E qosimov, M. Akbarov


Ba’zi ashyolarning gaz o‘tkazuvchanligi



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə9/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156
Ba’zi ashyolarning gaz o‘tkazuvchanligi
Gaz o‘tkazuvchanlik ashyolarning fizik xususiyatlariga, avvalo g‘ovakligiga va g‘ovaklarning tuzilishiga bog‘liq. Namlik oshishi bilan gaz o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi kamayadi. Agar quruq betonning gaz o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,04 ga teng bo‘lsa (uni suvga to‘la shimdirilganda) u o‘zidan gazni umuman o‘t- kazmaydi.
O‘tga chidamlilik. Qurilish ashyolari yonayotganda va o‘t manbai yo‘qotilgandan so‘ng ham yonaveradigan ashyolarga (yog‘och, qamish, jun va boshqalar) yonuvchi ashyolar deb ataladi. Ba’zi yonuvchi ashyolar (smola, bitum, mum va h.k.) alangalanishdan avval yumshaydi va eriydi.
O‘t ta’sirida qiyin alanga oluvchi, tutaydigan yoki yonmay ko‘mirga aylanuvchi o‘t manbai yo‘qotilganda alangalanmay so‘nib qoladigan ashyolar qiyin yonuvchi ashyolar deb ataladi. Masalan, organomineral ashyolardan: arbolit, fibrolit, sement-qirindili plita shular jumlasidandir.
Yonmaydigan ashyolar o‘t ta’sirida alangalanmaydi, tutamaydi, ko‘mir holatiga ham o‘tmaydi. Bunday ashyolarga tabiiy anorganik ashyolar: g‘isht, cherepitsa, beton va boshqalar kiradi. Yonmaydigan ashyolar o‘z navbatida yana issiqlikka va yuqori haroratga chidamli ashyolarga bo‘linadi.
Agar ashyo 1580°C dan yuqori harorat ta’sirida uzoq vaqt qolganda erimasa va deformatsiyalanmasa, bunday ashyoni o‘t ta’sir etmaydigan deb ataladi. Masalan, shamot, dinas va boshqalar. Ba’zi ashyolarning erish harorati 1.4-jadvalda berilgan.


1.4-jadval
Ba’zi ashyolarning erish harorati
Havo va bino konstruksiyalari bo‘ylab tarqaladigan tovush to‘lqinlari quvvatini pasaytiruvchi va bir qismini qaytara olish xossasiga ega bo‘lgan qurilish ashyolari aks sado beruvchi (akustika) xususiyatga egadir. Tovushdan saqlovchi va tovush yutuvchi ashyolar aks sado beruvchi ashyolar jumlasiga kiradi.
Bino va inshoot devorlari va shiplari orqali o‘tuvchi zarb tovushlari, havodagi va ashyo tuzilishi bo‘ylab yuruvchi tovush to‘lqinlari, ashyo g‘ovaklari ichidagi zarrachalarni tebranma harakatga keltiradi va ularning bir qismi so‘nadi. Binoni o‘rab turgan ashyolarning tovushdan saqlash qobiliyati detsiball (dB) bilan o‘lchanadi. Tovush to‘lqinlari yuqori bo‘lgan bino va inshootlarda, ularning quvvatini pasaytirish uchun ishlatiladigan buyumlarga tovushdan saqlovchi qurilish ashyolari deb ataladi.
Tovushdan saqlovchi qurilish ashyolariga mineral paxta va shisha tolali plitalar, ko‘pik polimerlar va hokazolarni misol qilish mumkin.
Qurilish ashyolarining nur o‘tkazuvchanligi deb, to‘g‘ri va tarqoq nurlarni o‘zidan o‘tkazish qobiliyatiga aytiladi. Ashyo qatlamidan o‘tayotgan to‘g‘ri va tarqoq nurlar miqdorining () ashyoga ( tushayotgan nurlarning umumiy miqdoriga (а) nisbati nur o‘tkazuvchanlik koeffitsienti () deb ataladi, ya’ni u ga teng. Ashyolarning nur o‘tkazuvchanligi nafaqat uning kimyoviy tarkibiga, balki uning yuzasini silliqligiga va g‘adir-budirligiga ham bog‘liq. Masalan, qalinligi 2 mm li yuzasi silliqlangan shishaga to‘g‘ri quyosh nuri
tushsa, uning nur o‘tkazish koeffitsienti  0,78 ga, shisha yuzasi kamroq silliqlanganda esa u  0,85 ga teng bo‘ladi. Shishadan o‘tadigan hamma ultrabinafsha va ultraqizil nurlar ashyoning nur o‘tkazuvchanligini ifodalaydi. Inson organizmi uchun foydali bo‘lgan organik shishadan o‘tadigan (polimetilmetakrilatdan) ultrabinafsha nurlar miqdori, ko‘pincha 0,9 dan oshmaydi. Qolgan shishaplastik ashyolarning nur o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,75-0,8 ga teng. Silikat shisha (oddiy) oynalari o‘zidan ultrabinafsha nurlarni o‘tkazmaydi.
Qurilishning muhim yo‘nalishlaridan biri atom quvvatidan foydalanishga doir yirik kapital qurilishlardagi ashyolarga ta’sir etuvchi radioaktiv nurlar uning tuzilishini va xossalarini o‘zgartirmasa radiatsiyaga chidamli ashyolar desa bo‘ladi. Radioaktiv nurlanish natijasida ko‘p qurilish ashyolarining xossalari keskin o‘zgaradi. Jumladan, temirning oqish chegarasi oshadi (zanglamaydigan po‘latniki 3 martagacha) uglerodli, hamda aluminiy qotishmalarining eziluvchanligi kamayadi, sopol ashyolarning zichligi va issiqlik o‘tkazuvchanligi ham kamayadi. Shuningdek, shishalarning rangi o‘zgaradi. Radiatsiyaga chidamli ashyolarni tanlashda, ularning kimyoviy tarkibi va zichligiga qarab olingan namunalar sinaladi. Natijalar esa o‘zaro taqqoslanib ichidan eng qoniqarlisi nurlanish bor bo‘lgan bino va inshootlar qurilishida ishlatiladi.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin