E qosimov, M. Akbarov


Yetti «mo‘jiza»ning yana biri Semiramidaning samoviy bog‘laridir



Yüklə 300,42 Kb.
səhifə17/156
tarix14.04.2023
ölçüsü300,42 Kb.
#97707
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156
Yetti «mo‘jiza»ning yana biri Semiramidaning samoviy bog‘laridir. Bu bog‘lar qadimgi Sharqning eng katta va badavlat shahri — Bobilda (hozirgi Iroq davlati hududida) bo‘lgan. Samoviy bog‘larning yaratilishi rivoyatlarda ayol podsho Semiramida nomi bilan bog‘lanadi. Aslida esa ular podsho Navuxodonosor far- moyishi bilan bunyod etilgan. Podsho o‘z saroyini baland sun’iy maydon ustiga qurgan. Maydonga qavat- qavat ayvonlar orqali chiqilgan. Har bir qavat aylana-qubba shaklida bajarilib, ularni baland tosh ustun tutib turgan. Ayvonlarning usti bambuk-qamish bilan yopilib ustidan g‘isht terilgan, so‘ng qo‘rg‘oshin plastinkalar yotqizilgan. Keyin yuqoriga juda ko‘p miqdorda tuproq chiqarilib, butun tom bo‘ylab qalin qilib solingan. Har bir qavatda daraxtlar o‘tqazilib, go‘zal bog‘lar yaratilgan. Bu bog‘larni sug‘orish uchun suvni Furot daryosidan olganlar. Suvni tepaga ko‘tarib beradigan, charm idishlar o‘rnatilgan ulkan charxpalakni yuzlab qullar kecha- yu kunduz aylantirib turishgan. Bobildagi samoviy bog‘lar shu darajada go‘zal ediki, uni xalq tilida yetti iqlimda yo‘q «bog‘i eram» deb madh etishar edi. Afsus, hozirgi zamon sayyohlari bu bog‘larni ko‘ra olmaydilar. Furot daryosining dahshatli suv toshqini uni vayronaga aylantirdi. Hozir u samoviy bog‘lar o‘rnida minora va ayvonlarning xarobalari qolgan, xolos.
Kichik Osiyoning Efes shahridagi yunon xudosi Artemida ibodatxonasi insoniyat «mo‘jiza»sining uchinchisi hisoblanadi. Bu ibodatxona marmardan ishlangan bo‘lib, qariyb 120 yil davomida qurilgan.
Koshona g‘oyat hashamatli qilib bezatilgan, peshtoqiga noyob haykalchalar ishlangan. Miloddan avval 356- yilda Gerostrat degan kimsa nom chiqarish maqsadida ibodatxonaga o‘t qo‘yadi. Lekin uning nomi tarixda bema’ni vahshiylik ramzi bo‘lib qoldi.
Gretsiyaning janubida, Olimp tog‘lari etagida, Olimpiada o‘yinlari vatanida shuhrati olamga taralgan ibodatxona bo‘lib, uning to‘rida yunonlarning oliy xudosi — Zevs qiyofasi tasvirlangan haykal o‘rnatilgan. Bu haykal o‘z zamonasining mashhur haykaltaroshi Fidiy tomonidan 2400 yildan ko‘proq vaqt ilgari yasalgan. Zevs haykali — to‘rtinchi «mo‘jiza»dir. Haykal nihoyatda ulug‘vor bo‘lib, balandligi 14 metr. Zevs xudosi oltin, fil suyagi, qora daraxt va qimmatbaho toshlardan ishlangan taxtda o‘tirgan. Uning boshi zaytun daraxti novdalaridan yasalgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu — xudolar va odamlar hukmdori, osmon, momaqaldiroq xudosining tinchliksevarligi belgisi. Zevsning boshi, yelkasi, qo‘llari fil suyagidan ishlangan, chap yelkasiga tashlangan kiyimi, sochi va soqoli oltindan yasalgan. Afsuski, bu haykal ham bizgacha yetib kelmagan: yong‘in vaqtida batamom vayron bo‘lgan. Hozirgi vaqtda tarixchilar yunon yilnomachilari yozib qoldirgan ma’lumotlar asosida Zevs haykalini tasvirlab bermoqdalar. Dunyoning beshinchi «mo‘jiza»si Kichik Osiyoda, uncha katta bo‘lmagan Karnya podsholigi poytaxti — Galikarnasdagi (Turkiyaning hozirgi Bodrum shahri) podsho Mavsol va uning xotini Artemisiya maqbarasidir. Nihoyatda muhtasham bo‘lgan bu maqbara miloddan avval IV asr o‘rtalarida qurilgan. Maqbara binosi uch qavatdan iborat bo‘lib, birinchi qavati zinasimon poydevor shaklida oq marmardan ishlangan. Bu qavatda podsho va uning xotinini qabri qo‘yilgan. Ikkinchi qavatda chiroyli marmar ustunlar bilan bezatilgan xonalar bo‘lib, bu xonalar podsho va malika sharafiga turli marosimlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Keyingi qavat bino tomiga qadar zinasimon piramida shaklida, marmardan ishlanib, eng yuqori qismida to‘rt ot qo‘shilgan aravani haydab borayotgan Mavsol va Artemisiya tasviri marmar haykal tarzida ifoda etilgan. Maqbaraning kirish qismida marmardan yasalgan sher haykallari hamda ot minib borayotgan chavandozlar tasvirlangan. Mavsol va malika haykali, shuningdek, maqbaraning ba’zi bezak buyumlari hozir Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Yana shu ma’lumotni bilib qo‘ying: maqbara so‘zining yunoncha nomi —«mavzoley» podsho Mavsol ismidan olingan. Miloddan avval III asrda Rodos oroliga Iskandar Zulqarnayn sarkardalaridan biri — Demetriy hujum qiladi. Biroq erksevar rodosliklarning mardona qarshiliklari tufayli bu makkor sarkarda boy va qudratli orolni qo‘lga kirita olmaydi. Mana shu ajoyib g‘alabadan xotira qoldirish uchun mudofaachilar dunyoda eng katta haykal o‘rnatmoqchi bo‘ldilar. Rodoslik Koloss (yunonlar baland haykalni shunday atashgan) nomi bilan mashhur bo‘lgan bu haykal dunyoning oltinchi «mo‘jiza»si hisoblanadi. Dengiz bilan shahar darvozalari oralig‘idagi savdo maydonida balandligi 36 metrli bronzadan yasalgan yigitchaning qiyofasi qad ko‘targan. Uning baquvvat oyoqlari sal kerilgan, o‘ng qo‘lining kafti esa ko‘zlari ro‘parasiga qadar oldinga ko‘tarilgan. Qaddini bir ozgina orqaga tashlab, nigohini uzoq-uzoqlarga qaratgan. Boshi atrofga nur sochib turgan gulchambar bilan bezatilgan. Bu Quyosh xudosi — Geliosning tasviri bo‘lib, orol aholisi bu xudoni o‘zlarining homiylari deb hisoblashgan.
Rivoyatlarga qaraganda, Rodos oroli dastlab dengiz ostida ekan, uni yorug‘likka Quyosh xudosi Gelios olib chiqqan emish. Shu sababli Rodos orolini Gelios oroli deb ham ataydilar.

Yüklə 300,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin