulalarning harakati tufayli sodir bo‘lishi mumkin.
Mo‘rtlik.Ashyoning kuch ta’sirida sezilarli deformatsiyalanmasdan buzilib ketishiga uning mo‘rtligi deyiladi.
Mo‘rt ashyolarning siqilishdagi va egilishdagi mustahkamliklari orasida katta (10....15 barobar) farq bo‘ladi. Qurilish ashyolarining buzilish tabiati harorat, namlik va kuchning qo‘yilish tezligiga bog‘liq.
Namuna siqilishga yoki egilishga sinalganda undagi kuchlanish bilan nisbiy deformatsiya orasidagi bog‘lanishni ashyolarning mexanik xossalari «deformatsiya diagrammasi» orqali ifodalash mumkin.
Ashyolarning mustahkamligi.Ashyoga tashqi kuch ta’sir etganda unda ichki zo‘riqish paydo bo‘ladi. U ma’lum qiymatga yetganda ashyo buziladi (sinadi, parchalanadi). Ashyoning buzilishga qarshilik ko‘rsatish xususiyati mustahkamlik deb ataladi. Ashyolarning mustahkamligi odatda ularning mustahkamlik chegarasi R orqali ifodalanadi.
Mustahkamlik chegarasi deb, ashyoning maksimal kuch ta’sirida buzilgan vaqtida unda hosil bo‘lgan ichki kuchlanishga aytiladi. Bino yoki inshoot qismlarining mustahkamligini hisoblashda Davlat standartlari bo‘yicha ruxsat etilgan kuchlanishdan foydalaniladi. Ashyoning ruxsat etilgan kuchlanishi uning mustahkamlik chegarasi orqali aniqlanadi.
Ashyoning siqilishdagi mustahkamlik chegarasini topish uchun ular gidravlik pressda buzilguncha siqiladi.
Ularni sinash sxemasi 1.5-jadvalda yoritilgan.
Ashyoning turiga qarab namuna har xil bo‘ladi. Ashyoning mustahkamligi tayyorlangan namunaning shakliga, o‘lchamlariga, berilayotgan kuchning o‘sish tezligiga va kuch tushayotgan yuzaning holatiga bog‘liq.
1.5-jadval