Namga chidamlilik deganda qurilish ashyolarining vaqti-vaqti bilan nam ta’sirida buzilishiga nisbatan qarshiligini tushunmoq zarur. Nam ta’sirida buzilish jarayoni boshlangan namunaning siqilishdagi mustahkamligini Rnsiq etalon namunaning mustahkamligiga bo‘lgan nisbati ashyoning namga chidamlilik ko‘rsatkichini bildiradi.
Namga chidamliligi bo‘yicha qurilish ashyolari quyidagi ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi kerak. Agar Knchid 0,8 1 bo‘lsa, namga chidamli, 0,8 Knchid 0,65 bo‘lsa, namga chidamliligi o‘rtacha, Knchid 0,65 bo‘lsa, namga chidamsiz qurilish ashyolari deb ataladi.
Ichki tuzilishida tuzlarning yig‘ilishi, keyin kristallanishi natijasida, ashyoning namga va suvga chidamliligi kamayadi. Buning uchun ashyolar tarkibiga namlantirmaydigan moddalar qo‘shiladi. Natijada, ashyo yuzasi o‘zidan namni qochiradi. Ashyolarning namga chidamliligini ta’minlash, gidrotexnika, yo‘l qurilishi va tuzli maydonlardagi inshootlarning chidamli bo‘lishida katta ahamiyatga ega.
Gidravlik bog‘lovchi moddalar asosida olingan qurilish ashyolari sementli beton va qorishmalarning mustahkamligi (toza suvli muhitda) oshadi, xavoyi bog‘lovchilar asosidagi ashyolarda (ohakli, gipsli, tuproqli) esa suv ta’sirida mustahkamligi kamayadi.
Devorlarni pardozlashda ishlatiladigan har xil gulli o‘rama ashyolar suv va namga chidamli bo‘lishi kerak.
Konstruksiyabop qurilish ashyolari suvga chidamliligi yumshash koeffitsienti Kyum orqali ifodalanadi.
Xomg‘isht yoki shu singari loyli qurilish ashyolarining yumshash koeffitsienti Kyum 0 ga teng. Boshqalarniki esa (shisha, bitum, po‘lat, chinni) Kyum 1 ga teng. Nam va suv ta’sirida bo‘ladigan qurilish ashyolari va inshootlarning (gidrotexnika, yo‘l qurilishi, poydevorlar, hovuzlar va h.k.) yumshash koeffitsienti 0,8 dan kam bo‘lmasligi kerak.
Nam va quruq holatdagi deformatsiyalanish.Ba’zi ashyolarni (gil, yog‘och va h.k.) suvga shimdirilsa, hajmi o‘zgaradi, ya’ni ayrim hollarda ma’lum darajagacha shishadi. Shishganda yoki hajmi kattalashganda ashyoning chiziqli hajm o‘lchamlari o‘zgaradi, ammo quritilganda u yana o‘zining avvalgi holatiga qaytadi.
Qotish yoki qurish jarayonida ayrim ashyolarning (gil, yog‘och, beton va boshqalar) hajmi kichrayadi. Bu hol ashyoning kirishishi deb ataladi.